Tarixiy materializm



Download 20.48 Kb.
Sana28.06.2017
Hajmi20.48 Kb.
TARIXIY MATERIALIZM

XIX asrgacha bo’lgan davrda jamiyatga oid qarashlarda diniy va idealistik qarashlar chambarchas holda hukmron bo’lishiga qaramasdan, Levkipp va Demokritdan tortib to L. Feyerbax va N.G.Chernishevskiygacha bo’lgan, yirik mutafakkirlari qarashlarida ayrim materialistik g’oyalar mavjud edi. Masalan, Demokrit ta’kidlashicha, insonning «qo’li, aqli va idroki» insonning ehtiyojlari ta’siri ostida ijtimoiy qadriyatllarni yaratdi. Lukretsiy Kar jamiyat ham tabiat ham xudolarning irodasi bilan paydo bo’lmaydi va ular alohida boshqarilmaydi degan fikrni ma’qullaydi.

Sharq mutafakkirlarining qarashlarida ham jamiyatni materialistik talqin etishning ayrim elementlari bor. Masalan, Forobiy jamiyat paydo bo’lishining tabiiy sabablarini topishga intiladi. U «moddiy ehtiyojlarni birinchi darajaga olib chiqadi va bu bilan jamiyatning paydo bo’lishi muammosini ko’taradi».

Yangi davrda tabiiy fanlarning va mexanik-materialistik g’oyalarning rivojlanishi ham ijtimoiy taraqqiyotni materialistik asosda tushuntirish to’g’risidagi bilimlarning shakllanishiga o’z ta’sirini ko’rsatdi. Bu jarayonga XVIII asr fransuz materialistpari katta hissa qo’shdilar. Bu esa, a) jamiyatni idealistik-teologik tushunishni inkor qilish; b) determinizm konsepsiyasini (ijtimoiy hodisalarning paydo bo’lishining sababiyligini) belgilash; v) jamiyatning insonlarning o’zaro munosabatlari va o’zaro ta’sirlari asosida ko’rilishi; g) rivojlanishning asosi deb amaliy tajriba va qarashlarga ahamiyat berish keraqligini ta’kidlash. Masalan, L. Feyyerbax uzining naturalistik konsepsiyasini jamiyatni diniy va idealistik talqin etishga karshi kuyadi. Uning asosida ijtimoiy rivojlanishning asosiy harakatlantiruvchi kuchi sifatida inson sezgilari ekanligi ta’kidlanadi. Umuman olganda, L.Feyyerbax materializmi antropologik xarakterga ega.

Ijtimoiy rivojlanishning materialistok talkdni K. Marks va F.Engelslarning «Kapital», «Oila, xususiy mulk va davlatning kelib chikishi», «Nemis mafkurasi», «Falsafa kashshokdigi», «Mukaddas oila» asarlarida keng yoritilgan. Ular «ijtimoiy borlik», «ijtimoiy ong» kabi falsafiy tushunchalarini asoslab berib, birinchisini ikkinchisiga nisbatan birlamchi ekanligini ta’kidladilar. Ijtimoiy rivojlanishning asosini ijtimoiy ishlab chikdrish tashkil qilishi tushuntirib berildi. Jamiyat rivojlanishining tarixiy bosqichlarida ma’lum bir moddiy ishlab chikdrish usuli yotishi, bu esa ijtimoiy-shtisodiy formatsiya sifatida ifodalanib, insoniyat jamiyati tarixi esa formatsiyalarning ketma-ket almashinuvidan iboratdir.

Karl Marks va Fredrix Engelsning ijtimoiy- falsafiy ta'limotida siyosiy, iqtisodiy, ilmiy, sotsial g'oyalar bir-biri bilan chirmashib ketgan.

Marks va Yengelsning ijtimoiy qarashlarida sinfiy kurash va ijtimoiy-iktisodiy formatsiya nazariyalari ishlab chikildi. Marksistik falsafada insonning jamiyatdan begonalashuvi chuqur tahlil kilindi va uning asosiy sababi xususiy mulk deb tushuntirildi.

Marks va Engelsning tushimtirishicha insonning ma'naviy qiyofasining belgilashda praktika hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'ladi, chunki insonni moddiy va ma'naviy sferadagi faoliyati asosida praktika yotadi. Xuddi o'sha faoliyat olamni o'zgartirishga qodir ekanligining tushuntirib berdi.

Karl Marks insonning ongi borliq bilan bevosita bog'liq ekanligini, ong ob'ektiv borliqning inson miyasidagi in'ikosi ekanligining isbotlab berdi. Har qanday dunyoqarash ijtimoiy turmushning mahsuli ekanligini tushuntirib ideologik kontsepsiyaning ishlab chiqdi.

d) Antiklassik falsafa. XX asr oxirlarida bir gruppa faylasuflar Nemis klassik falsafasida olg'a so'rilgan, yuqorida biz eslatib o'tgan printsiplarning tanqidiy rivojlantirgan bo'lsa (jumladan: Noklassik falsafa) bir gruppa faylasuflar esa Nemis klassik falsafasiga qarshi chiqdilar.

Xuddi shuning uchun ham XX asr falsafasining eng muhim xususiyatlari Noklassik va Antiklassik falsafaning vujudga kelganligidir. Boshqacha aytganimizda bir tomonda nemis klassik falsafa maktabini tanqidchilari vujudga kelgan bo'lsa, ikkinchi tomondan Nemis klassik falsafa maktabining himoyachilari vujudga keldi, ya'ni Noklassik va Antiklassik falsafa vujudga keldi.

Ijtimoiy rivojlanishni tushuntirishga oid xrzirgi zamonaviy materialistik talqinlar yetarli darajada kup va rang-barangdir. Eng avvalo, «.dialektsh-gumanistt» okim nuktai nazaridan jamiyatni ko’proq, «insoniylashtirish», gumanizatsiyalashtirish kerak. Shu makeadda falsafaning quyidagi turli maktablari va yo’nalishlarining g’oyalarini materialistik g’oyalar bilan birlashtirishga harakat kdlinadi: neoxegelchilik (Frankfurt maktabi - T. Adorno, T. Maruze, Y. Xabermas va b.); freydizm (freydomarksizm V.Rayx, E.Fromm va b.; ekzistensializm (J-Y. Sartr, A. Lefevr, M. Merlo-Ponti va b.); fenomenologiya (E. Pachi, P.Pikone va b.), «X,ayot falsafasi» (E.Blox) va bopshalar. Masalan, J.-P.Sartr to’g’ridan-to’g’ri «ijtimoiy materiya»ning mavjudligi to’g’risida gapirsa, «frankfurtchilar» esa jamiyatning iqtisodiy tuzilmasi tahliliga o’z e’tiborlarini qaratadilar.

XX asr ijtimoiy falsafasining rivojiga venger faylasufi
Dyerd’ Lukach (1886-1971), jiddiy ta’sir ko’rsatdi. Uning g’oyalari
nafaqat Vengriyada (A.Xeller. F.Fexer, A.Xegedush), balki boshqa
davlatlarda Yugoslaviya (G.Petrovich, M.Markovich, S.Stoyanovich), Fransiyada (L.Gol’dman) x;am kupgina mutafakkirlarning falsafiy qarashlari shaqllanishiga asos bo’lib xizmat kildi. Lukach va uning izdoshlari falsafa bus-butunicha jamiyatga yunaltirilgan, tabiat esa insonning unga nisbatan aqliy-amaliy munosabati alohida karalishi kerak, deb taxmin qiladilar.

Jamiyat rivojlanishi to’g’risidagi zamonaviy qarashlar rivojining yana bir yo’nalishi «ssiyentizm» yo’nalishidir. Ular materializmni «tarixdan», «empirizmdan», «mafkuradan» tozalash yuli bilan «ilmiylashtirish», «yaxshilash» alohida takomillashtirish kerak, deb uktiradilar. Bu okdmning namoyondalaridan biri franso’z faylasufi Lui Altyusserdsh*. Aynan u nazariyani empirik, ideologik, subyektiv katlamlardan «tozalab», ilmiy ijtimoiy falsafani yaratish vazifasini ilgari surdi. Altyusserning fikricha, falsafadagi asosiy tushuncha «amaliyot»dir. Amaliyotni iktisodiy jixatdan tor ma’noda tushunishni bartaraf etish uchun Altyusser amaliyotning uch xil turiga ( iktisodiy, siyosiy, mafkuraviy) oid tushunchani kiritadi. Faylasufning fikricha, «ular bir-birlari bilan o’zaro ta’sirda bo’lgan holda shaqllanish va rivojlanishning uz mantigiga ega, shu sababli iktisodiyot siyosat va mafkuraga ta’sir ko’rsatadi va uz navbatida ular ham iktisodiyotga ta’sir utkazishi mumkin». Altyusserning qarashlari Fransiyada (E. Balibar, D.Lekur, P.Reymon, N. Pulantsas\ Buyuk Britaniyada (B.Xtdess, P.Xerst), Italiyada (G.Della Vol’pe va b.), AKD1 da (Dj. Eleter, Dj. Remer i b,) keng tarqalgan.

5. Viologik determinizm. Yer yuzida hayot degan fenomen paydo bulgunga kadar rivojlanish xayet bilan bog’liq bulmagan abiotik faktorlar ta’siri ostidagina amalga oshgan: suvlar, gazlar (kislorod, azot va boshqalar), uglerodlar, menerallar va xokazolarning aylanishi.

