70
3
4
5
Oʻz-oʻzini nazorat qilish uchun savollar.
1.
Agrotexnik rejani tuzishdan maqsad nima?
2.
Agrotexnik rejani tuzish uchun qanday ma‟lumotlarni bilish talab etiladi?
3.
Bir yillik va ikki yillik sabzavot ekinlari urugʻini
yetishtirishning
agrotexnik rejasida qanday farqlar bor?
71
SABZAVOT OʻSIMLIKLARINING BELGILARINI OʻZGARISHI VA
ULARNI HISOBLASH USULLARI
Darsning maqsadi
: Talabalarni sabzavot ekinlarining oʻziga xos belgilarini,
ularni guruhlash, muhit ta‟sirida ularning ontogenezda o`zgaruvchanligi bilan,
urugʻlar sifatning xilma-xil boʻlishi sabablari, belgilarni baholash usullari bilan
tanishtirishdan iborat.
Sabzavot ekinlarining belgilari.
Har bir sabzavot ekinlari oʻzining tuzilishi
va hayot faoliyati bilan boshqalaridan ajralib turadi.
Ana shu belgilarga qarab
ularni bir-biridan farqlash mumkin. Bu xususiyatlar, irsiy omillarning yigʻindisiga
bogʻliq boʻlib, bir qancha avlod davomida takrorlanib turadi.
Genotip va tashqi muhit ta`sirida shakllangan, oʻsimliklarning tuzilishi va
hayot faoliyati xususiyatlari
belgilar
deb ataladi.
Sabzavot ekinlari xilma-xil
belgilarga ega. Oʻrganish qulay boʻlishi hamda amaliy seleksiyadan foydalanish
oson boʻlishi uchun belgilar bir necha guruhga boʻlinadi: anatomik, morfologik,
biologik, biokimyoviy va xoʻjalik belgilari.
Anatomik xususiyatlar - oʻsimlik organlarining ichki tuzilishini koʻrsatadi.
Morfologik belgilar - oʻsimliklarning tashqi koʻrinishi
hamda organlarining
xususiyatlarini belgilaydi;
fiziologik belgilar - oʻsimliklarning hayot faoliyati
xususiyatlarini yoki
muhit omillariga ehtiyojini, bu omillarga talabi va ularga nisbatan chidamliligini
bildiradi;
biologik belgilar - oʻsimliklarning oʻsish, rivojlanish xususiyatlarini yoki
oʻsuv davrining uzun-qisqaligini va oʻsishdagi ayrim fazalarning davomiyligini
bildiradi;
biokimyoviy belgilar - qand, oqsil, yogʻ, vitaminlarning sifat yoki miqdori
tarkibini, fermentlarning aktivligini koʻrsatadi va hokazo.
Belgilarni bunday bir necha guruhga kiritish mumkin.
Odatda biron belgi
oʻsimlikning xususiyatini tashkil etadigan guruhga kiritiladi.
72
Oʻsimliklarning xoʻjalik jihatdan belgilari ijobiy, salbiy va neytral
belgilarga boʻlinadi. Oʻsimliklarni ekish va yetishtiriladigan mahsulotning
yaroqligini koʻrsatadigan belgilar ijobiy belgilarga kiritiladi.
Oʻsimliklarni yetishtirish ishini qiyinlashtiradigan
va yetishtiriladigan
mahsulotning iste‟mol va qayta ishlash uchun yaroqliligi past boʻlishi kabi
alomatlar salbiy belgilar hisoblanadi.
Bevosita xoʻjalik ahamiyati boʻlmagan yoki uning ahamiyati aniqlanmagan
belgilar neytral belgilar xisoblanadi.
Yuqorida takidlab oʻtilgan har bir guruhga kiritiladigan belgilar xoʻjalik
jihatidan ijobiy yoki salbiy belgilar boʻlishi mumkin. Masalan, sabzi navining
xoʻjalikdagi ahamiyati ildizmevasining shakliga, sirtining silliqligiga (morfologik
belgilar), oʻzagi bilan yogʻochsimon qismining optimal nisbatiga (anatomik
xususiyati) karotinoidlar miqdoriga (biokimyoviy belgilar), qurgʻoqchilikka
chidamligiga (fiziologik belgilari), qishda saqlanayotganda tinim davrining
uzunligiga (biologik belgilar) bogʻliq. Har bir sabzavot
ekini turli guruhlarga xos
boʻlgan muayyan kompleks belgilarga ega. Seleksiya-urugʻchilik ishlarida shu
navga xos boʻlgan aprobatsion belgilarning muayyan yigʻindisini bilish kerak.
Odatda navlar bir-biridan bir belgiga koʻra emas, balki bir necha belgiga qarab farq
qiladi. Ana shu belgilar mazkur nav uchun xarakterli boʻlgan belgilar guruhini
tashkil etadi. Bu belgilar guruh belgilarning nav kompleksi deb ataladi. Ana
shularga koʻpincha xoʻjalik jihatdan ahamiyatga ega boʻlgan morfologik belgilar
shu navni boshqalardan ajratib koʻrsatadi. Boshqa
guruhlarning belgilari nav
kompleksiga kam hollarda kiritilsa ham shu navning sifatini aniq koʻrsatib berish
uchun muhim.
Belgilarning tashqi koʻrinishi va irsiy belgilariga qarab sifat belgilari farq
qiladi. Bu belgilar muayyan tashqi shakli, rangi, organlarining
tuzilishi bilan farq
qiladi. Miqdor belgilari esa o`lchash, sinash va hisoblash orqali aniqlanadigan
belgilardir.
73
Miqdor va sifat belgilari oʻrtasida muhim tafovutlar yoʻq. Biroq sifat
belgilari muhit ta‟sirida deyarli oʻzgarmaydi, miqdor belgilari esa koʻpincha ekish
sharoitiga qarab oʻzgarib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: