154
Olmon mumtoz faylasuflari orasida
Fridrix Vilgelm Yozef Shelling
(1775-
1854) alohida o‘rin tutadi. Axloqiy masalalar asosan uning “Inson erkinligi va u
bi-lan bog‘liq narsa-hodisalar mohiyati haqida falsafiy tadqiqot” (1809) asarida
o‘rtaga tashlanadi.
Shelling inson
erki haqida fikr yuritar ekan, “Yovuzlik nima?” ‒ degan
savol-ga to‘xtaladi. Qaysi diniga mansubligidan qat’iy nazar, odamlar ezgulikda
komillikni, yovuzlikda esa cheklanganlikni, torlikni ko‘radilar. Biroq barcha
dinlarda
ham iblis hammadan cheklangan, tor, kenglikdan mahrum hisoblanadi,
shu sabab uning faolligi va kuchi o‘ziga sig‘maydi. Bir xillar insonni tabaitan
yovuz, boshqalar esa ezgulikka moyil deb hisoblaydilar. Shelling esa yovuzlikka,
xuddi ezgulik kabi inson erkinligining mahsuli deb qaraydi. Barcha tirik
mavjudotlar orasida faqat inson yovuzlik qilishga qodir. Ko‘pincha bu yovuzlikni
u o‘z
xohishi bilan, hammasini anglagan holda, mahorat bilan amalga oshiradi.
Madaniyatli, o‘qimishli odam shunday yovuzlik o‘ylab topishi mumkinki, yovvoyi
odamning u xayoliga ham kelmaydi, unga kuchi ham yetmaydi. Yovuzlik ibtidoiy
jamoadan ko‘ra, zamonaviy jamiyatni kuchliroq dardga chalintirgan kasallik,
yovuz kishilar miqyosi tobora kengayib, shakllari noziklashib borayotgani buning
dalilidir. Xo‘sh, qanday qilib yovuzlikni yengish mumkin?
Shelling insonning ma’naviy qobiliyatini uchga bo‘ladi: xulq, ruh, qalb.
Xulq ruhiyatning mayllar va hissiyotlarni shakllantiradigan “qorong‘u”,
anglanmagan tomoni. Ruh ongga bo‘ysinadi, bu o‘rinda aql hukmron. Qalb esa
insonning eng oliy ruhiy iqtidori. San’at, falsafa, axloq va din ana shu qalbga
taalluqli. Inson ikki tabiiy-lik ‒ zaminiy va ilohiy tabiiylikni ‒
moddiy va ruhiy
dunyoni bog‘lab turuvchi halqa. Lekin u o‘ziga yuklatilgan vazifani bajarmadi; u
tabiiyotini ruhga bo‘ysundirishi kerak edi, vaholanki, aksi ro‘y berdi – tabiiyotga,
moddiyatga taaluqli ibtido inson ustidan hukmronlik qilmoqda, moddiyat Xudoga
aylantirilmoqda. Barchasiga aybdor – insonning erkinligi. Insonning o‘z vazifasini
bajara olmaganligini, eng avvalo, uning tabiat bilan bo‘lgan munosabatida ko‘rish
mumkin; tabiiyot hayotining yaxlitligi buzildi. Ikkinchidan, yovuzlikning
kuchaygani ham bundan dalolat beradi. Uchinchidan, o‘lim
masalasi, inson
tabiiyot bilan ruh orasida uyg‘unlik yo‘qligi uchun o‘limga mahkum. Insonda
moddiy, jismoniy tabiiyot ustunligini, ayniqsa, davlatning mavjudligi ko‘rsatib
turadi. To‘g‘ri, inson yolg‘iz yashay olmaydi. Lekin erkin mavjudotlarning haqiqiy
uyushishi faqat Xudo dargo-hidagina amalga oshishi mumkin. Ularning tabiiyot
nuqtayi nazaridan uyushuvi – davlat. Lekin oqilona davlatning bo‘lishi
mumkin
emas. Aflotun ideal davlati bor-yo‘g‘i shunchaki hazil. Toki odamlar haqiqiy
ezgulikka yuz burmas ekanlar, urush bo‘laveradi.
Shunday qilib, Shellingning fikriga ko‘ra, bilish, ilm-fan yovuzlikni yengishi
uchun yetarli emas, ilmga axloqiy mo‘ljal zarur. Zero, u yovuzlikka ham xizmat
qilishi mumkin.
Bu davrning mashhur axloqshunoslaridan yana biri buyuk mutafakkir
Do'stlaringiz bilan baham: