Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik


“Hayotni e’zozlash” etikasi, gumanistik etika



Download 3,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/320
Sana26.01.2023
Hajmi3,6 Mb.
#903183
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   320
Bog'liq
544380b408b004544d7b8cdc14ddc379 Ijtimoiy ishning etik professional qadriyatlari

“Hayotni e’zozlash” etikasi, gumanistik etika 
XX asrda vujudga kelgan yana bir yo‘nalish ‒ hayotga ehtirom axloqiy 
ta’limoti mashhur olmon faylasufi, shifokori 
Albert Shvaytser
(1875-1965) nomi 
bilan bog‘liq. Uning “Madaniyat va axloq” deb atalgan fundamental kitobida 
hayotning yuksak ma’nosini tan olish va barqaror etish asosiy tamoyil sifatida 
ko‘zga tashlanadi.
Shvaytserning o‘zi ham butun umri davomida ana shu tamoyilga amal qildi. 
Falsafa fanlari doktori, ilohiyot bo‘yicha ulkan mutaxassis, mashhur musiqashunos 
o‘ziga lang ochilgan Ovro‘pa universitetlariga qiyo boqmay, Markaziy Afrika 
changalzorlarida odamlarni davolash uchun yana talaba bo‘lib tibbiyot fakultetini 
tugatadi va Gabonga borib, umrining oxirigacha hayotga ehtirom g‘oyasini amalda 
isbotlab yashaydi. 
Shvaytserning fikriga ko‘ra, hayot tabiat yaratgan eng oliy ne’mat sifatida 
buyuk hurmatga sazovor. Bu talab, taraqqiyot darajasidan qat’iy nazar, hamma 
hayot uchun bir xil maqomga ega. Shu nuqtayi nazardan qaraganda, maysa ham, 
kaklik ham, kiyik ham men kabi yashashga haqli, ularning hayoti ham ehtiromga 
sazovor.
“Hayotga ehtirom axloqi, ‒ deydi Shvaytser, ‒ oliy yoki quyi, nisbatan 
qadrli yoki qadrsiz hayotlar orasida farq ko‘rmaydi”. Boshqa bir o‘rinda esa 
bunday deydi: “Men ‒ hayotman, mendek yashashni istagan hayotlar ichida 
yashashni istaguvchi hayotman”. 
Shvaytser qarashlari zamirida talabalik yillarida o‘zi nihoyatda qiziqqan va 
tadqiq etgan qadimgi hind axloqshunosligi g‘oyalari yotadi. Ayniqsa, u jaynchilik 
yo‘nalishiga ixlos bilan qaraydi: ular qon to‘kilmasligi uchun go‘sht sotib olmay-
dilar, jaynchi-rohiblar biror-bir chirkni tasodifan yutib yubormay deb og‘izlariga 
doka tutib yurganlar, yerdagi hasharotlarni tasodifan o‘ldirib qo‘ymay deb dehqon-
chilik qilmasdan faqat tijorat bilan shug‘ullanganlar.
Ana shu “O‘ldirma” degan da’vat Shvaytser axloqshunosligining asosiy 
shioriga aylangan. Uning fikriga ko‘ra, bu shior doimo inson xatti-harakatining 
asosi bo‘lmog‘i lozim. Shu bois ham faylasuf fazilatlar va illatlarni shunchaki 
sanab o‘tishni musiqaga aylanmagan parda bosishga o‘xshatadi.
Zero, uning nazdidagi ezgulik ‒ tirik jonni saqlab qolish, hayotga 
ko‘maklashish, yovuzlik esa jonlini jonsiz qilish, hayotga zarar yetkazish. Har bir 
shaxs shu tamoyilga amal qilgandagina, u odam va olam bilan uyg‘unlikka, 
yaxlitlikka erishadi. 
Shunday qilib, Shvaytser olg‘a surgan hayotga ehtirom axloqiy ta’limoti 
insonni shafqatli, muruvvatli zot bo‘lib umr kechirishga chorlaydi. Ayni paytda, u 
zamonaviy insonda ekologik madaniyatning vujudga kelishida, biz birinchi bobda 
aytib o‘tganimiz, etosferaning yaratilishida muhim ahamiyatga ega.

Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish