Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik



Download 3,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/320
Sana26.01.2023
Hajmi3,6 Mb.
#903183
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   320
Bog'liq
544380b408b004544d7b8cdc14ddc379 Ijtimoiy ishning etik professional qadriyatlari

Ludvix Foyerbax
ning (1804-1872) qarashlari 
o‘ziga xos o‘rin egallaydi.
Foyerbax yangi falsafani yaratish kerakligi haqidagi g‘oyani ilgari suradi; bu 
falsafaning markazida tabiatdan uzilmagan inson turadi. Shuning uchun uni 
falsafiylashtirilgan insonshunoslik ham deyish mumkin. Haqiqiy falsafaning 
vazifasini Foyerbax kitob yozishdan emas, odamlarni yaratishdan iborat, deb 
hisoblaydi. “Yangi falsafaning ildizi muhabbatning haqiqiyligiga, tuyg‘ularning 
haqiqiyligiga borib taqaladi”, ‒ deydi u.
201
Bu fikrlardan kelib chiqib, shuni 
aytishimiz mumkinki, Foyerbax falsafasida, ma’lum ma’noda, axloqshunoslik tosh 
bosib ketadi. Axloq masalalari, ayniqsa, uning “O‘lmaslik haqidagi masalaga 
insonshunoslik 
(antropologik) 
nuqtayi 
nazaridan 
qarash” (1846-1866), 
“Spiritualchilik va moddiyatchilik hamda ixtiyor erkinligiga ular munosabatining 
o‘ziga xosligi haqida” (1863-1866), “Evdeymonchilik” (1867-1869) degan 
asarlarida, kundaliklar va xatlarida ko‘tarilgan. Uning o‘zidan avvalgi mumtoz 
faylasuflardan yana bir farqi shundaki, u muammolarga moddiyatchilik nuqtayi 
nazaridan yondashadi va aqlni emas, hissiyotni birinchi o‘ringa qo‘yadi. Uning 
axloqiy ta’limoti, asosan, ixtiyor erkinligi va baxt tushunchasiga yo‘naltirilgan. 
Foyerbax ta’biriga ko‘ra, insonning mohiyati xayoliy mavhumot, “ruh” 
emas, balki hissiyotdir, bas, shunday ekan, shu tamoyilga qarshi bo‘lgan barcha 
falsafa, barcha din nafaqat mohiyatan xato, hatto zararlidir. Agar odamlarni 
yaxshilashni istasangiz, ularni baxtli qiling; agar ularni baxtli qilishni istasangiz 
barcha baxt-u quvonchlar manbayi bo‘lmish hislarga murojaat qiling. Insonning 
mavjudligi hissiyot bilan bog‘liq. To‘g‘ri, hayvonlarda ham hissiyot bor. Lekin 
ularning hissiyoti, sezgilari cheklangan, ya’ni bir sezgi a’zosi kuchli, boshqalari 
zaif, kuchlisi ham faqat his etilguvchi ma’lum bir u yoki bu narsaga qaratilgan. 
201
 Фейербах Л. Избранные философские произведения в 2 т. Т. 1. М., Политиздат, 1955. С. 185. 


157 
Inson esa barcha his etiladigan narsa-hodisalar, olam, cheksizlik bilan bog‘liq va 
uning hissiyotliligi, eng avvalo, boshqa insonni his etishdan iborat. 
Ayni paytda insonga, hayvondan farqli o‘laroq, tanlov ixtiyori, ixtiyor 
erkinligi berilgan, hissiyotli inson bu yerda xohlovchi, intiluvchi, ixtiyor 
bildiruvchi sifatida namoyon bo‘ladi. Lekin shunchaki o‘z-o‘zicha, «sof», o‘zining 
jismoniy, moddiy tashuvchisidan xoli, vujudsiz, hayotsiz ixtiyor ‒ hech narsa 
emas. Ixtiyor-ning tashuvchisi yoki egasi umuman inson emas, balki muayyan, 
tirik, o‘ziga xos odam. Zero, ixtiyor xohlovchi insondir. O‘zgarmas, zamondan 
tashqaridagi ixtiyorning bo‘lishi mumkin emas, u doimo mazmunli ixtiyor, 
nimagadir ixtiyor. Hayotning har bir davri o‘zi bilan yangi material va yangi 
ixtiyor olib keladi. “Ixtiyor haqidagi tadqiqotimning asosiy g‘oyasi ‒ ixtiyor va 
baxtga intilishning birligi, ‒ deydi maktublaridan birida Foyerbax. – “Men 
xohlayman” degani, men baxtsiz bo‘lishni istamayman, ya’ni men baxtli bo‘lishni 
xohlayman degan ma’noni bildiradi”
202

Faylasuf baxtga intilishning vijdon bilan uyg‘unligi to‘g‘risida ham batafsil 
to‘xtaladi, uning fikriga ko‘ra, vijdon bu ‒ Mendagi boshqa Men, Menni o‘ziga 
nisbatan yomonlikdan tiyib turadigan yoki yomonlik qilib bo‘lgach, azob 
beradigan, ta’qib etadigan, tasavvurimdagi boshqaning qiyofasi, timsoli. 
Boshqaning qiyofasi mening o‘zimni anglashim bilan shu qadar bog‘lanib-
chirmashib ketganki, men uyim bo‘lmish o‘z Menimning eng yashirin, eng sirli 
burchaklarida ham undan qochib, panoh topa olmayman; o‘zimdan tashqarida 
boshqa odam mavjudligini unutolmayman. Demak, men yovuzlik qildim, bunga 
guvoh bo‘lgan odam ‒ yovuzligim qurboni, boshqa hech kim hech narsa bilmaydi. 
Shunga qaramay, mening sherigim bor, o‘zimda meni sotib qo‘yishi mumkin 
bo‘lgan, ayblovchi guvoh bor, bu ‒ vijdon. Biroq harakat oldidan yoki xatti-
harakat paytida u yo jim turadi yoki ovozi shu qadar zaif va sekin bo‘ladiki, xatti-
harakat qiluvchi unga quloq solmaydi. 
Foyerbax ta’limotini ba’zilar muhabbat axloqshunosligi deb ham atashadi. 
Bu bejiz emas. U hayot muhabbatdan iborat, o‘z xususiy Menining qobig‘ida 
xudbin-larcha burkanib yotgandan ko‘ra, juda ham arzimas, g‘oyat nomunosib 
narsani sevgan a’lo, deydi. Zero, faqat bitta yovuzlik mavjud. U ham bo‘lsa, 
xudbinlikdir, faqat bitta ezgulik bor, u ham bo‘lsa, muhabbatdir. Insonni bilish 
uchun uni sevish kerak.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, olmon mumtoz axloqshunoslari insoni-
yat jamiyati taraqqiyotiga, uning axloqiy yuksalishiga, shubhasiz, qiyoslab 
bo‘lmay-digan darajada ulkan hissa qo‘shdilar. 

Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish