Ekstraditsiya davlatlarni o’z hududida jioyat sodir etgan va boshqa davlatga qochib ketgan shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortish va jazolash vositasi hisoblanadi. Davlatlar jinoyat sodir etgan va boshqa davlatda qochib shaxslar shaxslarni ushlashda ikkinchi davlat bilan o’zaro shartnoma imzolagan bo’lishi lozim. BMT tomonidan davlatlar uchun ekstraditsiya bo’yicha namunaviy shartnoma (Model treaty on extradition) ishlab chiqilgan. Shuningdek Ekstraditsiya bo’yicha Yevropa konvensiyasi ham mavjud bo’lib u Yevropa Ittifoqi bo’yicha amal qiladi. Bundan tashqari ekstraditsiya bo’yicha ma’lum bir hududlar bo’yicha shartnomalar yoki kelishuvlar ham mavjud (Minsk konvensiyasi). Ularda ekstraditsiya qilish bo’yicha asos bo’luvchi holatlar, so’rov jo’natish tartibi va boshqa protsessual jarayonlar belgilab qo’yiladi. Ekstraditsiya bo’yicha so’rov tegishli davlat organlari tomonidan jo’natiladi. Masalan, O’zbekiston Respublikasida bunday organ Bosh prokuratura hisoblanadi. Ekstraditsiya so’rovini yuborish uchun asos o’zaro shartnoma yoki konvensiya bo’lishi mumkin. So’rov yuborish bo’yicha protsessual jarayonlar tartibiga to’xtaladigan bo’lsak, O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi o’zarolik prinsipiga ko’ra xorijiy davlat vakolatli organiga xorijiy davlat hududida bo’lgan shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish yoki hukmni ijro etish uchun ushlab berish bo’yicha so’rov yuborishi mumkin. Kazus bo’yicha ham A davlatning vakolatli organi Bosh prokuratura B davlatga ekstraditsiya bo’yicha so’rov yubormoqda. Bunda davlatlar o’rtasidagi shartnomalar ham muhim ahamiyatga ega. Minsk konvensiyasida so’rovda nimalar ko’rsatilishi keltirib o’tilgan:
So’rayotgan va ekstraditsiya qilishi so’ralayotgan organ nomi;
b)jazo qonunda ko’ratilganligi bo’yicha asoslar;
v) ekstraditsiya qilinayotga shaxsning ismi, familiyasi, otasining ismi va boshqa shaxsiy ma’lumotlari;
d) jinoyat natijasida yetkazilgan zarar miqdori.
Tegishli hollarda ekstraditsiya qilishni so’ralayotgan davlat rad etishi mumkin. Bizdagi kazusda ham A davlat so’rov jo’natgan va bu harakatlar to’g’ri deyish mumkin.
Minsk konvensiyasiga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortilishi lozim bo’lgan shaxs ikkala davlat qonunchiligiga ko’ra bir yildan ortiq ozodlikdan mahrum etish bilan sanksiyalanuvchi jinoyat sodir etgan bo’lishi lozim. Bunda jinoiy javobgarlikka ekstraditsiyani so’rayotgan davlat tortadi. Shuningdek jazoga sabab bo’luvchi qilmish olti oydan bir yilgacha jazo bilan sanksiyalanuvchi qilmish uchun hukmni ijro etish maqsadida so’ralayotgan davlatga ekstraditsiya qilinadi. Shuningdek O’zbekiston va Xitoy hukumati o’rtasidagi ekstraditsiya shartnomasiga muvofiq jinoyat uchun beriladigan jazo bir yil va undan ortiq jazaga tortilishga sabab bo’lsa ekstraditsiya qilinadi. Ya’ni har bir davlat uchun bu ikkala davlat o’rtasidagi ekstraditsiya shartnomasiga muvofiq hal qilinadi. Kazusdagi A va B davlati o’rtasidagi ekstraditsiya shartnomasida jinoyat uchun jazo turi yoki muddati qanday qoida belgilangan bo’lsa, o’sha asoslarda ekstraditsiya qilish mumkin.
Bunday doktrinaning vujudga kelishiga sabab ekstraditsiya uchun asos ikkala davlatda ham jinoyat sifatida baholanishi yoki yo’qligini o’rganishda muhim hisoblanadi. Masalan, Norvegiyada jinoyat deb baholangan harakat yoki harakatsizlik O’zbekistonda jinoyat deb baholanmasligi mumkin yoki buning aksi. Ekstraditsiyaning muhim sharti harakat yoki harakatsizlik ikkala davlatda ham jinoyat deb baholanishi kerak. Shuning uchun ham davlatlarning milliy qonunchiligi o’rganilishi lozim. Bu qoidalar Minsk konvensiyasida ham keltirib o’tilgan. Aks holda davlat ekstraditsiyani rad etadi. Shuningdek bu doktrina ikki davlat o’rtasida ekstraditsiya bo’yicha shartnomalar tuzishda ham muhim ahamiyatga ega
.
Shaxsni ekstraditsiya qilishda fuqarolik muhim hisoblanadi. Agar ekstraditsiya qilinishi so’ralayotgan shaxs o’z fuqarosi bo’lsa davlat shaxsni ekstraditsiya qilmaydi. Bu qoidalar Minsk konvensiyasida ham belgilangan. Xuddi shuningdek Xitoy hukumati va O’zbekiston o’rtasida ekstraditsiya shartnomasida ham yuqoridagi qoida keltirilgan. Ya’ni so’ralayotgan shaxs so’ralayotgan davlat fuqarosi bo’lmasligi kerak. Umuman olganda bu qoida davlatlarning o’z fuqarolarini himoya qilish prinsipi desak ham bo’ladi. Bizdagi kazusda Sharipov ekstraditsiya talabini yuborgan davlat fuqarosi hisoblanadi. Bu yerda shaxsning fuqaroligi bo’yicha muammo mavjud emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |