Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik



Download 3,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/320
Sana26.01.2023
Hajmi3,6 Mb.
#903183
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   320
Bog'liq
544380b408b004544d7b8cdc14ddc379 Ijtimoiy ishning etik professional qadriyatlari

Nikolay Alek-sandrovich Berdyaev
dir (1874-1948). Uning ayniqsa, “Insonning 
vazifasi haqida” (1931), “O‘z-o‘zini anglash” (1939-1940), “Ilohiylik va 
insoniylikning ekzistensial dialektikasi” (1944-1945) kabi asarlari shu jihatdan 
diqqatga sazovor. 
Nikolay Berdyaev falsafiy-axloqiy qarashlarining yaqqol ajralib turadigan 
o‘ziga xos xususiyati shundaki, uning asosiy g‘oyasi ‒ erkinlik. Nima uchun o‘z 
tabiatiga ko‘ra erkin va ijodkor mavjudot bo‘lgan inson Xudo bergan ne’matlardan 
o‘rniga qo‘yib foydalana olmaydi; nimaga insonning o‘ylagan narsasi o‘rniga 
tarixda butunlay boshqacha holat ro‘y beradi; nima uchun ilm-u salohiyatni odam 
bolasi o‘ziga o‘xshaganlarni ezish uchun, ya’ni yovuzlik yo‘lida ishlatadi; nega 
iste’dodli odam ko‘pincha yolg‘izlikka mahkum; nimaga daho san’atkorlarning 
hayotida fojiaviylik, o‘rtamiyonalik doim g‘olib keladi; nima sababdan inson 
erkinlik uchun tug‘ilgan, lekin u doim va hamma yerda kishanband? Faylasufni 
ana shu muammolar qiziqtiradi. 
“Mening falsafamdagi o‘ziga xoslik, eng avvalo, shundaki, men unga 
borliqni emas, erkinlikni asos qilib oldim”, ‒ deydi Berdyaev va haqiqatan ham har 
bir muammoni erkinlik haqidagi o‘z tasavvuri prizmasidan o‘tkazib tahlil etadi.
211
Bu esa, tabiiyki, pirovard natijada allomani barcha falsafiy muammolarga diniy-
axloqiy nuqtayi nazardan munosabatda bo‘lishga olib keladi. “Erkinlik, ‒ deydi 
buyuk rus mutafakkiri, ‒ mening mustaqilligim va o‘z shaxsimni ichdan 
belgilovchi murvat, erkinlik mening ijodiy quvvatim, u oldimda turgan ezgulik va 
yovuzlik oralig‘idagi tanlovim emas, balki ezgulik va yovuzlikning o‘zini 
yaratishimdir”
212
. Bunday erkinlik faqat insonning o‘z erkinligi bo‘ladi, hatto unga 
Xudo ham hukmronlik qilolmaydi. Inson agar o‘z holiga qo‘yilmaganida, uning 
209
 Лосский Н.О. Условия абсолютного добра. М., Политиздат. 1991. С. 56. 
210
 Старченко Н.Н. Мир, интуиция и человек в философии Н.О.Лосского //Серия «Философия и жизнь», 2/91. 
М., Знание, 1991. С. 24.
211
 Бердяев Н.А. Самопознание. М., Книга, 1991. С. 56. 
212
 Ўша манба. С. 61. 


163 
inson deb nomlanishi ham mumkin emasdi. Haqiqiy insoniy hayot ‒ insonning 
qaror qabul qilishdagi quyushqonga sig‘masligidir. 
Faylasuf o‘z ijodida tarixga katta e’tibor beradi. U tarixda inson 
ma’naviyatining ichki dialektikasiga mos tushadigan uch muhim davrni ajratib 
ko‘rsatadi. Birinchisi ‒ Ahd ul-qadim (Qadimiy Ahd) Xudosi, olamning Podshosi, 
Egasi davridagi insondan muhabbat emas, faqat bo‘ysunishni talab qiladigan
nasroniylikkacha bo‘lgan qonun va bo‘ysunish axloqi. U ‒ yerdagi vaqt nuqtayi 
nazaridan tarixning tabiiy-organik davriga to‘g‘ri keladi. Ikkinchi davr ‒ inson 
gunohga botganligiga o‘zi aybdor ekanini his etib, ijtimoiy ijoddan bosh tortish 
bilan o‘z aybini yuvadigan, ijod qilmaydigan tazarru axloqi. U ‒ o‘rta asrlarda 
tarkidunyochilik hukmronlik qilgan madaniy-organik davr. Nihoyat, uchinchi davr, 
endi o‘z yo‘lini boshlagan, lekin hali kelib ulgurmagan ‒ dunyoni din vositasida 
o‘zgartiradigan ijod axloqi. Ijod axloqi shunday ulkan bir davrki, unda ezgulik va 
yovuzlik kurashining keskinligi ‒ yo o‘zgargan dunyoga yoki umumhalokatga 
eshik ochib beradi. Biroq qaysi eshikning ochilishi insonga bog‘liq. Inson dunyoni 
o‘zgartirishda Xudoning hamkori bo‘lish imkoniyatiga ega. Ayni paytda, bu 
dunyoni yagona dunyo deyish bilan uning dushmaniga ham aylanishi mumkin. 
Zero, tarix Xudo haqqi uchun qilingan ishlar va yovuz ijod orasidagi kurashdan 
iboratdir. 

Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish