Yer jamiyat boyligining manbayi va insoniyat uchun moddiy boyliklar yaratish, ishlab chiqarishni ta’minlashning tabiiy negizidir. Shuning uchun ham yerni asrash va undan oqilona foydalanish insoniyat oldida turgan eng asosiy vazifalardan biridir.
Yerdan foydalanishni tashkil qilish ilmiy asoslangan loyihalar tuzishni taqozo etadi. Bu loyihalar yer tuzish loyihalari deb atalib, ikkita katta guruhga bo‘linadi: Xo‘jaliklararo yer tuzish va xo‘jalikda ichki yer tuzish.
«Massiv markazlari va ishlab chiqarish bo‘linmalarini joylashtirish, yer turlari va almashlab ekishni tashkil qilish» mavzusida ishlanadigan bosqich loyihasi massivlarda yer tuzish bo‘yicha ishlanadigan birinchi loyiha bo‘lib hisoblanadi.
Massiv markazlari, ishlab chikarish bo‘limlari, yer turlari va almashlab ekishni tashkil qilish bo‘yicha loyiha yechimlarini tahlil qilishda talaba ushbu qo‘llanmada keltirilgan yoki respublikada qo‘llanayotgan boshqa me’yoriy tavsiyalardan foydalanishlari mumkin.
Qishloq xo‘jaligining samaradorligini oshirish ko‘p jihatdan yerdan oqilona foydalanishni va uni muhofaza qilishni to‘g‘ri tashkil qilishga bog‘liq. Shuning uchun ham yerdan oqilona foydalanishni tashkil qilish va uni muhofaza qilish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Bu muammolar asosan yer tuzish loyihasini ishlash jarayonida yechiladi. Massiv hududining yer tuzish loyihasida har bir yer bo‘lagidan samarali foydalanishning ilmiy asoslangan tizimi ishlab chiqiladi.
Loyihaning mazmuni, tuzish tartibi va uni rasmiylashtirish: loyihada massiv markazlari va ishlab chiqarish bo‘linmalari, yer turlari va almashlab ekish maydonlarini joylashtirish masalalari yechiladi.
Loyihani ishlash uchun quyidagi hujjat va ma’lumotlar beriladi:
massivning iqtisodiy ko‘rsatkichlari;
massiv yer maydonining 1:10000 masshtabdagi plani;
massivning tuproq xaritasi va yer kadastri ma’lumotlari;
massivning 1:10000 masshtabdagi irrigatsiya va melioratsiya xaritasi;
massiv yeri, suv manbalari, tabiiy sharoiti, ishlab chiqarishning ahvoli va iqtisodiyotning tavsifnomasi.
Loyihani ishlash jarayonida quyidagi topshiriqlarni ko‘rsatilgan tartibda bajariladi:
1. Massiv markazlari va ishlab chiqarish bo‘linmalarini joylashtirish;
2. Asosiy yo‘llarni joylashtirish.
3. Yer turlari va almashlab ekish maydonlarini joylashtirish.
4. Almashlab ekish maydonlari hududlarini tashkil qilish.
5. Chorvachilik istiqbolini belgilash.
Loyihani ishlashda kerakli adabiyotlarni o‘rganib chiqiladi va ushbu ko‘rsatmada keltirilgan me’yoriy tavsiyalar bilan bir qatorda qishloq xo‘jaligi uchun ishlangan boshqa me’yoriy tavsiyalardan ham foydalanish mumkin.
Har bir topshiriq bo‘yicha loyihaning bir necha yechimi ishlanadi va ular iqtisodiy tomondan asoslanadi.
Loyiha tarkibida quyidagilar bo‘lishi kerak:
Massivning yer suvi, tabiiy iqlim sharoiti, aholi yashash joylari
va ishlab chiqarishning ahvoli, iqtisodiyotning tahlili.
Massivning yer va ekin turlari tushirilgan 1:10000 masshtabdagi
plani.
Massivning tuproq xaritasi.
Massivning irrigatsiya va melioratsiya xaritasi.
Massiv markazlari, ishlab chiqarish bo‘linmalari, yer turlari va
almashlab ekish maydonlarini joylashtirish loyihasi.
Loyihaning tushuntirish xati (yozma qismi).
Loyihaning tushuntirish xatida yechimlar bo‘yicha qilingan hamma
hisoblar va ularning to‘la tavsiflari bajarilishi kerak.
Tushuntirish xatining taxminiy dasturi har bir topshiriqni bajarish uchun berilgan ko‘rsatmalardan keyin keltirilgan. Tushuntirish xati kirish qismi bilan boshlanadi. Unda quyidagi masalalar bayon qilinadi.
Qishloq xo‘jaligining asosiy ishlab chiqarish vositasi bo‘lgan yerdan
foydalanish samaradorligini oshirish zarurati.
Yerdan foydalanish samaradorligini oshirishda yer tuzishning
ahamiyati va vazifalari.
Sug‘oriladigan yerlardan samarali foydalanishda yer tuzishning