Oʻz-oʻzini nazorat qilish uchun savollar
.
1.
Davlat nav sinashining vazifasi nima?
2.
Yangi nav (duragay)larni Davlat nav sinashiga qabul qilishning shartlari.
3.
Nima uchun yangi navlar turli tuproq-iqlim zonalardagi Davlat uchastkalarida
sinaladi?
4.
Davlat nav sinashiga topshirilishi uchun qanday hujjatlar talab etiladi?
5.
Davlat nav sinashiga topshirish uchun asosiy sabzavot ekinlarining urugʻlari
miqdori.
6.
Oʻzidan, chetdan changlanuvchi oʻsimliklar va duragaylarni urugʻlarini Davlat
nav sinash komissiyasiga topshirib turilishining tartibi.
7.
Yangi navlar qaysi hollarda Davlat reyestriga kiritiladi?
Davlat nav
sinovi
41
MEVA, GULTOʻPLAM VA URUGʻLIK OʻSIMLIKLARNING
MORFOLOGIK XUSUSIYATLARI
Darsning maqsadi:
Urugʻlik oʻsimliklarining morfologik tuzilishining
xususiyatlari, asosiy sabzavot ekinlarining mevasi va gultoʻplamlari bilan tanishish,
urugʻlik oʻsimliklarni pishib yetilganligini aniqlashdan iborat.
Asosiy tushunchalar
: Urugʻlik oʻsimliklarining morfologik tuzilishi,
oʻsimliklarning shoxlanish tiplari, urugʻlik sifatining oʻsimliklarning tuzilishi
oʻrtasidagi bogʻliqlar bilan tanishish. Koʻp sabzavot ekinlari monopodial tipdagi
shoxlanishga ega. Ularda asosiy tanadan tashqari uchinchi va undan yuqori tipda
(gulkaramda esa 6-7) shoxlangan boʻladi.
Sabzavot ekinlarida 4 ta tip shoxlanishlar mavjud:
1 tip – yaqqol ifodalangan markaziy tana va yuqori qismlarning shoxlanishi
kuzatiladi. Birinchi tartibli novdalar o`simlik tanasining yuqori qismida boʻlib, pastki
qismida ular kam yoki umuman yoʻq. Shoxlanish ikkinchi tartib, ayrim hollardagina
uchinchi tartibgacha boradi. Gullarning va urug`larining asosiy qismi markaziy tana va
birinchi tartibli shoxlarda joylashadi.
2 tip – yaqqol ifodalangan markaziy tana va pastki tomonidan shoxlangan boʻlib,
birinchi tartibli novdalar koʻproq poyaning pastki tomonida, markaziy novdaga
qaraganda kuchsiz rivojlangan. Gullarning asosiy qismi markaziy novda va birinchi
tartibli shoxlarda joylashgan.
3 tip – asosiy tanadan tashqari ildizmeva va karam oʻzagidan yon kurtaklardan
uygʻongan bir nechta novdalari boʻlib, markaziy tana boshqalaridan kuchliligi bilan
ajralib turadi.
4 tip – bir nechta (7-8 va undan koʻp) bir xil kattalikdagi novdalardan tuzilgan.
Shoxlanish ikkinchi tartibgacha boʻladi. Urugʻlik oʻsimliklarning shakli supurgisimon
va keng tarqalgan boʻladi. Gullarning asosiy qismi poyaning birinchi tartibli shoxlarida
joylashadi.
Birinchi va ikkinchi tip oʻsimliklar kam shoxlangan, uchinchi va toʻrtinchi tip
koʻp shoxlangan hisoblanadi.
42
Shuni ta‟kidlash kerakki, urug`lik o`simliklarni bunday tiplarga bo`linishi nisbiy
bo`lib, har bir ekinning, ba‟zan novdaning ichida ham har xil tipda shoxlangan
oʻsimliklar uchraydi. Маsalan, urugʻlik karamda koʻpincha 1-2 tip, sabzi va lavlagida
3-4 tip, sholgʻomda esa 2-3 tiplar koʻproq uchraydi.
Urugʻlik o`simliklarning shoxlanish tipining har xil boʻlishiga sabab
oʻsimliklarning irsiyatidan tashqari, ikki yillik o`simliklarda birinchi yil
oʻsimliklarining oʻsuv davri davomiyligi, urugʻlik oʻsimliklarning kattaligi, tuzilishi,
qishki saqlash rejimi, tashqi sharoit, qo`llanilgan agrotexnik tadbirlar va boshqa
koʻrsatkichlar ta‟sir qiladi.
Masalan, tezpishar navlarda koʻpincha 1-2 tip, katta ildizmevalilarda koʻpincha
3-4 tip, birinchi yil oʻsimliklari erta ekilganda 3-4 tip, birinchi yil oʻsimliklari kech
ekilganda 1-2 tipda shoxlanishi mumkin.
Turli botanik oilalarga kiruvchi oʻsimliklarning guli, mevalarining tuzilishi bilan
bir-biridan farq qiladi.Toʻpgullarning tiplari boʻyicha sabzavot ekinlari quyidagi
guruhlarga boʻlinadi:
Soyabonguldoshlar – zontik;
Piyozboshlar – yolgʻon zontik;
Shoʻradoshlar – roʻvak va h.k.
Sabzavot makkajoʻxorida erkak gullar roʻvakka, urgʻochilari – soʻta shaklida,
bodringda – erkak gullari – toʻp holda, urgʻochilari alohida, qalampir va
baqlajonlarning gullari bitta-bitta alohida joylashadi.
Sabzavot ekinlari mevalarining ham quyidagi turlari mavjud:
Piyoz – qirrali quticha, lavlagi – 2-6 ta urugʻi boʻlgan urugʻ, shpinat – 1-2 ta
urugʻi bor yongʻoqcha, pomidor, boyimjon – rezavor meva, qalampir va bodring –
yolgʻon meva, dukkaklilar – dukkak deyiladi.
Urugʻlik oʻsimliklarda ham urugʻlar har xil vaqtda pishib yetiladi. Birinchi
navbatda markaziy novdadagi, keyin yon novdalardagi, avval pastki, keyin balanddagi
novdalardagi urugʻlar yetiladi. Urugʻlar pishish davomida uchta fazani oʻtaydi:
1.
Yigʻish davri pishiqligi (urugʻ oʻz rangini oʻzgartira boshlaydi);
43
2.
Fiziologik pishish (urugʻ qattiqlashadi, rangi mustahkamlanadi –sariq, qora
va h.k.) ;
3.
To`liq (botanik) pishish (urugʻ toʻla quruq boʻlib, rangi mustahkam va
saqlash uchun yaroqli hisoblanadi).
Oʻsimlikdagi hamma urugʻlar har xil vaqtda pishib yetilgani uchun ham ular
urugʻlar toʻla pishib yetilgandan keyin emas, oldinroq yigʻib olinadi.
Urugʻlarni yigʻib olish muddatlarni bilish uchun o`simliklarning quyidagi
belgilardan foydalaniladi:
- karamdoshlar – choʻziq shingil, sariq, yashil rangda, urugʻlar qoraya boshlagan;
- ildizmevali oʻsimliklarda - barglarning qisman qurishi kuzatiladi, urugʻning
oʻrtacha namligi –50 %;
- soyabonguldoshlar – soyabonlar qoʻngʻir rangda, ularning chekkalari ichkariga
qarab egiladi, urugʻlar qoʻngʻir rangda;
- tomatdoshlarda – mevaning qizarishi va yumshashi; Bundan tashqari,
qalampirda – mevaning navga xos rangga kirishi (sariq, yashil va h.k.), mevaning
qisman qurishi; boyimjonda – mevalarda yaltiroq sariqroq mevalarning paydo boʻlishi
bilan kuzatiladi. Bunda, urugʻ qobigʻi qattiq boʻlishi bilan;
- poliz ekinlarida: tarvuz mevasi va urugʻning tipik rangga kirishi, mevaning
ranggi yaltiroq, yorqin rangda, mevaga yaqin moʻylovcha qurigan; qovun navga xos
rangda, chiziq va setkalar paydo boʻlishi, meva tugunchasi quriydi; qovoq navga xos
rangga kirishi, magʻzining qattiqlashishi, novdaning bargi qisman qurishi bilan;
- dukkaklilarda – oʻsimliklarning sariq rangga kirishi, pastki dukkaklarning
qorayishi va qurishi, ustki qavatning yaltiroq qora, qoʻngʻir rangda, don qattiqlashishi
bilan;
- piyozda – urugʻning qorayishi, ustki gultoʻplamlarining yorila boshlashi,
urugʻlar ezilganda qattiq, oq suyuqlik chiqmasligi, gulpoya sariq, yumshab qolishi va
quriy boshlashi bilan;
- bodringda – mevasining rangi va turlanishi navga xos rangga kirishi, magʻzi
yumshashi, urugʻi toʻla, qattiq terisimon qavat hosil qilishi bilan;
44
- lavlagida – pastki urugʻlar qoʻngʻir rangga kirishi, bu vaqtda oʻrtadagi urugʻlar
ezilganda mumsimon boʻlishi bilan;
- salatda – poyaning qisman sargʻayishi bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |