KIRISH - Mavzuning dolzarbligi va ahamiyati. Istiqlol yillaridan mamlakatimiz O’zbekitonda xorijiy tillarni o’qitish va o’rganish jaroyoniga katta e’tibor qaratidi. Bugungi kunda yosh avlodni xorijiy tillarda o’qitish, o’rgatish, mazkur tillar mutaxasislari qatorida boshqa kasb egalarining ham chet tillarda erkin gapira olish qobiliyatlarini shakllantirish , turli yo’nalishlarda xalqaro aloqalar va hamkorlikni rivojlantirish maqsadida mustaqil O’zbekistonimizning birinchi prezidenti tomonidan ko’plab chora-tadbirlar ko’rildi. Shu o’rinda, Islom Karimov aytganlaridek, “Hozirgi paytda xorijiy tillarni o’rgatishga yurtimizda katta ahamiyat berilmoqda. Bu ham albatta, bejiz emas. Bugun jahon hamjamiyati o’ziga munosib o’rin egallashga intilayotgan mamlakatlarimiz uchun, chet ellik sheriklarimiz bilan hamjihatlikda, hamkorlikda o’z buyuk kelajagini qurayotgan xalqimiz uchun xorijiy tillarni mukammal bilishning ahamiyatini baholashning hojati yo’qdir”. [1] Ushbu fikrlarning mantiqiy davomi sifatida 2012 yil 10 dekabrda qabul qilingan “Chet tillarini” o’rgatish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risida”gi Prezident Qarori chet tillarini o’rganish imkoniyatlarini kengaytirdi. Chet tillarini o’rganishga qaratilgan ushbu e’tiborning davomi o’laroq, president Islom Karimov 2013-yilning 19-aprelida so’zlagan nutqida, "men chet ellik vakillar va boshqa mamlakatlarning rahbarlari, ayniqsa, G‘arb mamlakatlari rahbarlari bilan uchrashganda men ularga to‘g‘risini aytaman, siz menga qaramang, men balki eski tarbiya odamidirman. Lekin O‘zbekistonda ertaga nima bo‘lishini bilmoqchi bo‘lsangiz, har qanday kollejga boring. Biz qisqa vaqt ichida 1550 ta zamonaviy litsey va kollejlar qurdik. U yerda ikkita-uchta zamonaviy mutaxassislik bilan birga albatta, chet tili, asosan ingliz tilini o‘rganishadi” – deydi.[2]
Ushbu dissertatsiya chet el adabiyotlarini tarjma qilish va boshqa xalqlar ma’daniyatidan xabardor bo’lish istagi ortayotgan bir vaqtda tarjimonlik sohasida yuzaga kelayotgan bir qator muammolarga yengillik kiritishga yaqindan ko’maklashshihni maqsad qilib tillar o’rtasidagi bir-biriga o’xshamagan jihatlarni moslashtirishni maqsad qiladi. - Ushbu dissertatsiya chet el adabiyotlarini tarjma qilish va boshqa xalqlar ma’daniyatidan xabardor bo’lish istagi ortayotgan bir vaqtda tarjimonlik sohasida yuzaga kelayotgan bir qator muammolarga yengillik kiritishga yaqindan ko’maklashshihni maqsad qilib tillar o’rtasidagi bir-biriga o’xshamagan jihatlarni moslashtirishni maqsad qiladi.
- Zero, dunyo xalqlari ma’daniyatini yaxshi bilish, jamiyatlar o’rtasida muhim aloqalarni shakllantirish uchun har bir tilning grammatik xuusiyatlarini chuqur o’rganib tarjima sohasida kechayotgan jarayonlarni osonlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, til o’rganish jarayonida hali bilib o’rganilmagan garmmatik xususiyalarni ochib chiqish anchadan buyon so’rqo ostida qolgan savollarga javob topishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |