Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik



Download 3,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/320
Sana26.01.2023
Hajmi3,6 Mb.
#903183
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   320
Bog'liq
544380b408b004544d7b8cdc14ddc379 Ijtimoiy ishning etik professional qadriyatlari

Vladimir Sergeyevich
Solovyov
ning (1853-1900) xizmatlari katta. 
Vladimir Solovyovning axloqiy qarashlari uning qator asarlarida o‘z 
ifodasini topgan. Ular orasida “Ezgulikni oqlash. Axloq falsafasi” (1897-1893) 
kitobi alohida ahamiyatga ega. Uning birinchi qismida uyat, shafqat yoki achinish 
va xudojo‘y-likdan iborat axloqiy tushunchalar uchligi asosiy o‘rinni egallaydi. 
Xo‘sh, uyat nima? Nisbatan tubanlikka va nokomillikka tushib qolgan, lekin 
bunday holatni o‘zi uchun noloyiq deb bilgani uchun mazkur darajadan yuksalish 
zarurligini anglagan kishi uyaladi. Chunonchi, jinsiy aloqa hayvonot olami uchun 
tabiiy va axloqiylikka aloqasi yo‘q. Biroq u insoniyat dunyosida, tabiiy bo‘lsa ham, 
axloqiy xatti-harakat tamoyili emas, beparda holida insonni uyaltiradigan holatdir. 
Zero, u axloqiylik qoshida o‘zining ochiq ko‘rinishda amalga oshuv huquqini 
yo‘qo-tadi, ya’ni axloqqa bo‘ysunadi. 
Solovyov, Dekartga mansub tafakkurning mohiyati haqidagi mashhur ibora 
axloqiylikka nisbatan qo‘llanganida maqsadga muvofiq bo‘lur edi, degan muloha-
zani bildiradi: 
“Men uyalyapmanmi, demak, mavjudman, nafaqat jisman, 
206
 Достоевский Ф.М. Кундаликлардан парчалар. // Тарасов Б.Н. «Закон Я» и «Закон любви». Серия «Этика» 
5 / 91. М., Знание, 1991. С. 62. 


161 
balki axloqan ham mavjudman ‒ men o‘z hayvoniyligimdan uyalayapmanmi, 
de-mak, men hali ham odam sifatida mavjudman”
207
.
Shu o‘rinda faylasufning zurriyot haqidagi o‘ziga xos fikrlarini keltirish joiz. 
Toki bola tug‘ilishi tom ma’noda insoniylikka bo‘ysundirilar ekan va axloqiy 
ma’no kasb etar ekan, bu bilan u o‘zining gunohkorlik xususiyatini yo‘qotadi, 
ya’ni bolalar ham ota-onalari kabi bu dunyoda nafaqat gunoh qila-qila, oxir 
o‘limga mahkum bo‘ladilar, balki insoniyatni yaxshilash uchun xizmat qiladilar: 
ularning ota-onalari bolalari o‘zlaridan yaxshiroq, axloqiyroq bo‘lishiga 
ishonadilar, ularga ma’lum taraqqiyot tarzida qaraydilar. Bundan faylasuf 
quyidagicha xulosa chiqaradi: “Mana mash’um ziddiyatning yechimi: tug‘ilishning 
yovuzlik mohiyati tug‘ilishning o‘zi orqali yo‘qqa chiqariladi, ya’ni ezgulikka 
aylanadi... ular boshqa hayotning odamlari bo‘ladilar, bizning va barcha 
ajdodlarimizning haqiqiy najot topishi shundadir”
208

Faylasuf uch avlod ‒ bobolar, otalar va bolalarning tabiiy bog‘lanishi haqida 
to‘xtalar ekan, axloqiy taraqqiyot munosabati bilan ma’naviylashishning uch xili 
to‘g‘risida – din, nikoh va tarbiya orqali ma’naviylashish to‘g‘risida fikr yuritadi. 
Bu uch axloqiy soha insonni Xudo bilan bog‘laydi: biri ‒ kechmish, ikkinchisi ‒ 
hozirgi zamon va uchinchisi ‒ kelajak orqali. Haqiqiy nikohda jinsiy aloqa yo‘qol-
maydi, balki mohiyatan o‘zgaradi, hayvoniy hissiyotni qondirishga emas, 
insondagi Xudo qiyofasini sog‘lomlashtirishga xizmat qiladi. Shu nuqtayi 
nazardan qaraganda, nikohiy juftlik zohidlikning, matonatning, jafokashlikning bir 
shaklidir. 
Rus mumtoz axloqshunosligining yirik vakillaridan biri 

Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish