7
qurgʻoqchilikka chidamliligi (fiziologik belgi) ham ekinning muhim xoʻjalik
belgilaridir.
Seleksiya va urugʻchilik ishlarida navlarni bir-biridan farq qila bilish kerak.
Buning uchun esa har bir navning oʻziga xos belgilarini bilish talab etiladi. Odatda
navlar bir-biridan bitta emas, bir nechta belgilar yigʻindisi bilan farq qiladi.
Bunday belgilarga navning belgilari majmuasi deyiladi.
Namoyon boʻlishi va avlodlarga berilishi (irsiylanishi) jihatidan sabzavot
ekinlari sifat va miqdor belgilariga ega.
Sifat belgilari insonning sezgi organlari (koʻrish, hid bilish, ta‟mi va h.k)
orqali aniqlanadi. Masalan meva rangi, gul koʻrinishi va h.k.
Miqdor belgilari oʻlchash, sanash va hisoblash bilan aniqlanadi. Masalan,
karamboshi massasi, diametri, oʻsimlik boʻyi va boshqalar.
Bu belgilar oʻrtasida keskin farq yoʻq. Lekin, miqdor belgilari tashqi omillar
ta‟sirida tez oʻzgarsa, sifat belgilarining esa bunday omillarga reaksiyasi kam.
Belgilar oʻzgaruvchanligi va korrelyatsiya. Oʻsimliklarning belgilari ontogenez
davomida urugʻ sifati va tashqi muhit ta‟sirida oʻzgarishi mumkin. Bunday
oʻzgaruvchanlik ulardagi metamer (qaytalanadigan) organlari – barg, gul,
meva va
nometamer (qaytalanmaydigan) ildizmeva, karam boshi kabi organlarining mavjudligi
bilan bogʻliq.
Metamer organlarning belgilari koʻproq oʻzgaruvchanlikka ega. Ularning
ba‟zilari oʻsimlik ontogenezida, ba‟zilari esa organ ontogenezida oʻzgarishi
mumkin.
Nometamer organlarning belgilari faqat organ ontogenezida oʻzgarishi
mumkin. Shuni ta`kidlash kerakki, belgilarining ba‟zilari (ildizmeva ogʻirligi)
kuchli, ba‟zilari (karam boshi zichligi, ildiz meva shakli) kuchsizroq, ba‟zilari esa
(sholgʻomcha ildiz mevasining rangi, sabzi ildiz mevasining sariq rangi va h.k.)
umuman oʻzgarmas boʻladi.
Urugʻlar sifatining har xilligi ham belgilarning oʻzgaruvchanligiga ta‟sir
etishi mumkin. Ba‟zi omillar esa urugʻ sifatiga ta‟sir koʻrsatadi. Masalan, gulning
joylashishining joyi ham urugʻ sifatiga ta‟sir koʻrsatishi mumkin. Bu hol ayniqsa
8
koʻp urugʻli oʻsimliklarda (karam, sholgʻomcha, sabzi) kuchliroq namoyon boʻladi.
Yirik, toʻla urugʻlar tez unib chiqadi, yaxshi rivojlanadi, tez pishadi.
Oʻsimlikning oʻsish sharoiti ham belgilarning oʻzgaruvchanligiga ta‟sir
koʻrsatishi mumkin. Lekin ba‟zi belgilar bir xil omillar ta‟sirida oʻzgarib, boshqa
omillar ularga umuman ta‟sir etmasligi mumkin. Masalan,
ildizmevalar va tarvuz
urugʻi namlik koʻp joyda kattaroq boʻladi, ammo bu belgilarga ekish muddati va
chuqurligining ta‟siri kam.
Tashqi omillar ta‟sirida belgilarning oʻzgarish darajasi har xil boʻlib ularning
ba‟zilari (barg, meva, urugʻ kattaligi) ozgina ta‟sirda ham oʻzgaradi, boshqalari
(barg soni, kesilganlik darajasi) kamroq, ba‟zilari esa (barg, meva rangi va shakli,
pomidor mevasining kameraligi) umuman oʻzgarmaydi.
Oʻsimliklar ham butun bir organizm boʻlib, bir belgining oʻzgarishi boshqa
belgilarning oʻzgarishiga sabab boʻlishi mumkin. Bunday bogʻliqlikka korrelyatsiya
deyiladi.
Bir belgining ikkinchisiga proporsional oʻzgarishiga sabab boʻlishiga toʻgʻri
chiziqli korrelyatsiya deyiladi. Bunga sabzi va lavlagi ildizmeva uzunligi bilan
oʻsuv davri davomiyligi misol boʻladi. Ildizmeva qancha uzun boʻlsa, bu navning
oʻsuv davri davomiyligi ham uzunligini bildiradi.
Belgilarning oʻzgarishi bir-biriga bogʻliq
holda qarama-qarshi tomonga
kuzatilsa bunga teskari korrelyatsiya deyiladi. Piyozboshdagi oʻsimtalar soni bilan
uning kengligi oʻrtasida shunday korrelyativ bogʻliqlik mavjud.
Seleksiyada belgilarni baholashning 2 ta uslublari mavjud:
1. Obyektiv uslub.
2. Subyektiv uslub.
Obyektiv uslubda belgilar sanash, oʻlchash va hisoblash orqali baholanadi.
Bunda tarozi, lineyka, sirkul va kerak hollarda laboratoriya asboblaridan
foydalaniladi. Obyektiv uslub qiyinroq boʻlsa ham aniq natijalar beradi. Bu
uslubdan koʻpincha seleksiya jarayonining keyingi bosqichlarida foydalaniladi.
Subyektiv uslubda insonning sezgi organlari (koʻrish, sezish, ta‟m bilish,
hidlash va h.k.) orqali baholanadi. Masalan, barg, meva, ildizmeva rangi,
9
barglarning tuklar bilan qoplanganligi, mevalarning xushbo`yligi va boshqa
belgilar shu uslubda baholanadi. Bu uslubning qulay tomoni tez va oson bajariladi,
lekin kamchiligi esa aniqligining nisbiyligi boʻlib koʻpincha
baholashni
oʻtkazuvchi shaxsning sezgi organlariga bogʻliq boʻladi. Shuning uchun ham bu
uslubning aniqligini oshirish maqsadida turli xil shkalalardan foydalanish tavsiya
etiladi. Masalan, sabzi ildizmevasidagi doiralarning koʻrinishi, urugʻlik bodring
mevasidagi toʻrlanganlik darajasi va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: