56
Oʻz-oʻzini nazorat qilish uchun savollar.
1.
Nav nazoratining vazifasi nima va u kim tomonidan amalga oshiriladi?
2.
Aprobatsiya – Davlat nav nazoratining asosiy turi sifatida.
3.
Aprobatsiya natijasida urugʻlik maydonlarning qaysi koʻrsatkichlari
aniqlanadi?
4.
Aprobatsiya ekinlarning qaysi rivojlanish fazalarida oʻtkazilgani
maqsadga
muvofiq?
5.
Qaysi hujjatlar aprobatsiya hujjatlariga mansub?
57
NAV VA URUGʻLIK MATERIALLARINING HUJJATLARI
Darsning maqsadi:
Urugʻlikning nav va ekish sifatlarini koʻrsatuvchi
hujjatlar bilan, ularni toʻldirish tartibi va ularning vazifalari bilan tanishish.
Urugʻlarning ekish sifatlarini aniqlash uchun oʻrtacha namuna olish qoidalari bilan
tanishish.
Asosiy ma’lumotlar.
Ekinlarning navdor urugʻlari tegishli hujjatlar bilan
rasmiylashtiriladi. Urugʻlik ekinlar koʻpaytirish pitomnigidan
boshlab aprobatsiya
qilinib, “aprobatsiya akti” tuziladi.
Urugʻchilikning
dastlabki
bosqichlarida
oʻtkazilgan ishlar (dastlabki
oʻsimliklarning birinchi va ikkinchi yilgi boʻgʻinlarini tekshirish, sinash pitomniklarida
tanlash oʻtkazish) haqida akt tuziladi. Aktga bu ishni bajargan seleksioner, mutaxassis
va ilmiy tadqiqot muassasasi urugʻchilik boʻlimining boshligʻi imzo chekadi.
Elita urugʻlari yetishtirishning barcha pitomniklari va ekinzorlarida oʻtkazilgan
ishlar «Elita urugʻlari yetishtirish boʻyicha ishlarni hisobga olish jurnali» ga yozib
beriladi.
Xoʻjaliklarda ekish uchun belgilangan urugʻlar quyidagi hujjatlarga ega boʻlishi
kerak:
1.
Urugʻlar xoʻjalikning oʻzida yetishtirilgan boʻlsa,
ularning ekish sifatlarini
koʻrsatuvchi «Urugʻlarning saraligi haqida guvohnoma» va urug`likning navdorligini
koʻrsatuvchi aprobatsiya akti;
2.
Navdor urugʻlar (super
elita va elita, makkajoʻxorining oʻzidan
changlantirilgan liniyalari urugʻidan tashqari) tayyorlov tashkilotining omboridan
olingan yoki xoʻjaliklararo almashtirilganligi
haqida hujjat, ekin sifatlari boʻyicha
standart talabi darajasiga yetkazilgan urugʻlarning «Navdorlik guvohnomasi»ga, super
elita va elita urugʻlari uchun «Urugʻ attestati» kabi hujjatlari bo`lishi talab etiladi.
Xoʻjaliklar va tajriba muassasalari ekish sifatlari boʻyicha standart talablariga mos
keladigan navdor urugʻlarni sotganlarida ularga quyidagi hujjatlarni qoʻshib
joʻnatishlari kerak:
a) navlar va oʻzidan changlantirilgan liniyalarning super elita va elita urugʻlariga
beriladigan «Urugʻ attestati»;
58
b) boshqa reproduksiyali navdor urugʻlarga beriladigan «Urugʻ attestati»;
v) duragay urugʻlariga beriladigan belgilangan shakldagi guvohnoma.
Sabzavot va poliz ekinlarining har bir urugʻlik
materialning ekish va nav
sifatlarini koʻrsatuvchi hujjatlari boʻlishi kerak. Bu hujjatlarni urugʻ yetishtiruvchi
xoʻjalik tayyor urugʻlarni sotish davrida taqdim etilishi lozim.
Hujjatsiz urugʻlar va sifati koʻrsatilgan normalardan kam boʻlgan urugʻlar
ekish uchun foydalanilmaydi.
Urugʻlik material hujjatlari quyidagilardan iborat:
1. Boshlangʻich hujjatlar.
2. Asosiy hujjatlar.
Boshlangʻich hujjatlar oʻz navbatida ikki xil ya‟ni urugʻning nav va ekish
sifatini koʻrsatuvchi hujjatlarga boʻlinadi. Boshlangʻich hujjatlarga qoʻyidagi
hujjatlar kiradi:
Nav sifatini tasdiqlovchi:
1. Aprobatsiya bloknoti.
2. Urugʻlik maydonining aprobatsiya akti.
3. Duragay ekinlarni ekishda tuzilgan akt.
4. Urugʻlik oʻsimliklarning kuzdagi tanlash akti.
5. Onalik oʻsimlikning bahordagi tanlash akti.
6. Urugʻlik maydondagi nav tozalash ishlari akti.
7. Urugʻlarning gullash oldidan oʻtkazilgan nav sifatining akti.
8.Urugʻlikning
kasallik, zararkunandalar va karantin oʻsimliklar bilan
zararlanganlik toʻgʻrisidagi akt.
Ekish sifatini tasdiqlovchi hujjatlar:
1. Ekish sifatini aniqlash uchun oʻtkazilgan namunalar natijalari.
2. Oʻrtacha namuna etiketkasi.
3. Urugʻlarning kondisiyadaligi toʻgʻrisida guvoxnoma.
4. Urug`larning tahlil natijalari.
Asosiy hujjatlar:
1.
Elita (super elita) attestati.
59
2.
Urugʻ guvoxnomasi.
3.
Duragay urugʻlar guvohnomasi.
Bir yillik va ikki yillik sabzavot ekinlarining boshlangʻich urugʻlik hujjatlari
bir xil emas.
Bir yillik ekinlar uchun:
1.
Aprobatsiya bloknoti.
2.
Duragay urugʻlar yetishtirishdagi akt.
3.
Urugʻlik maydonni nav tozalash ishlari akti.
Ikki yillik ekinlar uchun bu hujjatlar yuqorida keltirildi.
Aprobatsiya bloknotidan tashqari hamma hujjatlar 2
nusxada tayyorlanib,
bittasi xoʻjalikda, ikkinchisi urug`larni realizasiya bilan shug`ullanuvchi
korxonalarga topshiriladi.
Urugʻlarning kondisiyasi toʻgʻrisida va analiz natijalari Davlat urugʻlik
inspeksiyasiga topshiriladi. Ular laboratoriya usullari orqali urugʻlarning ekish
sifatlarini aniqlaydilar (Unuvchanlik GOST 12038,
Hayotchaligi GOST
12039, Namlikgi GOST 12041, 1000 dona urugʻ vazni GOST 12042, Urugʻlar
tozaligi GOST 120-37).
Urugʻ partiyasi – ma‟lum bir ekinning (bitta ekin, nav, nav tozaligi,
hosil
olingan yili, kelib chiqishi bir xil urugʻ) raqamlangan va hujjatlari boʻlgan
urugʻlarning ma‟lum miqdoridir. Bu partiyaning kattaligi – kontrol birlik deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: