10
Oʻz-oʻzini nazorat qilish uchun savollar.
1.
Sabzavot ekinlari belgilarining guruhlari.
2.
Bir belgini ikkinchi belgiga kiritish mumkinmi? Agar mumkin boʻlsa
misollar keltiring.
3.
Foydali, zararli va neytral xoʻjalik belgilariga misollar keltiring.
4.
Miqdor va sifat belgilarining bir-biridan farqi qaysilar?
SABZAVOT EKINLARI GULINING TUZILISHI. CHATISHTIRISH
TEXNIKASI VA GULLARNI IZOLYATSIYA QILISH USULLARI
Darsning maqsadi:
Talabalarni oʻzidan va chetdan changlanuvchi
oʻsimliklar gulining tuzilishi va ba‟zi chetdan changlanuvchi ekinlarning oʻzidan
changlana olmasligining sabablari bilan tanishish. Talabalarni
chatishtirish turlari,
texnikasi, gullarini bichish, changlash va gullarni izolyatsiya qilish usullari bilan
tanishtirish.
Asosiy tushunchalar:
Seleksiya va urugʻchilik
ishlarini olib borish uchun
oʻsimliklarning changlanish xususiyatlarini bilish kerak. Changlanish deb,
changdondan changning urugʻchi tumshuqchasiga tushishiga aytiladi. Oʻzidan
changlanuvchi oʻsimliklar gulining tuzilishi. Sabzavot ekinlarining ba‟zilari
oʻzidan, boshqalari chetdan changlanadi.
Chetdan changlanuvchi oʻsimliklar hashoratlar yordamida (entomofil) va
shamol yordamida (anemofil) usullarida changlanadi.
Entomofil
usulda
karamdoshlar,
qovoqdoshlar,
tomatdoshlar
va
piyozdoshlarning ba‟zi vakillari changlanadi. Ularning gullari katta yoki katta
toʻplamga
birlashgan, rangi ochiq, aromat va nektari bor. Changlarining yuzasi
notekis.
Anemofil oʻsimliklarga shpinat, lavlagi, sparja, makkajoʻxori mansub bo`lib,
ularning
gullari mayda, urugʻchi tumshuqchasi uzun changlar koʻpincha silliq va
11
yengil. O`simliklarning bunday xususiyatlari ularning shamol yordamida
changlanishini osonlashtiradi.
Qishloq xo`jalik ekinlarining yangi nav va duragaylarini
yaratish jarayoniga
seleksion jarayon deyiladi. Bu jarayon quyidagi bosqichlardan iborat: boshlangʻich
material yaratish, tanlash va sinash. Seleksiya uchun tabiatda tayyor holdagi va
seleksiya usullari bilan yaratiladigan (duragaylash,
poliploidiya, mutatsiya va gen
injeneriyasi usullari yordamida) dastlabki materiallar xizmat qilishi mumkin.
Sintetik seleksiya amaliyotida duragaylash yoʻli bilan seleksion material
yaratish uchun dastavval ota-ona juftlar tanlanadi. Duragaylashning muvaffaqiyati
esa ota-ona juftlarini toʻgʻri tanlashga bogʻliq.
Duragaylash deb irsiyati har xil boʻlgan organizmlarni chatishtirishga aytiladi.
Bunda ota-ona shakllarining tanlanishiga qarab tur ichida (navlararo,
tur ichidagi
duragaylararo) va uzoq shakllarni (turlararo, avlodlararo) chatishtirish deyiladi.
Seleksiya ishida chatishtirish uchun ota-ona juftlarini tanlashning 5 ta usuli
(prinsiplari) mavjud.
1. Ekologo - geografik;
2. Hosil elementlariga qarab;
3. Ayrim rivojlanish fazalarining davomiyligiga qarab;
4. Kasallik va zararkunandalarga bardoshliligiga qarab;
5. Diallel chatishtirishlar asosida.
Do'stlaringiz bilan baham: