3
MUNDARIJA
Kirish.………….…………………………..…………….………..…… 4
1.
Sabzavot ekinlarining belgilari…….………..…………………….
6
2.
Sabzavot ekinlari gulining tuzilishi. Chatishtirish texnikasi va gullarni
izolyatsiya qilish usullari
………………………………………………
10
3.
Seleksion populyatsiyalarni yaratish.….………………..……………..
20
4.
Seleksiya jarayonini tashkil etish.………..……………………….......... 28
5.
Davlat nav sinovi va yangi navlarni Davlat reystriga kiritish tartibi….. 37
6.
Meva, gulto
ʻ
plam va urug
ʻ
lik o
ʻ
simliklarning morfologik
xususiyatlari…………………………………………………………….
41
7.
Sabzavot ekinlari urug
ʻ
lari navi, ekishga yaroqlilik sifatlari …………. 46
8.
Urug`lik dalalarda
aprobatsiya o
ʻ
tkazish………………………………. 52
9.
Nav va urugʻlik materialarining hujjatlari................................................
57
10.
Urug
ʻ
chilik ilmiy-tadqiqot muassasalari va fermer xo
ʻ
jaliklariga
agroturizmni tashkil etish……………………………………….………
62
11.
Sabzavot ekinlari urug
ʻ
ini yetishtirishning agrotexnik ishlar rejasini
tuzish……………………………………………………………………
67
12.
Sabzavot o
ʻ
simliklarining belgilarini o
ʻ
zgarishi va ularni hisoblash
usullari………………………………………………………………..
71
13.
Sabzavot o
ʻ
simliklarini duragaylash. Gullarning
tuzilishi va gullash
jarayonini
o
ʻ
rganish……………………………………………………..
82
14.
Superelita va elita urugʻlarini yetishtirish tartibi, elita urugʻ miqdori va
maydoniga boʻlgan talabni hisoblash………………………………..
87
15.
Sabzavot o
ʻ
simliklarining to
ʻ
pgullari, tugunchalari va mevalarini
tuzilishi………………………………………………………………….
91
16.
Sabzavot ekinlari urug
ʻ
larini sifatining xilma-xilligi…………….……. 96
17.
Sabzavot ekinlari seleksiyasi va urug`chiligida hosildorlik, mahsulot
tannarxi va saqlashdagi hisoblash
usullari bilan tanishish…………..….
101
18.
Urugʻchilikda hisoblash ishlari………………………………………....
107
Xulosalar………………………………………………………………..
116
Glossariy ………………………………………………………………
117
Fan boʻyicha testlar……………………………………………………..
121
Ilovalar………….……….......…..…………….......…..……………….. 145
Foydalanilgan adabiyotlar ro
ʻ
yxati….……….......…..………………… 201
4
KIRISH
Sabzavot
ekinlarining yuqori hosildor, sifatli mahsulot beradigan, noqulay
sharoitlarga, kasallik va zararkunandalarga chidamli navlaridan (duragaylardan)
foydalanish sohaning rivojlanishini ta‟minlovchi omillardan boʻlib hisoblanadi.
Nav - ekinlarni oʻstirish texnologiyasining asosiy elementlaridan biridir.
Shuning uchun ham respublikamizda keyingi yillarda qishloq xoʻjalik ekinlarining
Yangi nav va duragaylarini yaratish va katta maydonlarga joriy etish uchun
seleksiya va urugʻchilik ishlarini yaxshilashga alohida e‟tibor berilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasida qabul qilingan “Seleksiya yutuqlari toʻgʻrisida” va
“Urugʻchilik toʻgʻrisida”gi
qonunlariga muvofiq, bu ishlarni yuqori darajada
tashkil etish talab etiladi. Bu ishlar esa joylarda seleksiya va urugʻchilik ishlarini
samarali tashkil eta oladigan mutaxassislar orqali amalga oshiriladi.
Soʻngi yillarda mamlakatimizda sabzavot ekinlari yetishtirish va uning
seleksiyasi hamda urugʻchiligiga katta e‟tibor berilmoqda.
Jumladan, Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-mart “Oʻzbekiston Respublikasida meva-
sabzavotchilikni
jadal
rivojlantirishga
doir
qoʻshimcha
chora-tadbirlar
toʻgʻrisida”gi PF-5388-sonli Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
2018-yil 17-oktyabr “Meva-sabzavot mahsulotlarini tashqi bozorlarga chiqarish
samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi
PQ-3978-son, 2019-yil 14-mart “Meva-sabzavotchilik sohasida qishloq xoʻjaligi
kooperasiyasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4239-son, 2019-yil
11-dekabr “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik tarmogʻini
yanada rivojlantirish,
sohada qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar
toʻgʻrisida”gi PQ-4549-son Qarorlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2020-yil 19-fevral 102-sonli “Bogʻdorchilik va issiqxona
xoʻjaliklarini hamda meva-sabzavot klasterlarini qoʻshimcha moliyaviy qoʻllab-
quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarorlari bunga yaqqol misol boʻla oladi.
Qishloq
xoʻjaligi
oliygohlarida
sabzavotchilik
ixtisosligi
boʻyicha
mutaxassislar tayyorlashga doir oʻquv rejasida “Sabzavot
ekinlari seleksiyasi va
urugʻchiligi” fanini oʻrganish rejalashtirilgan.
5
Amaliy–laboratoriya mashgʻulotlarida talabalar sabzavot ekinlarining
biologik xususiyatlari, ularni yetishtirish texnologiyasining ba‟zi elementlari,
seleksiya
usullari, yaxshi navlarning urugʻlarini nav va ekish sifatlarini saqlagan
holda koʻpaytirish tartibi bilan tanishadilar. Bu mashgʻulotlar boʻlgʻusi
sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik sohasi mutaxassislariga nazariy
bilimlarini mustahkamlashga va ularni amalda qoʻllashga yordam beradi.
Mashgʻulotlarda talabalarga sabzavot ekinlarining belgilari,
ularning
oʻzgaruvchanligi va unga ta‟sir koʻrsatuvchi omillar toʻgʻrisida, uning tuzilishi,
chatishtirish texnikasi va tartibi, izolyatsiya usullari, seleksion materialni baholash
uslublari, seleksion jarayon haqida, seleksion populyatsiyalar yaratish usullari,
Davlat nav sinashi va Yangi navlarni Davlat reyestriga kiritish tartibi, urugʻ va nav
nazorati, urugʻlarning
nav va ekish sifatlari, urugʻlarni yetishtirish va saqlash
uchun kerakli maydon va omborxonalarga boʻlgan talabni hisoblash hamda
urugʻlik va nav materiallarining hujjatlari toʻgʻrisida ma‟lumotlar beriladi.
Mualliflar ushbu qo‟llanma talabalarning sabzavot ekinlari seleksiyasi va
urugʻchiligi ishlarining mohiyatini chuqur tushinishga va mustahkam bilim olish
uchun oʻquv jarayonida foydali qoʻllanma boʻladi deb umid bildiradi.