Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik



Download 3,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/320
Sana26.01.2023
Hajmi3,6 Mb.
#903183
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   320
Bog'liq
544380b408b004544d7b8cdc14ddc379 Ijtimoiy ishning etik professional qadriyatlari

Karl Yaspers
dir (1883-1969). U o‘z 
asarlarida, xususan, “Zamonning ma’naviy holati” (1932), “Falsafiy e’tiqod” 
(1948) degan kitoblarida inson mavjudligini XX asrda qanday tushunish 
masalasiga to‘xtaladi va bu mavjudlikning axloqiy jihatlarini tahlil etadi. 
Inson bilan hayvon orasidagi farq haqidagi, boshqacha qilib aytganda, 
insonning vujudga kelishi to‘g‘risidagi masalani Yaspers eng muhim deb 
hisoblaydi. Insonni qandaydir bir boshqa narsadan keltirib chiqarish mumkin emas. 
Zero, u hamma narsaning bevosita asosidir. Olamdagi bog‘liqlikning barcha turlari 
va barcha biologik taraqqiyot jarayonlari odamning o‘ziga emas, balki insoniy 
moddaga, insoniy materialga daxldor. “Inson doimo o‘zi haqidagi o‘ylaganidan, 
bilganidan ko‘ra kattaroqdir. U hamma hodisalarda bir xil bo‘la olmaydi; u – 
yo‘ldir”,- deydi faylasuf
215
. Bu fikr ham butun insoniyatga, ham alohida odamga 
taalluqli. Hech qachon inson haqida uzil-kesil xulosa chiqarish, uni na umumiy 
tarzda, na alohida odam sifatida to‘liq tushunish mumkin emas. 
Yaspersning fikriga ko‘ra, insonga hayvondan “taraqqiy topgan” jonzot deb 
qarash noto‘g‘ri. Chunki bilish uchun hammasi tushunarli bo‘lishi kerak, bilish 
bilinadigan chegaradan nariga chiqolmaydi, bilishdan tashqarida bilish uchun hech 
narsa yo‘q. Bilish olamda mavjud bo‘lgani holda olamni tushunib yeta olmaydi. 
To‘g‘ri, matematika, tabiiy fanlardagi kabi universal bilish tevarak-atrofda hozir 
bo‘lgan nimanidir ilg‘ab olishi mumkin, lekin voqelikni hech qachon yaxlitligicha 
bila olmaydi. 
Insonning haqiqiy qadriyati u yaqin turgan tur yoki xil bilan emas, balki 
o‘zgartirib va almashtirib bo‘lmaydigan tarixan yakkaligi bilan bog‘liq. Har 
qanday alohida insonning qadriyati muayyan odamlarga umumiy insoniy mezonni 
shakllantirishda 
bir-birini 
o‘zaro 
almashtiradigan 
material 
sifatida 
qaralmaganidagina daxlsiz bo‘ladi. 
Barcha odamlarning tengligi g‘oyasi butunlay noto‘g‘ri. Zero, gap 
odamlarning ruhiy tadqiqotga bo‘y beradigan mavjudot sifatidagi fe’l-atvori va 
215
 Ясперс К. Смысль и назначение истории. М., Политиздат, 1991. С. 378. 


168 
qobiliyati haqida bormoqda. Ammo bu ijtimoiy voqe sifatida ham to‘g‘ri emas, 
nari borganda, odamlar qonun oldida teng imkoniyat va teng huquqqa ega 
bo‘lishlari mumkin. Mohiyat jihatidan barcha odamlarning tengligi faqat va faqat 
ularning har biriga erkinlikdan kelib chiqqan holda, axloqiy hayot orqali Xudoga 
yo‘l ochiladigan teranlikda mavjuddir. Bu insoniy bilim bilan o‘rnatilib va 
obyektivlashtirib bo‘lmaydigan qadriyatlar tengligi, abadiy ruh sifatidagi 
yakkaliklar qadriyatlari tengligidir. Bu insonga jannat yoki do‘zaxdan joy karomat 
qiluvchi tenglik, da’vo va abadiy hukm tengligidir. Bu tenglik insonni faqat vosita 
deb qarashga yo‘l qo‘ymaydigan, balki unga birdan-bir maqsad sifatida munosabat 
qilishni talab etadigan, har bir insonga hurmat-ehtiromni anglatadigan tenglikdir. 
Insonning ekzistensiya tarzida o‘z erkini ‒ transsendensiya ne’matini 
ko‘rishi muhimdir. O‘shanda inson borlig‘ining erki transsendensiya rahbarligida 
uning barcha imkoniyatlari moyasiga aylanadi; ana shu transsendensiya Yakka-yu 
Yagonaning sharofati bilan inson o‘z xususiy yakkaligiga erishadi. Bu rahbarlik 
dunyodagi barcha boshqa rahbarliklardan ajralib turadi, chunki u obyektiv, bir 
ma’noli bo‘la olmaydi; u insonning to‘la erkinligiga mos tushadi, zero, u o‘z 
e’tiqodining erki bilangina yuzaga chiqadi. Tangri da’vati an’analar va tevarak-
atrofdagi dunyoga yuz ochgan yakka inson uchun xuddi o‘z e’tiqodi sifatida 
yangraydi. Garchand inson Xudo nimani xohlayotganini bilishda obyektiv 
kafolatga ega bo‘lmasada, o‘z ichki teranligidan kelib chiqib, qaror qabul qilar 
ekan, u Tangri irodasiga bo‘ysundim, deb hisoblaydi. 
Xulosa qilib aytganda, Karl Yaspers qarashlarida an’anaviy ma’naviy 
merosni egallash inson axloqiyligi darajasini belgilovchi omil sifatida namoyon 
bo‘ladi. 
Ekzistensiyachilik axloqshunosligining eng ko‘zga ko‘ringan namoyanda-
laridan yana biri 

Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish