So’z yasalishi???? Turli usullar yordamida so’z hosil qilinishi so’z yasalish



Download 15,5 Kb.
Sana23.01.2022
Hajmi15,5 Kb.
#401900
Bog'liq
So’z yasalishi


So’z yasalishi👈
Turli usullar yordamida so’z hosil qilinishi so’z yasalishi deb ataladi. O’zbek tilida so’zlar asosan besh xil usul bilan yasaladi:

📌1.So’z yasovchi qo’shimchalar bilan yasaladi.

📌2.So’zlarni qo’shish bilan yasaladi.

📌3.So’zlarni juftlab yasaladi.

📌4.Bir turkumdan boshqa turkumga so’z o’tishi yordamida yasaladi.

📌5.So’zlarni takrorlash yordamida.


Bu usullar yordamida ot, sifat, fe’l, ravish turkumiga oid so’zlar yasaladi. Olmosh, son va yordamchi so’zlar yasalmaydi.
1.So’z yasovchi qo’shimchalar bilan (affiksatsiya yoki morfologik usul): ishchi, aqlan, yashirin.

2.So’zlarni qo’shib yasashda (kompozitsiya yoki sintaktik usul) qo’shma so’zlar yasaladi: qora + mol ~ qoramol, ko’z + oynak ~ ko’zoynak. Birdan ortiq so’zning birikishidan yasalgan so’zlar qo’shma so’zlar deyiladi: choyquti, gultojixo’roz, sotib oldi, himoya qildi, bir oz, rahmdil, O’rta Osiyo, Oliy Majlis.

3. So‘zlarni juftlab so’z yasash ~ Ikkita so’zning juftlanishidan yasalgan so’zlar juft so’zlar deyiladi: birin-ketin, jiz-biz (ovqat ma’nosida), ag‘dar-to‘ntar, uzil-kesil, bordi-keldi..

Juft so’zlarning barchasi ham yasama hisoblanmaydi, ikkita so’z juftlanganidan keyin yangi ma’no ifodalasagina juft so’z yasalgan bo’ladi: chol-kampir, aka-uka, katta-kichik kabi so’zlar yasama emas.



4.So’zlarning bir turkumdan boshqa turkumga ko’chishi yordamida so’z yasalishi (semantik usul) : sifat va fe’l otga, son ravishga o’tadi: o’g’il bola (o’g’il - sifat). O’g’li keldi (otga o’tgan). U soat birga (son) keldi . Akasi bilan birga (ravish) keldi. O’quv, yozuv, qurilish (fe’l otga o’tgan). Boshqa turkumga ko’chgan so’zning ma’nosi va gapdagi vazifasi ham o’zgaradi.

5.So’zlarni takrorlash yordamida so’z yasalishi. Bunda so’zlar takrorlanib yangi so’zlar yasaladi: paq-paq (o’yin), pat-pat (motosikl), xola-xola (o’yin), manman, yo’l-yo’l (rang), es-es (zo’rg’a). Takroriy so’zlarning hammasi ham yasama emas. Bunda ham yangi ma’no yasalsagina yasama so’z hisoblanadi: tez-tez, katta-katta kabi takroriy so’zlar yasama emas.
Download 15,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish