Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik



Download 3,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/320
Sana26.01.2023
Hajmi3,6 Mb.
#903183
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   320
Bog'liq
544380b408b004544d7b8cdc14ddc379 Ijtimoiy ishning etik professional qadriyatlari

Jan-Pol Sartr
dir (1905-1980). U ekzistensiyachilikning dahriylik 
yo‘nalishiga mansub faylasuf, yozuvchi, siyosatshunos sifatida mashhur. 
Sartrning fikriga ko‘ra, inson, eng avvalo, subyektiv kechinmalar orqali 
yaralgan loyihadir. Bu loyihagacha hech narsa mavjud emas, aql bovar qiladigan 
samovotda hech narsa yo‘q; borlig‘ining loyihasi qanaqa bo‘lsa, inson ham 
shunaqa. Agar mavjud bo‘lish haqiqatan ham mohiyatdan avval tursa, unda inson 
o‘zining borligi uchun mas’uldir. Shunday qilib, ekzistensiyachilik, birinchi 
navbatda, har qanday insonning hukmiga uning borligini havola qiladi va 
mavjudligi uchun to‘liq mas’uliyatni uning o‘ziga yuklaydi. 
Sartr shunday deb yozadi: “Biroq biz insonni mas’uldir, deganimizda, bu ‒
faqat uning o‘z shaxsiyatigagina javobgar, degani emas. U barcha odamlar uchun 
mas’uldir. Biz, inson o‘zini-o‘zi tanlaydi, deganimizda, har birimizning o‘zini-o‘zi 
tanlashini nazarda tutamiz, biroq, shu bilan birga, biz o‘zimizni tanlar ekanmiz, 
barcha odamlarni tanlaymiz, degan gapni ham aytishni xohlaymiz”.
216
Zero, 
o‘zimizni tanlashimiz, qanday holda bo‘lmasin, biz hech qachon yovuzlikni tanla-
maymiz, ayni paytda, bu tanlov tanlovimizning qadriyatini barqaror etishni taqozo 
qiladi. Bizning tanlovimiz esa ezgulik bo‘lishi shubhasizdir. Lekin, shuni aytish 
216
 Сартр Ж.П. Экзистенциализм тЎђрисида. А.Шер таржимаси. «Жаҳон адабиёти» журнали, 1997, 5 – 
сон, 182–б. 


169 
ke-rakki, hamma uchun ezgulik hisoblanmagan narsaning biz uchun ezgulik 
bo‘lishi mumkin emas. Bizning mas’uliyatimiz butun insoniyatga taalluqli, taxmin 
qil-ganimizdan ancha katta. Biz o‘zimiz uchun ham, hamma uchun ham 
javobgarmiz va o‘zimiz tanlagan muayyan inson qiyofasini yaratamiz; o‘zimizni 
tanlash bilan biz umuman insonni tanlaymiz. 
Sartr xavotir hissi haqida batafsil to‘xtaladi. Yolg‘on gapirayotgan odamlar, 
baribir, xavotirlanib turadilar. Chunonchi, ko‘pincha odamlar o‘zlarining 
harakatini faqat o‘zlarigagina taalluqli deb o‘ylaydilar, ulardan agar hamma 
shunaqa qilganda, nima bo‘ladi, deb so‘rasalar, hamma ham bunday qilavermaydi-
ku, deya javob beradilar. Lekin “Hamma shunaqa qilsa nima bo‘ladi?” deb doimo 
so‘rash o‘rinli. Bu savoldan faqat yolg‘on ishlatibgina qochish mumkin, ya’ni 
aldayotgan kishi, hamma shunday qiladi-ku, deb o‘zini oqlashga urinadi, o‘z 
vijdoniga xilof yo‘l tutadi. Zero, sodir etilgan bu yolg‘on yolg‘onga universal 
qadriyat darajasi berilayotganini bildiradi. Yolg‘onni sodir etgan odam, garchand, 
xavotirini yashirsa-da, uning mavjudligini sezib turadi. Har bir inson o‘z-o‘ziga: 
“Haqiqatan ham qilmishlarimdan butun insoniyat namuna oladigan tarzda harakat 
qilishga haqim bormi”? deyishi kerak. Agar o‘ziga shu savolni bermasa, u o‘z 
xavotirini o‘zidan yashirgan bo‘ladi. Bu qay darajadadir, mas’uliyatni o‘z bo‘yniga 
olgan har bir kishiga ma’lum bo‘lgan xavotirdir. 
Sartr shu o‘rinda harbiy boshliqni misol qilib keltiradi: u hujumga buyruq 
berib, odamlarni o‘limga yo‘llar ekan, javobgarlikni o‘z bo‘yniga oladi, ya’ni 
mohiyatan bir o‘zi qaror qabul qilgan bo‘ladi. Albatta, yuqoridan berilgan 
buyruqlar bor, lekin ular juda umumiy va aniq-ravshan izohlashni talab etadi. 
Bunday izoh mazkur harbiy boshliqdan chiqadi; bir necha o‘nlab yoki yuzlab 
kishining hayoti ana shu izohga bog‘liq. Harbiy boshliq qaror qabul qilar ekan
ma’lum bir xavotirni ko‘ngildan o‘tkazmasligi mumkin emas. Shunday xavotir 
barcha rahbarlarga xos. Lekin rahbarlarning harakatiga u xalaqit bermaydi, 
aksincha, ko‘pdan-ko‘p turli imkoniyatlar borligini bildiradi va harakat shartini 
tashkil etadi. Xavotir, demak, bizni harakatdan ajratib turadigan to‘siq emas, balki 
o‘sha harakatning bir qismidir. 
Sartr ekzistensiyachilik muxoliflariga qarshi fikr bildirar ekan, bu yo‘nalish 
insonning aslo tushkun tasvirini bermasligini, uni qilgan ishiga qarab baholashini, 
inson o‘z taqdirini o‘zi belgilaydi, degan aqida bilan ish ko‘rishini ta’kidlaydi. U 
har bir inson axloqini uning xatti-harakati tashkil etishini aytib, shunday deb 
yozadi: “Ekzistensiyachilik, bu ‒ insonning harakatga bo‘lgan xohishini 
o‘ldirishga intilishi emas, zero, u insonga bor umid faqat uning harakatida ekanini 
va faqat yagona harakatigina insonning yashashi uchun imkon berishini aytadi. 
Demak, bu borada biz harakat va jur’at axloqi bilan ish ko‘ramiz”.
217
Hozirgi kunga kelib, ekzistensiyachilik G‘arb olamida mashhur bo‘lgan 
ko‘pgina eng yetakchi yoki faol harakatdagi axloqiy yo‘nalishlarga nisbatan 
“hayotiyroq” chiqib qoldi. Uning asosiy tamoyillari Ovro‘pa xalqlari mentalitetiga 
singib ketdi. U behuda havoyi parvozlarni cheklab, insonni ichki, raqamlarsiz 
217
 Ўша манба, 193 – б. 


170 
hisob-kitobga va shu hisob-kitob natijasi o‘laroq, jahonga ishonch bilan qarashga 
da’vat etadi. 

Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish