67
SABZAVOT EKINLARI URUGʻINI YETISHTIRISHNING
AGROTEXNIK ISHLAR REJASINI TUZISH
Darsning maqsadi:
Talabalarni sabzavot ekinlari urugʻini yetishtirish
texnologiyasi toʻgʻrisidagi
bilimlarini boyitish, ularni texnologik xaritalardan
mustaqil foydalana olishga oʻrgatish, bir yillik va ikki yillik sabzavot ekinlari
urugʻini yetishtirishning texnologik kartalarini mustaqqil tuza olishga o`rgatishdan
iborat. Yakuniy hisobot tayyorlashni oʻrganish.
Asosiy tushunchalar,
Sabzavot ekinlaridan yuqori sifatli va moʻl urugʻ
olish koʻp jixatdan urug`lik paykallarda o`simliklarni yetishtirishda qoʻllaniladigan
agrotexnik tadbirlarga bogʻliq. Bulardan
tuproqni ekishga tayyorlash,
ekish
muddatlari va usullari, urugʻni ekishga tayyorlash, onalik oʻsimliklarni saqlash va
ekishga tayyorlash, suoʻorish va oʻg`itlash, nav nazorati va boshqalardir.
Har bir urugʻchilik agronomi sabzavot ekinlari urugʻlarini yetishtiradigan
tuproq-iqlim sharoitida qoʻllaniladigan agrotexnik tadbirlar tizimini va ularni
o`tkazish tartibini bilishi kerak.
Mutaxassis agrotexnik reja tuzish uchun quyidagi ma‟lumotlarga ega
boʻlishi kerak:
iqlim zonasi, tuproq tipi, tarkibi, grunt suvlarini joylashish
chuqurligi oʻtmishdosh ekin va boshqalar.
Agroreja Yuqori va sifatli xosil olish uchun qoʻllaniladigan hamma
tadbirlarni oʻz ichiga olishi kerak.
Bundan tashqari,
unda ishlar bajarilish vaqti, ishlatiladigan mashina va
qurollar markalari koʻrsatiladi. Urug`lik o`simliklarni yetishtirishda ishlatiladigan
mashinalarni ularni yioʻishtirishda ham qoʻllanishi mehnat unumdorligini oshiradi,
mahsulot tannarxini pasaytiradi.
Texnologik xaritani asosiy koʻrsatkichlaridan biri bu ishlar bajarilishiga,
sifatiga, normativlariga toʻgʻri kelishidir. Shuning uchun ham bu kartada urugʻlik
materialiga talab, urugʻ va ona oʻsimliklarni ekish normalari, yadoximikatlar
me`yorlari, oʻsimliklarni joylashtirish sxemasi, sugʻorish vaqti, me`yorlari va h.k.
Bir yillik urugʻlik sabzavot ekinlarini yetishtirishning
agrotexnik rejasida
nav tozalash ishlari va aprobatsiya oʻtkazish muddatlari va usullari, urugʻlarni
68
pishib yetishish belgilari, tanlash vaqti va usullari, xosilni yigʻish, pishib yetiltirish,
quritish, mevalardan urugʻni ajratib olish vaqti va usullari, urugʻlarni saqlash
usullari ham koʻrsatilishi kerak. Geterozis duragaylarini yetishtirishda uchastkada
ota-ona navlari, nomlari va ularni joylashtirish sxemalari koʻrsatiladi.
Ikki yillik sabzavot ekinlari urugʻini yetishtirishda agrotexnik reja ikki xil:
-
bir yillik agrotexnik reja
-
ikki yillik agrotexnik reja.
Birinchi yili texnologik xaritasida tuproqni ekishga tayyorlash, ekish
usullari, parvarishlash, nav tozalash va aprobatsiya muddatlari, onalik oʻsimliklarni
pishib yetilish belgilari, ularni tanlash va yigʻib olish muddatlari, bir gektardan
olinadigan onalik oʻsimliklar miqdori, ularni saqlash usullari va vaqti koʻrsatiladi.
Oʻrta Osiyo sharoitida ikki yillik oʻsimliklarning onalik oʻsimliklari
yozgi
muddatda yetishtiriladi.
Ikki yillik agrotexnik rejada esa onalik oʻsimliklarni saqlash va bahorgi
tanlash muddatlari, ularni ekishga tayyorlash, nav nazoratini oʻtkazish, urugʻlik
oʻsimliklarni pishib yetilish belgilari, yigʻib
olish muddatlari va usullari, pishib
yetilishi, urugʻlarni quritish, tozalash va saqlash kursatiladi. Agrotexnik reja va
ilgʻor tajriba yutuqlaridan foydalanib yangilab turilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: