Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik



Download 3,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/320
Sana26.01.2023
Hajmi3,6 Mb.
#903183
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   320
Bog'liq
544380b408b004544d7b8cdc14ddc379 Ijtimoiy ishning etik professional qadriyatlari

Georg 
Vilhelm Fridrix Hegel
dir (1770-1831). Uning axloqiy qarashlari “Ruh fenomeno-
logiyasi” (1807), “Falsafiy fanlar qomusi” (1817), “Huquq falsafasi” (1821) 
singari asarlarida aks etgan. Hegel axloqshunosligining o‘ziga xos xususiyati, eng 


155 
avvalo, shundaki, u xulqiylik bilan axloqiylikni ikki xil tushuncha sifatida taqdim 
etadi. “Huquq falsafasi” asarida u shunday deb yozadi: “Odatda, ahamiyatiga 
ko‘ra, bir xil deb hisoblanadigan xulqiylik va axloqiylik bu yerda bir-biridan jiddiy 
farq qiladigan ma’nolarda olinadi”
198
. Hegel o‘zining murakkab falsafiy tizimidan 
kelib chiqib, xulqiylikka shunday ta’rif beradi: “Xulqiylik nuqtayi nazari erkning 
nafaqat 
o‘zida,
balki 
o‘zi uchun 
ham cheksiz bo‘lgan darajadagi nuqtayi nazardir. 
Bu ixtiyor refleksiyasi o‘zida va uning o‘zi uchun haqiqiy aynanligi o‘zida 
borliqligiga hamda bevositaligiga va unda rivojlanayotgan muayyanliklarga 
qarama-qarshi qiyofani subyekt sifatida belgilaydi”
199
. Sodda qilib aytadigan 
bo‘lsak, Hegel tushuncha-sidagi xulqiylik doirasi insonlardagi shaxsiy va xususiy 
o‘zaro munosabatlarni, sub-yektiv fikrdagi majburlikni, idealni, ijtimoiy-tarixiy 
hodisalarga nisbatan tanqidiy kayfiyatlarni o‘z ichiga oladi. 
Axloqiylikni esa Hegel mana bunday ta’riflaydi: “Axloqiylik xuddi axloqiy 
borliqda o‘zining 
o‘zida 
va
o‘zi uchun
haqiqiy asosiga va harakatga keltiradigan 
maqsadiga ega bo‘lgan o‘zini anglash kabi, o‘zidagi o‘zini anglashda o‘z bilimiga, 
ixtiyoriga, bu ixtiyorning harakat qilishi orqali o‘z voqeligiga ega jonli ezgulik 
kabi 
erkinlik g‘oyasidir;
axloqiylik 
o‘zini anglashning mavjud dunyosi va 
tabiiyoti
bo‘lgan erkinlik tushunchasidir... Umuman olganda, axloqiylikda ham 
obyektiv, ham subyektiv jihatlar bor, biroq ular axloqiylik shaklining mohiyati 
xolos. Ezgulik ‒ bu yerda substansiya, ya’ni obyektivlikning subyektivlik bilan 
to‘ldirilishidir”
200
. Hegel axloqiylik deganda, odamning tarixan axloqdan oldin 
paydo bo‘lgan urf-odatlar va rasm-rusumlarga, ikkinchi tomondan, davlat, 
tabaqalar, oila oldidagi ax-loq bilan bog‘liq muayyan majburiyatiga munosabatini 
nazarda tutadi. 
Hegel xulqiylikka qasd va ayb, niyat va ezgulik, ezgulik va vijdon juftlik 
tushunchalarini kiritadi; axloqiylikka esa oila, fuqarolar jamiyati, davlat tushun-
chalarini taalluqli deb biladi va ularni batafsil tahlil etadi. Ezgulik ‒ erk darajasiga 
ko‘tarilgan ixtiyor, amalga oshirilgan erkinlik, olamning mutlaq so‘nggi maqsadi. 
Yovuzlik ‒ zaruriyat, biroq u ro‘y bermasligi kerak. Axloqli bo‘lish yovuzlikning 
ziddiga yetishish, aks holda esa ezgulik jo‘n tabiiy holatdir. Agar yovuz 
qilmishdan qandaydir yaxlitlikning jihati sifatidagi ijobiy tomonni topib, uni 
ezgulik deb talqin etilsa, u qisman o‘ziga, qisman boshqalarga qilingan 
munofiqlikdir. Vijdon esa muqaddas, qo‘l yetmas narsa, insonning o‘z-o‘ziga pok 
ishonchi; u ezgulikni bilishdir. 
Hegel muhabbat, nikoh, oila, haqida ham o‘ziga xos fikrlar bayon qiladi. 
Sevgini faylasuf boshqa bilan birlashishni anglab yetish, o‘zining boshqa bilan, 
boshqaning o‘zi bilan birlashishini bilish orqali o‘zidan kechish tarzida talqin 
etadi. Sevgi ‒ hissiyot, boshqacha qilib aytganda, shaklga tushgan tabiiyotdagi 
axloqiy-lik; davlatda sevgi bo‘lmaydi, unda birlik qonun sifatida anglanadi. U 
nikohni huquqiy-axloqiy sevgi deb ataydi. Nikohni faqat bir tomonlama yo din 
(cherkov) ixtiyoriga, yo fuqarolik jamiyati ixtiyoriga bog‘liq, degan nuqtayi 
198
 Гегель Г. Философия права. М., Мысль, 1990. С. 94. 
199
 Ўша манба. С. 154. 
200
 Ўша манба. С. 200. 


156 
nazarga qarshi chiqadi va uni davlatning axloqiy instituti sifatida talqin etadi. Oila 
boshlig‘i er, u oilani boshqarish huquqiga ega shaxs; oiladagi umumiy xususiy 
mulk bo‘lmish mol-mulkdan foydalanishning tartibini belgilaydi. Lekin er-xotin 
oilada huquqiy jihatdan teng bo‘lishi lozim. Agar ko‘p xotinlilik bo‘lsa, oilada ayol 
cho‘riga aylanadi, agar ayol hukmronlik qilsa, oilada axloqsizlik ro‘y beradi va u 
nikohning buzilishiga olib keladi. Ota-onaning bolalarga munosabatida tarbiya 
muhim ahamiyatga ega. Tarbiya intizomga asoslanmog‘i lozim. Intizom esa 
bolalarning ota-onaga bo‘ysu-nishini taqozo qiladi. Bolalar ota-onaga shunchaki 
emas, balki oilaviy axloqiy inti-zomga rioya qilishlari uchun bo‘ysunishlari kerak. 
Oila rishtalari uzilmasligi, oila buzilmasligi lozim. Lekin er-xotinning ajralishi ro‘y 
berishi mumkin. Oila buzil-masligining oldini olish uchun oilani buzilmaydigan 
maskan, degan tasavvurni uyg‘otish kerak. Ya’ni ajralishning hech qachon 
osongina ro‘y bermasligi ta’min-lanmog‘i, iloji boricha uni qiyinlashtirishga 
harakat qilinmog‘i zarur. 
Xullas, Hegel ham Kant kabi insonga nihoyatda katta mas’uliyat yuklaydi. 
Uning xulosasi qat’iy ‒ qonun harakat qilmaydi, faqat inson harakat qiladi. 
Olmon mumtoz axloqshunosligida bizga ruscha matnlar orqali Lyudvig Fe-
yerbax nomi bilan tanish bo‘lgan 

Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish