Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik



Download 3,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/320
Sana26.01.2023
Hajmi3,6 Mb.
#903183
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   320
Bog'liq
544380b408b004544d7b8cdc14ddc379 Ijtimoiy ishning etik professional qadriyatlari

Erix Fromm
(1900-1980) asosiy diqqatini inson qalbining axloqiy 
talablarga munosabatini ochishga, totalitarchilik, insonparvarlik, tiriksevarlik 
(biofillik) va o‘liksevarlik (nekrofillik) haqidagi mulohazalarga qaratadi. Uning 
“Sevish san’ati” (1956), “Inson qalbi. Uning ezgulik va yovuzlik qobiliyati” 
(1964), “Inson o‘zi uchun” (1967) kabi asarlarida axloqiy muammolarga keng 
o‘rin berilgan. 
Erix Fromm inson hayotini “san’at”, axloqni esa “yashash san’ati”, 
axloqshu-noslikni esa inson haqidagi nazariy fan deb ataydi. Biroq inson ana shu 
“yashash san’ati”ga ko‘p hollarda amal qilmaydi, ya’ni o‘ziga, o‘zining 
mavjudligiga e’tibor bermaydi. Mutafakkir shu bois alam va achinish aralash 
shunday deb yozadi: “Inson uchun o‘zining xususiy hayoti va yashash san’atidan 
boshqa hamma narsa muhim. U o‘zidan boshqa hamma narsa uchun yashaydi. 
Holbuki, axloq yashash san’ati bo-rasida komillikka erishish uchun zarur bo‘lgan 
me’yorlar majmuyidan iborat ekan, axloqiy tamoyillar hayot tabiatiga, xususan, 
insoniy mavjudlik tabiatiga mos kel-mog‘i lozim. Har qanday hayot tabiatining 
umumiy tamoyili o‘z xususiy mavjudligini asrash va barqaror etishdan 
iboratdir”
214

213
 Лейбин В. Фрейд, психоанализ и современноя зопадная философия. М., Политиздат, 1990. С. 209. 
214
 Фромм Э.Человек для себя. Минск, Харвест, 2004. С. 33. 


166 
Shunday qilib, axloq insonning go‘zal yashashini, eng avvalo, o‘zi uchun 
yashashini ta’minlashi kerak. Fazilat ‒ insonning noyob individualligi. O‘z indivi-
dualligini namoyon eta olgan odamgina fazilatli hisoblanmog‘i lozim, zero, inson-
ning hayoti hamma narsadan ustun va qimmatlidir. Fromm o‘z axloqiy qarashlarini 
ana shu nuqtayi nazardan turib o‘rtaga tashlaydi va himoya qiladi. 
Frommning fikriga ko‘ra, yovuzlik faqat insoniy hodisa. U ‒ insoniylik hola-
tidan ortga qaytish, insonga xos aql, muhabbat, erk xususiyatlarini yo‘q qilishga 
bo‘lgan intilish. Ayni paytda, u fojiaviy holatdir. Chunki inson, hayvoniy darajaga 
qaytsa-da, u biror-bir soniya odam ekanini unutmaydi, demak, yovuzlik masalani 
hal qilishning yo‘li sifatida uni hech qachon qoniqtirmaydi. Insonning yovuzlik 
holati ‒ o‘zini ezib turgan insoniy turmushi og‘irligidan ozod bo‘lishga fojiaviy 
urinishi tufayli ro‘y beradi, u o‘zini yo‘qotishdan iborat. Ezgulik bizning mavjud-
ligimizni tobora mohiyatimizga yaqinlashtirib boradi, yovuzlik esa turmushimiz 
bilan mohiyatimizning o‘sib boruvchi begonalashuvi demakdir. 
Erix Fromm muhabbat muammosiga ham juda katta e’tibor beradi. 
Muhabbat, bu ‒ har biri o‘zligini saqlagan holatdagi ikki kishining birlashuvi. 
Muhabbat bu ‒harakat, orom emas, faollik ‒ kuzatish emas. Sevish ‒ olish emas, 
berish. Sevgida inson o‘zi uchun eng bebaho bo‘lgan hayotining bir qismini ‒ 
hissiyoti, bilimi, kechinmalarini o‘zgaga bag‘ishlaydi. U buni o‘rniga nimadir olish 
uchun qilmaydi, ana shu “bag‘ishlash”ning o‘zi nafis bir lazzatdir. Alloma 
faylasuf, yuqorida ta’kidlaganidek, muhabbatni g‘amxo‘rlik, mas’uliyat, hurmat va 
ilm unsurlaridan iborat deb bilar ekan, mas’uliyatga o‘zgacha e’tibor bilan qaraydi. 
Fromm mas’uliyatni odatda qabul qilinganidan boshqacharoq tarzda talqin etadi. 
Odatda mas’uliyat deganda, chetdan yuklangan, ya’ni odamga boshqa kishilar
jamiyat va hokazolar tomonidan taklif etilgan, uqtirilgan yoki majburan bo‘yniga 
qo‘yilgan qandaydir bir narsa tushuniladi. Fromm esa mas’uliyatni mohiyatan 
qalbning xohishi bilan bog‘liq emin-erkin holat, deydi. Mas’uliyatni his etish bu ‒ 
boshqa mavjudotning ehtiyoji va talabiga “labbay” deb javob berishga tayyor 
turish. Shunday qilib, mas’uliyat kimgadir g‘amxo‘rlik qilish bilan bog‘liq. Boshqa 
tomondan faylasuf mas’uliyatni hurmat bilan bog‘laydi. Hurmat bu ‒ qo‘rquv yoki 
qo‘l qovushtirish emas, u insonni qanday bo‘lsa, shunday qabul etishni talab etadi. 
Frommning fikriga ko‘ra, industrial jamiyatda haqiqiy muhabbat kamdan-
kam uchraydi. O‘z farzandlarini tom ma’noda sevgan ota-onalar ham umumiy 
qoidadagi istisnodir. Nikohda esa muhabbat deb butunlay boshqa sabab, boshqa 
his-lar tushuniladi. Unda hatto sevgi tasavvuri ham buziladi. Bu aynan inson o‘zini 
muhabbatning “mo‘jiza qushi”ni qo‘lga kiritdim deb hisoblagan paytda ro‘y 
beradi. Muhabbatning yo‘qolishiga go‘yo muhabbatni qo‘lga kiritib olish mumkin 
degan noto‘g‘ri tasavvur olib keladi. Shu bois ko‘p hollarda muhabbatdan 
boshlangan nikoh ikki egalik qiluvchining, juftlashgan ikki xudbinning 
hamdo‘stligiga aylanadi. Biroq muammo nikohda emas, balki ikki tomon 
shaxsining iste’molchilik xususiyati bilan bog‘liq. Muhabbatga mavjud bo‘lish, 
o‘zini ifodalash qobiliyati tarzida emas, balki ma’budga qaragandek munosabatda 
bo‘lish ana shundan kelib chiqadi. Shu bois, birga yashashning tizimini 
o‘zgartirishga, ya’ni ko‘pxotinlilik, jazmanbozlik, jamoaviy jinsiy aloqa va 


167 
hokazolarga intilish ‒ bor-yo‘g‘i, haqiqiy muhabbat qiyinchiliklarini yengib o‘tish 
uchun yo‘l qidirish. Agar inson o‘z “yarmini” topish va sevish baxtiga erishsa, u 
boshqa juft izlashga hech qachon intilmaydi, butun borlig‘ini o‘z seviklisiga 
bo‘lgan muhabbatga bag‘ishlaydi. Umuman, Fromm taqdim etgan shaxs tizimida 
muhabbat diniy hissiyot va dunyoqarash bilan birgalikda markaziy o‘rinni 
egallaydi. 
XX asr axloqiy tafakkurida chuqur iz qoldirgan falsafiy-axloqiy yo‘nalish-
lardan yana biri ekzistensiyachilikdir. Ekzistensiyachilik insonni, eng avvalo, o‘z 
hayotini insoniylik vazifasini bajarish uchun qurbon qilgan mavjudot sifatida olib 
qaraydi. Bir jihatdan bunday qarash an’anaviydek, barcha asrlarda ham ilgari 
surilgan nuqtayi nazardek tuyuladi. Aslida esa unday emas.
Olmon faylasufi Martin Haydegger (1889-1976) ekzistensiyachilikning 
asoschisi hisoblanadi. 
Ekzistensiyachilik Haydeggerdan so‘ng, ikki yo‘nalishda – diniy va 
dahriylik yo‘nalishlarida davom etdi. Diniy ekzistensiyachilikning eng yirik 
namoyanda-laridan biri olmon faylasufi 

Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish