151
insoniyroq qilsagina, unga qat’iy axloqiy zaminga ega bo‘lishi va ezgulik g‘oyasini
amalga oshirishi uchun yordam bersagina qimmatga ega. Barcha uchun ahamiyatli
va zarur axloqiy me’yorlar shunday bo‘lishi kerakki, ular eng oliy va eng so‘nggi
axloqiy qonunlar sifatida barcha insoniy xatti-harakatlarga yo‘nalish ko‘rsatishi
lozim. Insonning hissiy hayoti – tabiiy jarayon,
umumiy holat qonuniyatining
alohida hodisasi. Demak, axloqiy qonunlarning sababi – faqat aqlning o‘zi bo‘lishi
mumkin. Shu jihatdan nazariy yoki sof aql ayni bir paytda amaliy aql hamdir, sof
aql o‘z-o‘zidan amaliy aqldir va u odamlarga biz axloqiy qonun deb ataydigan
umumiy qonunni beradi.
Kantning
axloqshunoslikdagi
kashfiyoti,
inson
xatti-harakatlaridan
chiqargan xulosasi – axloqning muxtorlik maqomiga ega ekanligidadir. Faylasuf
axloqiy tamoyillarning qat’iy mustaqilligi va o‘z bahosiga egaligini ta’kidlaydi.
Tabiat qonuni nima ro‘y berishi kerakligini va haqiqatan ham ma’lum shart-
sharoitda uning ro‘y berayotganini ko‘rsatadi. Axloqiy qonun esa, aksincha,
ehtimoli bor barcha shart-sharoitda nima ro‘y berishi kerakligini talab qiladi;
bunda u muayyan holatda pirovard takomil bilan ro‘y beradimi, yo‘qmi –
ahamiyatsiz.
Tabait qonuni, bu – dalil haqidagi fikr va borliqqa taalluqli bo‘lgan
talab shakllanadi. Axloqiy qonun yoki sof amaliy aqlning asosiy qonuni mana
bunday: shunday xatti-harakat qilki, sening ixtiyoring qoidasi ayni paytda umumiy
qonunchilik tamoyili kuchiga ega bo‘lsin. Sof amaliy aqlning asosiy qonuni –
insonlarning barcha harakatiga asos bo‘ladigan axloqiy me’yorga amal qilishdan
iborat.
Kant axloqshunoslikni obyektiv qonunlar haqidagi fan sifatida matematika
bilan tenglashtiradi: geometrik qat’iy qoidalarni, inson ularga o‘zi to‘la amal
qilish-qilmasligi bilan hisoblashmagan holda shakllantirgani kabi, axloqshunoslik
ham insonning imkoniyatlari bilan hisoblashmaydigan,
balki nima axloqiy
ekanligini ko‘rsatadigan qoidalar taqdim etmog‘i kerak. Shu bois faylasuf huquq
va axloq haqi-dagi fanlarni aqlning shak keltirib bo‘lmaydigan yoki qat’iy
talablarga asoslangan nazariyalari sifatida olib qaraydi. “Shunday qilib, ‒ deydi
Kant, ‒ amr (imperativ) shunday qoidaki, u haqda tasavvur subyektiv tasodifiy
xatti-harakatni zaruriy qilib qo‘yadi…”
195
.
Qat’iy amr, eng avvalo, shuning uchun oliy va pirovard axloqiy qonunki, u
insonni faqat maqsad sifatida mavjud deb hisoblaydi va insonga vosita deb
qarashni, ayniqsa, undan shunchaki vosita tarzida foydalanishni man etadi. Bu oliy
axloqiy tamoyilga Kant bir necha misollar keltiradi.
Mana ulardan biri: deylik,
men bir yoqqa ketayotgan do‘stimdan hech kimning guvohligisiz qanchadir pulni
saqlab berish uchun olib qoldim. Bu haqda o‘zimdan boshqa hech kim hech narsa
bilmaydi. Daf’atan do‘stim xorijda vafot etadi. Xo‘sh, men uning pulini o‘zimda
olib qolishim mumkinmi?
Bu savolga “yo‘q” deb javob berish uchun Kant qat’iy
amrga murojaat qiladi; pulni o‘zida olib qolish, agar
biz bu qoidaga umumiylik
shaklini beradigan bo‘lsak, bundan buyon boshqa hech kim o‘z pulini birovga
ishonib qoldirmaydi, degan gapni anglatadi. Chunki bu holatda har bir kishi qarzga
berilgan pul ba’zi sharoitda yo‘qolib ketishi mumkinligini anglab yetadi. Shunday
195
Кант И. Сочинения в 6 т. Т. 4, ч. 2. М., Мысль, 1964. С. 130.
152
qilib, Kant nazarida axloqiylik mohiyat-e’tibori bilan insonning kundalik mayda
tashvishlardan yuksak-ka, ulug‘vorlikka, ilohiylikka ko‘tarilishidir. Axloq
xudbinlik manfaatlariga amal qilishdan burchni anglashga o‘tishdir.
Axloqiy burchning o‘zini ham faylasuf ikkiga bo‘ladi: insonning o‘z
oldidagi burchi va boshqalarga nisbatan, ularning aybdorligi yoki hurmatga
munosibliklariga qaratilgan burch. O‘ziga nisbatan burch, avvalo, insondan o‘z-
o‘ziga hurmatni talab etadi. Uning ziddi ‒ o‘z
hayotiga qasd qilish, sog‘ligiga putur
yetkazish, yolg‘on-chilik, ochko‘zlik va soxta itoatkorlik ‒ xushomadgo‘ylik.
O‘zgalarga nisbatan burch esa, avvalo, boshqa odamlarni hurmat qilishni talab
etadi. U Kant “dunyoning buyuk axloqiy bezagi” deb atagan xayr-ehsonda,
minnatdorchilikda, quvonch-u g‘amni baham ko‘rishda, umuman, insonga
muhabbatda aks etadi. Ularning ziddi ‒ manmanlik, dilozorlik, hasad,
ko‘rnamaklik va ichqoralik.
Xatti-harakatning
maqsadi ham, uning samarasi ham emas, balki uning
niyati, ya’ni axloqiy amrga muvofiqligi axloqiy hisoblanadi. Ana shu mezon,
axloqiy burch insondan xatti-harakatning ezgu ixtiyor bilan qilinishini talab etadi.
“Biror yerda, bu dunyoda ham, hatto undan tashqarida ham, faqat birgina ezgu
ixtiyordan boshqa yana qandaydir narsani cheklanmagan darajadagi ezgulik deyish
mumkinligini xayolga keltirib bo‘lmaydi”, ‒ deydi Kant
196
. Ezgu ixtiyor harakatni
tashqi shart-sharoit va manfaatni hisobga olmasdan baholaydi, zero, burchning
mazmuni
biz intilayotgan baxtda emas, balki baxtli bo‘lishga loyiqligimizdadir.
“Shu bois, ‒ deydi faylasuf ‒ axloq, sirasini aytganda, o‘zimizni qanday tarzda
baxtli qilishimiz mumkinligi haqida emas, balki o‘zimiz qanday qilib baxtga
munosib bo‘lishimiz to‘g‘risidagi ta’limotdir”.
Kant axloqshunosligining cho‘qqisi ‒ abadiy tinchlik g‘oyasi; hech qanday
urushga yo‘l yo‘q: na men bilan sening orangdagi tabiiy holatdagi urushga, na
oramizdagi davlatlar sifatidagi urushga yo‘l yo‘q, urush har kim o‘z huquqini
qo‘lga kiritishi uchun zarur bo‘lgan usul emas. Ayni paytda,
insoniyat uchun
axloqiy komillikka erishuvning faol vositasini mutafakkir ma’rifatda ko‘radi.
Ma’rifat uchun esa faqat erkinlik, erkinlik bo‘lganda ham, juda zararsiz, har bir
holatda o‘z aqlidan oshkora foydalanadigan erkinlik zarur. Erkin, hayratlanib, ixlos
bilan yashash lozim. Kant inson sifatida ham shunday yashab o‘tdi. Uning “Ikki
narsa haqida qancha ko‘p, qancha uzoq o‘ylaganing sari qalbing tobora yangi,
tobora kuchayib boruvchi hayrat va ixlos bilan to‘lib-toshaveradi, bular ‒ boshim
ustidagi yulduzli osmon va mening botinimdagi axloqiy qonun”,‒ degan gaplari,
eng avvalo, o‘ziga taalluqli edi.
Immanuel Kant qarashlarini o‘rganib o‘ziga xos rivojlantirgan faylasuf ‒
Do'stlaringiz bilan baham: