Samarqand davlat universiteti I. T. Ergashev, D. S. Normurodov, B. M. Eshonqulov sabzavot ekinlari seleksiyasi



Download 3,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/94
Sana24.06.2023
Hajmi3,45 Mb.
#953235
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   94
Topshiriq: 
1.
Seleksion jarayon bilan tanishish 4-jadvalni ma‟lumotlarni toʻldirish. 
2.
FSMU texnologiyasidan foydalanib seleksion jarayon qanday ketma- 
ketlikda olib borilishini bayon qiling. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


35 
4-jadval 
Seleksiya jarayoni pitomniklarining qisqacha ta’rifi 
Koʻrsatkichlar 
Dastlabki 
material 
pitomnigi 
S
el
eks
ion
 
pi
tom
ni
k
 
N
azorat
 pi
tom
ni
gi
 
konk
urs
 nav
 
si
nashi
 
kol
leks
ion
 
D
uragay
 
1.Namunalar qayerdan olinadi. 
2.Bu pitomnikdan seleksion namunalar 
qayerga beriladi. 
3.Sinaladigan namunalar soni. 
4.Sinovlardagi takrorliklar. 
5.Standart navni joylashtirish tartibi. 
6.Oʻtkaziladigan 
kuzatishlar 
va 
baholashlar. 
7.Sinov davomiyligi. 
8.Har bir namuna uchun delyanka 
maydoni, m
2
1) Tomatdoshlar 
2) ldizmevalilar 
3) Bodring 
4) Ertagi karam 
5) Kechki karam 
9.Har bir namunadagi oʻsimliklar soni: 
1) Tomatdoshlar 
2) ldizmevalilar 
3) Bodring 
4) Ertagi karam 
5) Kechki karam 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


36 
5- jadval 
Seleksion jarayonda delyankalar maydoni va qaytariqlar soni 
Ekinlar 
Pitomniklar 
boshlangʻich 
material 
seleksion 
nazorat 
dastlabki nav 
sinash 
Delyankalar maydoni, m 
2
Bodring 
2-5 
2-5 
5-10 
20 
Pomidor 
10-15 
10-15 
10-15 
20 
Piyoz 
0,3-1,5 
2-5 
5-10 
10 
Ildizmevalilar 
0,3-1,5 
2-5 
7-10 
10 
Ertagi karam 
3,5-7,5 
7-15 
7,5 
20 
Koʻk noʻxat 
0,3-3,0 

7-10 
20 
Qaytariqlar soni 

1-2 
2,4; 6 
4-6 
 
 
 
 
(F) 
– Fikringizni bayon eting. 
(S)
– Fikringiz bayoniga biron sabab koʻrsating. 
(M)
– Koʻrsatilgan sababni tushuntiruvchi misol keltiring. 
(U) 
– Fikringizni umumlashtiring.
 
 
Oʻz-oʻzini nazorat qilish uchun savollar. 
1.
Seleksion jarayon deganda nimani tushunasiz? 
2.
Seleksiya ishida tajribalar aniqligi va tipikligi deganda nima tushuniladi? 
3.
Sabzavot ekinlari seleksiyasining bosqichlarini ayting. 
4.
Dastlabki material pitomnigining vazifasi, turlari va unda bajariladigan ishlar. 
5.
Seleksion pitomnikda delyankalar maydoni va qaytariqlar soni qancha? 
6.
Nazorat pitomnigida baholanadigan namunalar soni, delyankalar maydoni, 
takrorlar soni qancha? 
7.
Konkurs nav sinashining vazifasi va bajariladigan ishlarning hajmi. 
8.
Konkurs nav sinashi necha yil davom etadi? 


37 
DAVLAT NAV SINOVI VA YANGI NAVLARNI DAVLAT 
REYESTRIGA KIRITISH TARTIBI
Darsning maqsadi:
Qishloq xo`jalik ekinlari yangi navlarini Davlat nav 
sinashi tizimi to`g`risida. Sabzavot ekinlari yangi navlari va duragaylarini Davlat 
reyestriga kiritish tartibi va bu jarayonda yuritiladigan hujjatlar bilan tanishish. 
Asosiy tushunchalar:
Oʻzbekiston Respublikasi hududlari bir-biridan keskin 
farq qiladigan tuproq-iqlim sharoitlari bilan xarakterlanadi. Shuning uchun har bir 
sharoit uchun nav va duragaylarni yaratish va mavjudlari orasidan ekish uchun ularni 
toʻgʻri tanlash yuqori va sifatli hosil olishning shartlaridan biri hisoblanadi. 
Respublikada 1937-yildan boshlab qishloq xo`jalik ekinlari Yangi navlarini Davlat 
nav sinashi tashkil etilgan. Uning asosiy vazifasi qishloq xoʻjalik ekinlarining nav va 
duragaylariga obyektiv baho berish, xoʻjalik-biologik qimmatli belgi va xususiyat-
larga ega navlarni ajratish va rayonlashtirishga tavsiya etishdan iborat. 
Davlat nav sinashini Qishloq xoʻjaligi vazirligi qoshidagi qishloq xoʻjalik 
ekinlarining navlarini sinash Davlat markazi bajaradi. Bu tashkilotning viloyatlararo 
oʻz stansiyalari mavjud. 
Nav sinashdan tashqari bu tashkilot uslubiy hujjatlar tayyorlash, yangi navlarni 
rayonlashtirishni tezlashtirish va nav originatorlariga avtorlik guvohnomalari yoki 
patentlarni olishga yordam beradi. 
Hozirgi vaqtda respublikada 63 ta nav sinash uchastkalari boʻlib, shundan 16 
tasida sabzavot ekinlarining yangi nav va duragaylari sinaladi. Bunday uchastkalarda 
har yili o`rtacha qishloq xoʻjalik ekinlarining 12 ming, jumladan sabzavot va poliz 
ekinlarining mingga yaqin nav va duragaylari sinovdan oʻtmoqda va ulardan 15-20 
tasi Davlat reyestriga kiritilmoqda. Davlat nav sinashi bilan bir vaqtda ishlab chiqarish 
nav sinashi oʻtkaziladi.
Davlat nav sinashi 3-4 yil davomida oʻtkaziladi. Ishlab chiqarish nav sinashi 
esa 2-3 yil davomida oʻtkaziladi. 
Nav sinalayotgan maydonlarda yerni ishlash, ekish, oʻgʻitlash, sugʻorish, ekinni 
parvarish qilish va hosilni yigʻib olish kabi agrotexnika tadbirlarni umumqabul 
qilingan texnologiya bo`yicha oʻz vaqtida va sifatli oʻtkazishni ta‟minlash zarur. Nav 


38 
sinash shaxobchasining dalalarida yer tuzish ishlarini, tuproq tarkibini oʻrganish va 
almashlab ekish tizimi joriy etiladi. Sinalayotgan navlar bir xil oʻtmishdoshlardan 
keyin joylashtiriladi. Barcha sinalayotgan navlar tuproq unumdorligi, yer yuzasi, 
oʻtmishdoshlar, parvarish texnologiyasi va boshqa tadbirlar boʻyicha taqqoslash 
mumkin boʻlgan tarzda joylashtiriladi. 
Yangi nav va duragaylarni Davlat nav sinashiga qabul qilinishi uchun quyidagi 
shartlar bajarilishi kerak: 
1. Yangi nav rayonlashgan shu zonada kata maydonlarda ekib kelinayotgan 
yaxshi (standart) navdan hosildor boʻlishi kerak. Bu koʻrsatkich pomidorda va 
kartoshkada 30-40 s ni etishi kerak, umuman qoʻshimcha 10-40 % hosil berishi lozim. 
2. Mahsulot sifati yuqori boʻlishi kerak. 
3. Yangi nav 3 yil davomida konkurs nav sinashdan oʻtishi kerak. 
4. Yangi navning kerakli miqdorda urugʻ miqdori jamlangan boʻlishi kerak. 
Davlat nav sinashiga topshirilayotgan nav uchun quyidagi hujjatlar topshirilishi 
lozim: 
1. Davlat nav sinash markazi rahbari nomiga yozilgan ariza; 
2. Nav topshirayotgan ilmiy-tadqiqot muassasasining ilmiy kengashi qarori 
(rahbar imzosi va tashkilot muhri bilan tasdiqlangan) 
3. Nav (duragay)ning toʻla tavsifnomasi yozilgan ta‟rifi. Unda navni yaratish 
usullari, botanik ta‟rifi, morfologik, biologik xususiyatlari, agrotexnik tadbirlarga 
munosabati va h.k. (uch yillik konkurs nav sinashi natijalariga asoslanib yoziladi). 
4. Oʻsimlikning muhim qismlarining (mevasi, ildizmevasi, piyozi va h.k.) 
fotosurati. 
Davlat nav sinashga topshirish vaqtida ilmiy-tadqiqot muassasasida nav sinash 
uchastkalariga yetarli ravishda yangi nav yoki duragayning urugʻlari jamlangan 
boʻlishi lozim. Buning uchun Davlat nav sinash markaziga topshiriladigan urugʻlar va 
urugʻlik materialning eng kam miqdori quyidagicha boʻlishi lozim: kartoshka –50 s., 
bodring –50 kg, oq bosh karam, pomidor, boyimjon, qalampir - 3 kg, karamning 
boshqa turlari –1 kg, qovoq, qovun, tarvuz –70 kg, piyoz –35 kg, sarimsoqpiyoz, 


39 
lavlagi, turp va sholgʻomcha –50 kg, loviya –60 kg, koʻk noʻxat –200 kg, selderey, 
pasternak, sparja -5 kg va h.k. 
Keyingi sinov yillarida oʻzidan changlanuvchi va vegitativ usulda ko`payuvchi 
oʻsimliklar birinchi marta berilgan urugʻlardan foydalanilsa, chetdan changlanuvchi 
oʻsimliklarda esa nav mualliflari Davlat nav sinashi uchun har yili urugʻlar bilan 
yetarli darajada ta‟minlab turadi. Duragaylarda esa ularning urug`lari va otalik hamda 
onalik shakllari Davlat nav sinashi sinovlari uchun har yili taqdim etib turiladi.
Davlat nav sinash uchastkalarida tajribalar har bir ekinning biologik 
xususiyatlarini e‟tiborga olgan holda ma‟lum uslublarda olib boriladi. Bu yerda 
namunalar 4-6 qaytariqlikda ekiladi. Delyankalar maydoni 100-200 m
2
. Davlat nav 
sinash uchastkalarida ekinlar shu zona uchun qabul qilingan ilg`or agrotexnik 
tadbirlar asosida olib boriladi. 
Davlat nav sinashida quyidagi hujjatlar, kuzatishlar va tadbirlar olib boriladi va 
dala jurnallariga kiritib boriladi:
1.
Zonaning tuproq-iqlim tavsifi; 
2.
Tajribalar sxemasi, maydoni; 
3.
Nav yoki namunaning ekilgan vaqti; 
4.
Fenologik kuzatishlar natijalari; 
5.
Biometrik oʻlchovlar natijalari; 
6.
Kasallik va zararkunandalar bilan zararlanishi va ularga chidamlilik 
darajasi; 
7.
Sovuqqa, issiqga munosabati; 
8.
Kimyoviy tahlillar natijalari; 
9.
Degustasiya natijalari; 
10.
Hosildorlik koʻrsatkichlari va hosil strukturasi;
11.
Maxsulot tovarligi va h.k. 
Davlat nav sinashi asosida yillik hisobot tayyorlanadi. Uni inspekturalar bilan 
koʻrib chiqib Davlat reyestriga kiritish lozimligi yoki undan chiqarish lozimligi 
toʻgʻrisida xulosa qilinadi. Hal qiluvchi soʻz Davlat nav sinash markazining xulosasi 
hisoblanadi. 


40 
Topshiriq: 
1.
Asosiy ma‟lumotlar bilan tanishish, nav ta‟rifi, dala jurnallari, avtorlik 
guvohnomasi va patentlar bilan tanishish, navlarning kataloglarini koʻrib chiqish. 
2.
Yangi nav va duragaylarni Davlat nav sinashiga qabul qilinishi uchun 
qanday shartlar bajarilishini “guruhlarni joylashtirishtirishning eng ma‟qul 
chizmasi”da yozing. 

Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish