Mavzu: Falsafiy antropologiya (Inson falsafasi). Reja



Download 26 Kb.
bet1/2
Sana16.01.2022
Hajmi26 Kb.
#375069
  1   2
Bog'liq
10-mavzu


Mavzu: Falsafiy antropologiya (Inson falsafasi).

REJA

  1. Inson falsafiy muammo sifatida. Inson borlig’i.

  2. Falsafiy antropologiyaning shakllanishi. Insonning bioijtimoiy mohiyati.

  3. Praksiologiya- faoliyat falsafasi.

Tayanch tushuncha va iboralar.' Qadimgi Xindiston va Xi/poi falsafasida inson muammosi, Konfusiy, daosizm, tasavvuf, Beruniy, uyg’onish davri faylasuflari inson haqida, T. Gobbs, I. Kant, 3. Freyd.Antropogenez, inson biologik mavjudot sifatida, inson ijtimoiy mavjudot sifatida, inson-biososial mavjudot.Inson hayoti, o’limi, manguligi, islom dinida inson hayoti, uning ma’nosi va o’limi masalasi; Xozirgi inson falsafasi, mangulik.
Mavzuning bayoni: Inson to’g’risidagi ilk tasavvurlar falsafa maydoniga kelishidan ancha avval ham bo’lgan. Bular tabiat va inson nisbati to’g’risidagi ertAqlarda, turli asotirlarda (miflarda) ifodalangan eng sodda fikrlar edi. Ayni shu fikrlar asosida va ular bilan aloqadorlikda insonni falsafiy tushunishga doyr ta’limotlar yuzaga keladi. Inson va uning mohiyati haqidagi dastlabki bunday falsafiy ta’limotlar Qadimgi Xindiston, keyinrok Xiyuyda rivoj-landi.

Qadimgi Xindiston falsafasida bu masala "inson kaerdan paydo bo’lgan", "biz kaerda yashaymiz", "kaekka karab borayapmiz" kabi savollar tarzida kuyilib bu savollar tarzida kuyilib, bu savollarga berilgan javoblarda insonning ijtimoiy - ma’naviy mohiyatini taxlil etish bilan birga uning barcha jonli mavjudotlar bilan umumiyligiga ham e’tibor qaratilgan.

Inson muammosi taxlilida xitoylik Konfusiyning ta’limoti aloxida ajralib turadi. uning falsafiy qarashlarida insonning axloqiy tabiati, oiladagi xaeti va davlatni boshqarishi masalalari katta urin olgan. Garchi Konfusiy ta’limotida tabiat masalalari aloxida va bevosita urin olmagan bulsada "osmon" va "osmon hukmi" tushunchasi xiyla katta salmokka egadir. "Osmon hukmi" - bu takdir bo’lib, inson hayoti va o’limi uning tomonidan belgilab kuyilgan.

Konfusiyning "uzinga nimani istasang, boshqalarga ham uni ravo kur", degan fikrida insoniylik, kishilarga izzat xurmat kursatish yo’llari ifodalangan. U yana bilish – insonni bilishdir, deb aytgan edi.

Konfusiychilik bilan enma en mavjud bo’lgan daosizm (dao - yul demakdir) falsafii maktabi vakillari ham inson muammosini jiddiy tadkik kilganlar. Bu maktab vakillari ta’limotiga kura inson o’zining xaetida dao - butun Olamning o’z o’zidan kelib chiqishi, rivojlanishi va barham topishining doimiy tabiiy qonunlariga amal qilib yashash kerak. YA’ni, uning barcha xatti- harakatlari Olam qonunlari va insoniy tabiatga mos bulmogi lozim.

Tasavvuf ta’limotiga kura, inson borliqdagi eng mukammal mavjudot bo’lib, uzida olamning mohiyatini jam etadi. SHunga kura borliq - dunyo olamu kabir bulsa, inson olami sagirdir. Agar Koinot mikesida borliqning birligi xudoda ifodalansa, xossalariko’rinishining ifodasi - insondir. Inson tinimsiz uz-o’zini bilish orqali komillik darajasiga erishish imkoniyatiga ega.

Islom falsafasi vakillari inson muammosining barcha asosiy jihatlari bilan shugullandilar. Jumladan, ularni insonning kelib chiqishi, uning olamda tutgan urni. voqelikni uzlashtirish imkoniyatlari, ezgulik yulini tanlagan insonning ideali va xakozo masalalar qiziqtirgan edi. Bu masalalarni taxlil etish natijasida Forobiy insonning barcha mavjudotlaridan farqi Aql idrokdadir, degan xulosaga kelgan bulsa, Ibn Sino Aqlning o’zini umumiy qarashlar va aloxida narsalar to’g’risida fikr yuritishga kodirlik shaklida talkin qiladi.

Bu muammo haqidagi Beruniyning fikrlari ham ahamiyatlidir. U insonning Xudo tomonidan yaratilganligini kursatib, ayni vaqtda uning butun xaeti va jismoniy tuzilishi jugrofik omillar bilan ham bog’lik ekanligini kursatib shunday degan edi: "inson tanasi, rangi, xakikiy kiefasi, tabiiy belgilari fakat kelib chiqishigagina emas, balki tuprok, suv, xavo va turar joyiga ham bog’likdir".

Inson muammosi taxlili yangi zamon falsafasining barcha bos- kichlaridan egallagan urni, tutgan ahamiyatiga kura utmish davrlarida mavjud bo’lgan ta’limotlardan sifat jihatidan farqlandi. Uygonish davri tafakkurida utmishdagi ta’limotlarning birontasida bulmagan xol insonni betakror individualliklarning yigindisi sifatida olib qarash boshlandi, insoniyat betakror insonlardan tashkil topgani kursatildi. Bundan esa tirik tabiatda bo’lganidek, inson tabiatining ham bir xil emasligi, ayni paytda insoni bilan insoniyatning manfaatlari mushtarAqlashadigan muxim nuktalar borligi to’g’risida xulosalar chikariladi.

Bu davr falsafasida birinchidan, inson, uning aloxidalik sifati va imkoniyatlarining cheksizligi masalasi tursa, ikkinchidan, individualizm, egoizm (xudbinlik), manfaatparastlikning ham falsafiy taxlillari kurina boshlandi. "Inson insonga buri", "hammaning hammaga qarshi urushi" kishilar xaetining tabiiy xolati ( T. Gobbs), degan qarashlar kelib chiqishi tasodif emas edi.

Nemis mumtoz falsafasi asoschisi I. Kant uchun "inson dunyodagi eng asosiy mavjudotdir". U bir tomondan, tabiatga tegishlidir, ikkinchi tomondan - axloqan erkin va, uchinchidan, doimo kadriyatlar bilan ish kuradi. Bu sifatlarning birinchisida inson zaruriyat oldida tursa, ikinchisida ma’naviy erkinlikka egadir.

Inson muammosi 3.Freyd asos solgan ruxiy taxlil falsafasida katta urin tutgan. Uning fikricha inson ongi yordamida o’zining "MEN"iga ham ega buladi. Ayni vaqtda unda inson ruxining oliy katlami - "superMEN" hamda eng past kuchli katlam "U"ham farqlanmogi lozim. Bular birgalikda olingandagina inson uz ruxiy borligini tushuntira oladi.

XX asr falsafasida inson muammosini aloxida urganishni maksad qilib qo’ygan ekzistensialistlar (YAspers, Xaydeger, Sartr, Kamyu va boshk.) nuktai nazariga kura, individ ezgulik va evuzlikdan birini tanlashi masalasi falsafiy muammolar markazida turmogi lozim.

Xozirgi zamon inson falsafasining mazmuni davr qo’ygan masalalarga javob berish bilan taqozolangandir. Xakikatdan ham insoniyat hozirgi vaqtda ilmiy bilimlar va dolzarb hayotiy muammolarni xal etish uchun zarur bo’lgan ilmiy texnikaviy va madaniy vositalar etishmayotganligini emas, balki bu vositalardan donolik bilan foydalanishmayotganligini yaqqol sezmokda. Bu donolik markazida doimiy kadriyatlar xisoblangan tinchlik, donolik, ijtimoiy adolat va boshqalar turadi.


Download 26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish