27
Topshiriq:
1.
Ommaviy, oilaviy va klonli tanlashlar bilan tanishish, tanlash
sxemalarini chizish. Har xil sabzavot ekinlari uchun tanlash usullarini ishlab
chiqish.
2.
Sabzavot ekinlari seleksiyasida tanlashning turlari va afzalliklarini “baliq
skleti” chizmasida yozing
Ommaviy tanlash turlari
Tanlash-
ning
turlari
Yakka tanlsh turlari
Oʻz-oʻzini nazorat qilish uchun savollar:
1.
Ommaviy tanlashning asosiy prinsiplri, afzallik va kamchiliklari.
2.
Bir martalik, koʻp martalik va doimiy tanlashlar oʻrtasidagi farqlar,
afzallik va kamchiliklari.
3.
Oddiy va yaxshilangan ommaviy tanlashning farqlarini ayting.
4.
Izolyatsiyasiz va izolyatsiya bilan oʻtkaziladigan oilaviy tanlashlar
qaysi oʻsimliklarda olib boriladi?
5.
Urugʻlarning yarmini ekish usuli nima uchun qoʻllaniladi?
6.
Vegetativ koʻpayuvchi oʻsimliklarda tanlashning qoʻllaniladigan
tanlash turlari.
28
SELEKSIYA JARAYONNI TASHKIL ETISH
Darsning maqsadi:
Talabalarni seleksion jarayon bilan, alohida
pitomniklar, ularning vazifasi, har birida bajariladigan ishlarning turi va hajmi,
seleksiya ishlarida olib boriladigan hujjatlar bilan tanishtirish.
Asosiy tushunchalar
: Seleksion jarayon deb, yangi nav yaratish uchun
dastlabki materialni oʻrganish va yaratishdan boshlab uni dastlabki sinash va
Davlat nav sinashigacha boʻlgan tadbirlar yigʻindisiga aytiladi.
Yangi navlarni yaratish jarayoni maxsus seleksion usullar (dastlabki material
yaratish, tanlash, tanlab olingan oʻsimlik avlodlarini baholash, sinash) va seleksion
materialni ekish, parvarish qilish, kuzatish, hosilni yigʻib olish kabi tadbirlar tegishli
uslublarda oʻtkaziladi.
Seleksiya jarayoni nav (duragay) yaratish bilan yakunlanadi. Navlar
(duragaylar) ishlab chiqarish uchun yaratiladi. Shuning uchun seleksion
muassasalarida sinash, dala tajribalari oʻtkazganda, ularga har tomonlama toʻgʻri va
aniq baho berish kerak.
Seleksiyada oʻrganilayotgan bir necha navlar orasidan eng yaxshilarini tanlab
olish, sinash va baholash kabi ishlar dala sharoitida oʻtkaziladi.
Dala tajribalarida seleksion materialni oʻrganish va baholash jarayonida
tajribaning aniqligiga katta e‟tibor beriladi. Tajribada oʻtkazilayotgan sharoit yangi
yaratilayotgan nav kelajakda tarqalishi lozim boʻlgan ishlab chiqarish sharoitiga mos
boʻlishi kerak.
Dala tajribalariga xos yana bir shart – ilgʻor texnologiyani qoʻllashdir. Navlar va
seleksion materiallar bir xil texnologiya sharoitida baholanadi. Har xil navlarning bir
xil texnologiya sharoitida oʻzaro farq qilishini bilish lozim. Chunki, nav sinashda
bitta omil – nav oʻrganiladi.
Tajribalar o`tkazish uchun tanlanadigan tuproq unumdorligi har xil boʻlgan
dalada tenglashtiruvchi ekinlar ekish, har xil me`yorlarda organik va mineral
oʻgʻitlar solish, uzoq muddat shudgorlab qoʻyish yoki tajribani bir necha marta
takrorlash ishlari olib borish orqali tuproq unumdorligi bo`yicha bir xillikka
erishiladi.
Tuproq
unumdorligi
darajasini
aniqlash
uchun
tekshiruvchi
29
(rekognossirovka) ekinlardan foydalaniladi. Bunday ekinlar 2-3 yil davomida
surunkasiga ekiladi. Ekinlar almashlab ekish boʻyicha joylashuvi lozim.
Seleksiya ishining maqsadi va oʻsimliklarning biologik xususiyatlaridan
kelib chiqib, seleksion jarayonni quyidagi 3 bosqichga ajratish mumkin:
1. Dastlabki materialni tanlash va yaratish;
2. Tanlash;
3. Sinash.
Birinchi bosqichda seleksioner yaratiladigan navning modelini yaratadi va
mavjud navlarning populyatsiyalarini tahlil qilib shu modelga toʻgʻri keladigan
shakllarni aniqlaydi. Agar bunday namunalar topilmasa, dastlabki material
seleksiya usullari (duragaylash, mutatsiya, poliploidiya, gen injeneriyasi va
boshqalar) yordamida yaratib olinadi. Ana shunday usullar yordamida olingan
xilma-xil oʻsimliklar yangi nav va duragaylarni yaratish uchun dastlabki material
bo`lib xizmat qiladi.
Seleksiya jarayonining ikkinchi bosqichi har bir avlodda ketma-ket
bajariladigan ikkita tadbirdan: oʻsimliklarni baholash va keyingi avlod
populyatsiyalarini yaratishdan iborat.
Oʻzidan changlanuvchi oʻsimliklar bilan bir nechta avlod davomida ish olib
borilganda yoppasiga va oila ichida tanlash oʻtkazilib, har bir avlod xoʻjalik
belgilariga qarab baholab chiqiladi, chetdan changlanuvchi oʻsimliklar bilan
ishlaganda yoppasiga va oila ichida tanlashning turli xillari (oddiy va yaxshilovchi
tanlash, izolyatsiyasiz va izolyatsiya bilan oilalarni ekish va boshqalar)
qo`llaniladi. Urugʻi bilan koʻpayuvchi oʻsimliklarda 6-7 avlod va undan koʻproq
davom etayotgan bu bosqichning har birida avlodlar xoʻjalik belgilari boʻyicha
baholab boriladi.
Vegetativ usul bilan koʻpayuvchi oʻsimliklar seleksiyasida bu bosqich
kamroq davom etadi, 2-3 yil vegetativ avlod davomida yoppasiga va yakka klonli
tanlash oʻtkaziladi.
30
Seleksiya jarayonining uchinchi bosqichida yaratilgan seleksion material
sinaladi. Seleksiya muassasalarida yaxshi natijalar bergan, urugʻlari yetarli
darajada koʻpaytirilgan navlar ishlab chiqarish sharoitida sinaladi.
Seleksiya jarayoni tadbirlarini bajarish ketma-ketligi tizimi – pitomniklar
deyiladi. Bu yerda ketma-ket ravishda seleksion material yaratiladi, tanlanadi,
baholanadi va koʻpaytiriladi.
Sabzavot ekinlari seleksiyasida asosiy pitomniklar quyidagilar: dastlabki
material pitomnigi (kolleksion va duragay pitomniklar), seleksion pitomnik,
nazorat pitomnigi, konkurs nav sinashi.
Seleksiya jarayonining tartibi, ekinning biologik xususiyatlariga, seleksiya oldida
turgan vazifalarga, navlarga (duragaylar) qoʻyiladigan talablarga, seleksionerlarning
mahoratiga va boshqalarga bogʻliq.
Seleksiya jarayonining umum qabul qilingan tartibi quyidagicha:
Do'stlaringiz bilan baham: |