Tirik mavjudotning paydo bo’lishi bilan biotik faktorlari ham faoliyat ko’rsata boshladi. Natijada, tabiat aniq ravishda ikki kismga tirik va notirik tabiatga ajradi. Materiya tarakdiyotining ma’lum bir bosqichi sifatida tirik mavjudot tabiiy sharoitlarning ma’lum bir qonuniy uzgarishi natijasida uz-uzidan bunyotga kelgan moddiy shaqldir. Darvin fikriga kura tirik mavjudotning shunday xarakterli tomonlari belgilanadi: buy, uz-uzida kupayish, uzgaruvchanlik, merosxurlik, tabiiy tanlash va yashash uchun kurash.

Zamonaviy ilmiy bilish taraqqiyoti darajasi tirik mavjudotni barcha xususiyatlariga kura ikki muhim guruxga ajratishga imkon beradi: a) tirik mavjudotning tashki dunyo narsalarini u3 manfaatiga moslagan sifatlarni uzlashtirish va mustaxkamlash qobiliyati.Insonning paydo bo’lishi tabiatga ta’sir ko’rsatshning yangi antropogen faktorining shaqllanishiga olib keldi.Inson va jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlarida ularning ahamiyati va roli bir xil bulavermadi. Jumladan, «inson paydo bo’lishining dastlabki davrlarida uzini boshqa tirik mavjudotlardan alohida ajratmas edi. U o’zini barcha boshqa organik dunyo bilan genetik va uzviy bog’liq deb bilar edi».Falsafada jamiyatning mohiyati va rivojlanish jarayonlarini tahlil qilishda biologik omillarga tayanuvchi ta’limotlar mavjud bo’lib, ular «biologik determinizm» yo’nalishini tashkil etadi.

Biologik determinizm yo’nalishiga XIX asrning ikkinchi yarmida nomarksistik ijtimoiy falsafada vujudga kelgan jamiyat xayotini biologik qonunlar va kategoriyalar alohida tushunadigan va tushintiradigan yagona tamoyilga asoslanuvchi ta’limotlar va maktablar kiradi.

Ijtimoiy falsafada biologik yo’nalishning raydo bo’lishi muayyan ilmiy va tarixiy-falsafiy asosga ega. 19 asrning ikkinchi yarmida biologiyani barcha ijtimoiy fanlarning lideriga aylantirgan ulkan yutuklar uning uchun ilmiy asos bo’lib xizmat kildi. Ayniksa xujayraning kashf etilishi, tabiiy tanlanish va yashash uchun kurash qonuni, fiziologiyada erishilgan yutuklar muhim rol o’ynadi.

Ikkinchi tomondan biologik yo’nalish materialistik falsafadagi bir yoqlamalik, insonning biologik xususiyatlariga e’tibor karatilmaganligiga karshi reaksiya sifatida ham shakllandi.

Biologik determinizmni tahlil qilishda quyidagi maktablarni ajratib qarash mumkin.

Sotsial darvinizm ta’limoti ijtimoiy taraqqiyotda tabiiy tanlanish, yashashga intilish, mavjud bo’lish uchun kurash tamoyillarini asosiy omil sifatida olib qaraydi. Natijada ushbu ta’limot ijtimoiy ziddiyatlarni butkul tugatib bo’lmaydigan tabiiy hodisa sifatida talqin etadi.

Irqiy antropologiya alohida olingan xalklar va umuman jamiyat tarixi va madaniyatiga irqiy tafovutlar xal qiluvchi ta’sir ko’rsatadi deb tushuntirishga intiladi. Bu yo’nalish vakillarining qarashlariga kura jamiyat taraqqiyoti iqtisodiy-ijtimoiy jarayonlardan ko’ra ko’proq tabiiy-iqlimiy omillar bilan taqozalangandir.

Bundan tashqari freydizm - alohida kishi, ijtimoiy gurux yoki umuman jamiyatning faoliyatini ongsizlikka asoslangan ruxiy faoliyat va instinktlar, eng avvalo jinsiy instinktlar hamda uz-uzini saqlashga bo’lgan instinkt asosida tushuntiradi.

Biologik determinizm g’oyalarini mustaxkamlashda 20 asrning ikkinchi yarmida vujudga kelgan sotsiobiologiya ilmi muhim rol uynadi. Sotsiobiologiya jamiyat taraqqiyoti da ijtimoiy omillarning rolini deyarli inkor etadi. Xar bir kishi alohida individ tarzida qaraladi va uning xulq-atvori va faoliyatini harakatga keltiruvchi kuch sifatida biologik 'ehtiyojlar va instinktlar ko’rsatiladi. Xozirgi zamon sotsiobiologiya ilmi dalillariga kura inson xatti-harakatlarining kup jixatlari, masalan, bir-biriga altruistik yordam berish, doimiy manzilgoxni kuriklash, tajovuzkorlik va shunga uxshashlar buyicha barcha sut emizuvchilarga yakin. O’ziga xos xususiyatlariga kura esa inson uzining bevosita utmishdoshlari bo’lgan guruxga mansubdir.

6. Psixologik yo’nalish.

19 asrning oxirida ijtimoiy falsafada psixologik yo’nalish vujudga keldi.Ushbu yo’nalish vakillari murakkab ijtimoiy jarayonlarning mohiyatini yirik ijtimoiy gruxlarning psixologik munosabatlaridan izladi.Bu yo’nalishga daxldor qarashlar L. U ord, G.Tard, YESharitolarning asalarida uz ifodasini topdi.

L.Uord Amerikalik sotsiolog uni kupincha AKSH sotsilogiyasini otasi deb karaydilar.U ijtimoiy taraqqiyotni markazini biologik mometlardan psixoligik jixatlarga kuchirdi. U dastlabki istak deb kishilarning ovkatga, o’z naslini davom ettirishga, issiqlikka va boshqalarga bo’lgan ehtiyojlarini oladi.Yuqoridagilar asosida kishilarning yanada murakkabroq xoxish istaqlari ya’niy ijodiy faoliyati, fukarolik erkinligi, shuningdek axlokiy, estetik va diniy ehtiyojlari shaqllanadi. Uningcha kishilarning xoxishlari ularning irodasini shaqllantiradi.Uord buni jamiyatning dinamik dvegateli deb karaydi. Uningcha xoxish va iroda jamiyat taraqqiyotini ta’minlovchi tabiiy va ijtimoiy qudratdir.

Ijtimoiy falsafadagi psixologik yo’nalishning mohiyati ruxiy tahlil falsafasida yakkol ifodasini topgan.

Ruhiy tahlil asoschisi mashxur avstriyalik ruxdsunos va psixiatr Zigmund Freyd (1856-1939) dir. Freyd nuktai nazaricha, insonning ruxda kayfiyati uch katlamdan tashkil topgandir.. Freyd nuktai nazaricha, inson xdtti-harakati, intilishlari va xoxishlari tagzaminida U - ya’ni ongsizlik yotadi. Birok Men(ong)ga Udan hamma narsa kelib utmaydi. Bu utish o’ziga xos «tekshiruv»dan utadi, Ijozat beruvchi makom vazifasini uzida ijtimoiy madaniy takiklar va katiy burchga uzini majbur kiluvchi tizimini mujassamlashtiruvchi Mendan yutsori bo’lgan narsa bajaradi. Bu axlokiy koliplar, an’analar, takikdar va shunga uxshashlar bo’lishi mumkin. «U-Men Mendan Yukrri» tizimida Inson xatti-harakati tashkiliy jix;atining uch saviyasi aks etgan: biologik (U), alohidalik - shaxsiy (Men) va ijtimoiy (Mendan Yuqori).



U lazzat koidasiga tobedir. Boshqacha aytganda, bizning barcha ongsiz tamoyillarimiz lazzat olishga karatilgan. Ammo ushbu tamoyillarni doimiy va nazoratsiz ravishda kondirishning imkoni yuk. Shuning uchun Ego (Men) tashki zaruriyat bilan xisoblashishga majbur bo’lib, vokeylik koidasiga rioya qiladi. Mabodo, agar Ego vokeylik bilan xisoblashmay, Id(U) izidan borib Super -Ego urnatgan majburiy burchlarni buzsa, u keyinchalik vijdon azobi, gunoxkorlik xissi, ruxiy azoblanish ko’rinishlaridagi jazolarga duchor bo’ladi. Shunday qilib Id, Ego va Super Ego urtasida murakkab karama-karshi vaziyat kelib chikadi. Bu karama-karshilikni bartaraf etishga kodir bo’lgan «ximoya mexanizmlari» vositasida: istaqlarni ongsizlik so^asiga sshib chikarish, sublimatsiya yuli bilan erishish mumkin. Sublimatsiyaning shaqllaridan biri ijoddir.

Ushbu karama - karshiliklar mox,iyatini Freyd ongsiz xdyaatdagi instinktiv (garizaviy) tamoyillardagi va madaniyatdagi kelishmovchiliklarda ko’radiki, madaniyat uzining yunaltiruvchilik me’yorlari, takiklari va ko’rsatmalari vositasida tabiiy xox,ishlarning amalga oshishini chegaralib turadi. Keyinchalik psixoanaliz Freyd g’oyalarini rivojlantirish bilan ham, uni kayta kurib chikib, boshqa ruxiy tahlilga doyr qoidalarni vujudga keltirish bilan ifodalanadi. Psixoanaliz falsafasining XX asrdagi eng yirik vakillari Alfred Adlar (1870-1937), Karl Gustav Yung (1875-1961), Erix Fromm (1900-1980) va boshqalar edilar.

Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa