33
Dastlabki material pitomnigida har 10-20 namunadan soʻng
standart nav
joylashtiriladi. Namunalar uch yoki besh ballik sistemada baholanadi. Qimmatli
namunalarni baholash uchun oʻlchash va hisoblash ishlari bajariladi.
Seleksion pitomnikda ommaviy tanlash yordamida tanlangan seleksion
oilalar va avlodlar yetishtiriladi. Har bir oila alohida yoki bir nechta delyankalarda
joylashtiriladi. Delyankalar maydoni sholgʻomcha uchun 2-3 m
2
, koʻk noʻxat – 3
m
2
, tomatdoshlar – 2–4 m
2
, piyoz va bodring – 2–5 m
2
, ildizmevalilar – 3–5 m
2
,
ertagi karam – 7–15 m
2
, kechki karam – 10–21m
2
boʻlgan delyankalarda
joylashtiriladi. Namunalar qaytariqsiz yoki ikki takrorlikda ekiladi. Bu pitomnikda
namunalar oʻzaro va standart nav (St) bilan taqqoslanadi. Standart nav har 10-12
namunadan soʻng joylashtiriladi. Belgilar obyektiv
va subyektiv uslublarda
baholanib, tanlangan populyatsiyalarda belgilar boʻyicha bir xillikka erishilgandan
keyin seleksiya jarayonining keyingi bosqichiga –nazorat pitomnigiga beriladi.
Nazorat pitomnigida ommaviy tanlash asosida bir xillikka erishilgan alohida
yoki birlashtirilgan oilalardan koʻpi bilan 30-40 ta namuna yaxshi rayonlashtirilgan
nav bilan taqqoslab yetishtiriladi va oʻrganiladi. Namunalarni oʻrganish vaqtida
ularning xoʻjalik-agronomik koʻrsatkichlariga katta e‟tibor beriladi. Namunalar
ikki, toʻrt va olti qaytariqlikda ekiladi. Standart nav har 5-10
namunadan keyin
joylashtiriladi. Delyankalar maydoni sholgʻomcha uchun 2 m
2
, ildizmevalilar va
koʻk noʻxat – 7–10 m
2
, bodring va piyoz – 5–10 m
2
, ertagi karam – 7–15 m
2
,
kechki karam va tomatdoshlar – 10–15 m
2
ni tashkil etishi lozim. Tajribalarning
himoya zonasi 1-1,5 m kenglikda boʻladi.
Nazorat pitomnigida sinashlar 2-3 yil davom etadi.
Hosildorlik delyankalar
boʻyicha tovar va notovar qismi aniqlanadi. Mahsulot sifati boʻyicha namunalar
baholanib tanlangan oʻsimliklarning hosilining bir qismi konkurs nav sinashi
uchun, bir qismi esa –koʻpaytirish uchun foydalaniladi.
Konkurs nav sinashi pitomnigida nazorat
pitomnigidan tanlab olingan
namunalar yakuniy baholanadi. Bu pitomnikdagi delyankalar maydoni, takrorlar
soni va sinov texnikasi Davlat nav sinashiga yaqin boʻladi.
Delyankalar maydoni
karam, tomatdoshlar va bodring uchun 20 m
2
, boshqa ekinlar uchun 10 m
2
qilib
34
belgilangan. Namunalar toʻrt va olti qaytariqda ekilib, har bir takrorlikda standart
nav ekiladi. Delyankalar atrofida kengligi 1-1,5 m himoya zonasi qoldiriladi.
Konkurs nav sinashida ba‟zan 1-2 yil davomida bir necha oʻnlab
navlarga baho
berish uchun oʻtkaziladigan dastlabki va uch yil davomida bir nechta eng yaxshi
navlarni baholash uchun qoʻllaniladigan asosiy nav sinashi sifatida foydalaniladi.
Navlarni har xil tuproq iqlim sharoitlarida sinovdan oʻtkazish uchun
ekologik nav sinashlar oʻtkaziladi.
Seleksiya jarayonining hamma pitomniklarida
namunalar soni aniqlanib,
soʻngra delyankalar maydoni, shakli va joylashtirish tartibi belgilanadi. Hamma
pitomniklarda oʻsimliklar bir xil sxemada va bir xil delyanka uzunligida ekiladi.
Buning uchun oʻsimliklarning biologik xususiyatlarini e‟tiborga olgan holda 1 m
2
maydonga 54-95 ta sabzi va petrushka, 44-71 ta sholgʻomcha, 27-48 ta sholgʻom,
21-36 ta lavlagi, 14-24 ta turp, 18-36 ta piyoz, 21-48 ta sarimsoqpiyoz, 48-133 ta
koʻk noʻxat, 1,9-5,7
ta pomidor, 4 ta ertagi va 2 ta kechki karam joylashtirish
mumkinligi e‟tiborga olinadi.
Seleksiya jarayonida ishonchli ma‟lumotlar olish uchun tajriba aniqligi va
tipikligiga e‟tibor berish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: