158
Bu davrda rus mutafakkirlari ma’naviyatning barcha sohalarida jahonda
yetakchilik mavqeyini egalladilar. L.Tolstoy, F.Dostoyevskiy, I.Turgenev, A.Ost-
rovskiy, N.Chernishevskiy, V.Belinskiy, Vl.Solovyov, N.Losskiy, N.Berdyaev,
S.Bulgakov, S.Frank, P.Florenskiy, V.Rozanov, A.Chexov, A.Axmatova, B.Paster-
nak, I.Bunin, S.Yesenin, M.Gorkiy, V.Nabokov, B.Visheslavsev, G.Shpet, V.Ver-
nadskiy, A.Losev singari buyuk nomlarning ba’zilari ana shu davrda butun kuch-
quvvatlari bilan o‘z faoliyatlarini nihoyasiga yetkazgan bo‘lsalar, boshqalari o‘z
faoliyatlarini chet ellarda davom ettirdilar. Ba’zilari
ijodida badiiy tafakkur
borasida realistik yo‘nalish birinchi darajali o‘rin egallagan bo‘lsa, boshqalari
falsafiy-axloqiy va estetik tafakkurda diniy-idealistcha yo‘l tutdilar. Aynan ana shu
diniy-idealistcha yo‘nalish falsafiy-axloqiy tafakkurni mumtozlik darajasiga
ko‘tarishda muhim ahamiyat kasb etdi. Bunda ulug‘ rus mutafakkir-yozuvchilari
L.N.Tolstoy va F.M.Dostoyevskiy qarashlarining ahamiyati beqiyosdir.
L.N.Tolstoy
(1828-1910) axloqshunoslik hamda axloq masalalariga ham
diniy, ham falsafiy, ham publisistik asarlarida shuningdek, kundaliklar va maktub-
larida keng o‘rin bergan. Uning axloqiy qarashlari hozir ham katta ahamiyatga ega.
Zero, inson qanday yashashi kerak degan muammo Tolstoy tafakkuridagi markaziy
masaladir. Shu bois u, odamlar uchun eng zarur fan ‒
qanday yashash haqidagi
ilm-dir, deydi. Tolstoyni ba’zan norasmiy payg‘ambar darajasiga ko‘tarib
qo‘yadilar. Xo‘sh, buning sababi nimada? Gap shundaki, Tolstoy, avvalo, milliy,
diniy tabaqa-viy qadriyatlardan umuminsoniy qadriyatlarni baland qo‘yadi.
Ikkinchidan, u nasro-niylikni yangilashaga, to‘g‘rirog‘i, uni cherkovdan
qutqarishga, insoniylashtirishga intildi. G‘arb olimlari esa uning qarashlarini
protestantlik mazhabiga mos kelishini aytdilar. Ayni paytda uning diniy-falsafiy
asarlarida tasavvufga, xususan,
yassaviya, mavlaviya tariqatiga, Ahmad Yassaviy
va Jaloliddin Rumiy qarashlariga yaqinlikni ko‘rish mumkin.
Nasroniylik aqidalarini cherkov va dinning inson ruhi ustidan hukmronligini
tanqid qilish barobarida buyuk mutafakkir dinga juda katta umid bilan qaraydi. Din
inson donishmandligining ko‘zgusi sifatida har bir odamga qanday yashash
kerakligini ko‘rsatadi, faqat dingina insondagi xudbinlikni yo‘qota biladi, faqat
ugina bashar zotini o‘lim qo‘rquvidan xalos etadi va hayotga ma’no bag‘ishlaydi:
U insonlar tengligini o‘rnatadi, u insonni “tashqi qisuvlar”dan ozod qila oladi”.
“...Dinlar,‒ deydi Tolstoy, ‒ o‘z tashqi ko‘rinishlariga ko‘ra har turli, biroq
ular asos-ibtidolariga ko‘ra bir xildir...” Uning bu fikri,
bir tomondan, Qur’oni
Karimdagi ahli kitoblarga bo‘lgan munosabatni eslatsa, ikkinchi tomondan, Jalo-
liddin Rumiyning “Bu yer dunyodir va shuning uchun ham dinning bir bo‘lishi
mumkin emas… Din dunyoda birlasholmaydi, faqat qiyomatda bir bo‘ladi.
Qiyomatda ularning hammasi birlashadi, bir quloq, bir til holiga keladi”, ‒ degan
so‘zlarini yodga soladi
203
.
Tolstoy uchun Xudo osmonda emas, kishi qalbida hamma narsa kabi
mavjud.
U na makonda, na zamonda; na ibtidoga na intihoga ega. Xudo –
tuganmas, cheksiz, abadiy. Mutafakkirning bu qarashlari ham tasavvuf falsafasiga
yaqin: Tolstoy Xudoni hamma narsaning ibtidosi deb biladi va o‘sha ilohiy
203
Толстой Л. Я верю. М., Вся Москви, 1990. С. 164.
159
ibtidoning bir qismi insonda mavjudligini aytadi. Shu ilohiy qismni ko‘paytirish
yoki kamaytirish insonning o‘z qo‘lida; ko‘paytirishi uchun u o‘z ehtiroslarini
yengishi va qalbidagi muhabbatni kuchaytirishi lozim; bunga erishishning vositasi,
o‘zingga boshqalar qanday munosabatda bo‘lishlarini xohlasang, boshqalarga
o‘zing ham shunday munosabatda bo‘l, degan hikmatga amal qilishdir.
Haqiqiy
dindor odam Xudoni bilish va yashash bir xil narsa ekanligiga, Tashakkur senga,
seni sevaman menda yashayotgan Egam, degan xulosaga kelishi kerak, ya’ni butun
qalbini ilohiy ibtidoga bo‘shatib berishi lozim.
Tolstoy diniy qarashlarining muhim ahamiyati shundaki, u axloqning
mohiyatini dinda emas, aksincha, dinning mohiyatini axloqda ko‘radi. Darhaqiqat,
buyuk mutafakkirning ilohiyot, falsafa, dinga bag‘ishlangan risolalarida va badiiy
asarlarida nasroniylikning mohiyatini o‘z yaqinini sevish va zulmga zo‘ravonlik
bilan qarshilik ko‘rsatmaslik ‒ g‘ayrizo‘ravonlik haqidagi axloqiy ta’limotga
taqalganini ilg‘ash qiyin emas.
Ulug‘ alloma “Hayot haqida” degan kitobida muhabbat muammosiga
alohida to‘xtaladi. “Muhabbat, umuman, kimgadir ezgulik istash demakdir…
Mana, men bolamni, xotinimni, yurtimni sevaman, ya’ni bolam, xotinim, yurtimga
boshqa bolalarga, xotinlar va yurtlarga ko‘ra ko‘proq ezgulik istayman”, ‒
deydi
donishmand.
204
Ayni paytda muhabbatning faqat so‘z emas, boshqalar manfaatini
ko‘zlovchi harakat ekanini ta’kidlaydi: muhabbat kelajakda bo‘lmaydi, u faqat
hozirgi zamondagi faoliyatdir. Muhabbatni hozirgi zamonda namoyon etmagan
kishi muhabbatdan yiroq: o‘z hayoti ma’nosini tushunmaydigan odamlarda
muhabbatning bo‘lishi mumkin emas
205
. Tolstoyning fikriga ko‘ra,
inson hayoti
ezgulikka intilishdan iborat, inson nimagaki intilsa, o‘shanga erishadi. Agar inson
hayvoniy umr kechirishni hayot tarzim deb qabul qilsa, unga o‘lim va iztirob
yovuzlik bo‘lib ko‘rinadi. O‘lim va iztirob inson uchun faqat o‘z insoniy hayot
chegarasidan chiqqandagina mavjuddir. Insoniy hayot qonunlari asosida yashagan
kishiga esa na o‘lim bor, na iztirob. Zero, u o‘zidan kechib, o‘zligini topgan,
Xudoga yetishgan komil insondir.
Boshqa bir buyuk rus yozuvchisi
Do'stlaringiz bilan baham: