14
Qovoqdoshlarda esa ikkinchi tomoni rezinali xaltachalar qoʻllanib, gullash
oldidan yopiladi, changlash vaqtida ochib changlanib,
meva tugish boshlangunicha
yana yopib qoʻyiladi.
Changlatish oʻsimlikning changlanish usuli (oʻzidan, chetdan), changdonlar va
urugʻchining yetilish vaqti va boshqa faktorlarga bogʻliq.
Bir jinsli oʻsimliklarni alohida izolyatorlarda changlash yaxshi natija beradi.
Koʻp yillik ikki uyli oʻsimliklarda (sparja) bir navning urgʻochi gulli
oʻsimliklari, ikkinchi navning esa erkak gulli oʻsimliklari tanlab yonma-yon ekiladi.
Ikki uyli bir yillik oʻsimliklarda (shpinat) otalik-onalik o`simliklari qator-qator
qilib yonma-yon ekiladi, gullash oldidan onalik oʻsimlik changdonlari olib tashlanadi.
Bir uyli oʻsimliklarda (qovoqdoshlar va makkajoʻxori) onalik oʻsimliklarning
erkak gullari yetilmasdan olib tashlanadi.
Qovoqdosh oʻsimliklar mevasida koʻp urugʻ hosil qiladi. Shuning uchun
chatishtirish koʻpincha qoʻlda alohida gullarda olib boriladi. Ona oʻsimlik gullariga va
ota oʻsimlikning erkak gullariga yupqa izolyatorlar (paxta) yopiladi. Bitta onalik gul
2-3 ta otalik gul changi bilan changlanadi. Buning uchun erkak gullar olinib,
kosabarglar
va tojbarglar olinib, onalik gullarga tekkiziladi va izolyatsiya qilinib
tamgʻa osib qoʻyiladi. . Bichish bilan oʻtkaziladigan chatishtirishlar koʻpgina oʻzidan
va chetdan changlanuvchi oʻsimliklarda olib boriladi.
Soyabonguldoshlarda bir soyabon ikkinchisiga ustma-ust qilib qoʻyiladi.
Changlatish uchun changlar yaxshi rivojlangan gullardan yigʻiladi. Buning
uchun karam, sholgʻom, turpda bir shingildan 10-15 gʻuncha qoldiriladi,
sabzi
piyozda changlar birinchi soyabondan, pomidorda 2-3 shingillardagi birinchi
gullardan olinadi. Qolgan gullar pinset yordamida olib tashlanadi. Bichishda xali
yetilmagan
changdonlar olib tashlanadi, lekin buni juda erta oʻtkazish ham
gʻunchalarning nobud boʻlishiga olib kelishi mumkin.
Pomidorda ishning yengil boʻlishi uchun changlar bilan birga kosacha barglari
ham olib tashlanadi. Bichish kunining ikkinchi yarmida (quyoshdan himoya qilish
uchun) oʻtkaziladi. Gullar bichilgandan keyin paxta qavati bilan izolyatsiya qilinadi.
15
Ba‟zi proterandrik oʻsimliklarda (sabzi, lavlagi) changdonlar suv yordamida
(pulivizator) bilan yuvilib, keyin izolyator kiygiziladi.
Otalik oʻsimliklarining gullari changdonlar yetilgunicha izolyatorlar tagida
saqlanib, changdon yetilgandan keyin ular olinib probirka, stakanlarga yigʻiladi.
Chang yigʻishning boshqa usullari ham bor. Masalan, pomidorda silkitish bilan,
ba‟zi oʻsimliklarda
gul shoxi bilan kesilib, suvga solib qoʻyiladi, keyin changgi
yigʻiladi.
Ba‟zi holda changdonlar gʻunchalar ichidan olib quritiladi, yorilgandan keyin
changlash uchun qoʻllaniladi. Chang paxta probirka idishlarda saqlanadi.
Changlash. Protogenetik oʻsimliklarda (pomidor, karam, turp, sholgʻomcha)
urugʻchisi gul ochilishidan 1-2 kun oldin tayyor boʻladi. Bunday oʻsimliklarda
changlash bichishdan keyin birdaniga oʻtkaziladi.
Proterandrik oʻsimliklarning (lavlagi, sabzi, piyoz) changdonlari urugʻchidan
oldin yetiladi. Bunday oʻsimliklarda changlash bichishdan keyin 1-4
kun keyin
oʻtkaziladi. Changlar uchi kengaytirilgan ignalar, shyotkalar, yumshoq rezinalar orqali
solinadi (pomidorda gullar changlar solingan idishlarga kiritiladi). Changlatilgandan
keyin gullar maxsus izolyatorga solinadi. Nishonlar osib qoʻyiladi. Bunda
chatishtirish kombinatsiyasi, oʻsimlik nomeri,
bichish va changlash vaqti, uni
oʻtkazgan shaxsning ismi sharifi yozib qoʻyiladi.
Ikki jinsli oʻsimliklarda chatishtirish bichishlardan keyin oʻtkaziladi. Ba‟zi
protogenik oʻsimliklarda (karam, qalampir, pomidor, koʻk noʻxat) va duragayning ota
shakllarini aniqlash oson boʻlgan hollarda bichishsiz ham changlash olib borilishi
mumkin. Chatishtirishlar bichishsiz holda oʻtkaziladi va gullashdan oldin umumiy
izolyatorlar ichiga olinadi. Bunda hasharotlar yordamida changlanganda izolyator
ichiga hasharotlar qoʻyib yuboriladi, shamol yordamida changlanadigan oʻsimliklarda
esa silkitiladigan yoki puflanadigan moslamalar qoʻyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: