S yunusov, Z. Abdiyev


Ko„chat yetishtirishda tuproq aralashmalarini tayyorlash



Download 11,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/138
Sana28.05.2022
Hajmi11,33 Mb.
#612635
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   138
Bog'liq
issiqxonalarda sabzovot kochatchiligi

Ko„chat yetishtirishda tuproq aralashmalarini tayyorlash 
va foydalanish.
Ko„chat yetishtirish uchun tuproq tayyorlashga 
alohida e‟tibor berilishi zarur, u zararsizlantirilgan bo„lishi, yaxshi 
strukturali, yuqori yutish hajmiga ega bo„lishi kerak, chunki kichik 
hajmda ko„p suv, havo va oziqa elementlari zahirasiga ega bo„lishi 
kerak. Bunday talablarga, chirish darajasi 25% kul miqdori 12% dan 
ko„p bo„lmagan, hajmiy vazni – 0,15-0,30 g/sm
3
bo„lgan, g„ovakligi 
– 80-90%, qattiq, suyuq va gazsimon fazalarining kaplyar ta‟sir etish 
hajmiga nisbatan 1:3:2, tarkibidagi namligi 45-60% bo„lgan torf 
javob beradi. Torfni nordonlik rN darajasi hisobga olgan holda uni 
neytrallash uchun ohak qo„shiladi. Torfda maqbul oziq elementlar 
bo„lishligini yaratish uchun unga makro va mikroelementlarning za-
rur miqdori qo„shiladi. 
O„zbekistonda ko„chat yetishtirish uchun chirindi (50%), dala 
tuprog„i (40%) va qipiq yoki sholi to„poni va kesib maydalangan 
somon (10%) lardan tarkib topgan aralashma tayyorlanadi. Bunday 
aralashmalarning 1 m
3
ga 300 g ammiakli selitra, 400 g qo„shsuperfos-
fat, 400 g kaliy sulfat, 1,5 kg mis kuporosi, 3 g ammoniyli molibden, 
0,5 g natriy borat, 2,25 g marganets sulfat va 0,7 g rux sulfati qo„shiladi. 
Issiqxona tuproqlardan uzoq muddat foydalanish natijasida 
ularni suvni singdirishi va havo o„tkazuvchanligi pasayadi, organik 
moddalarining yil mobaynida gektarda kamayishi umumiy miqdo-
riga nisbatan 15-17% ni yoki 60 tonnagacha kamayadi (yo„qoladi). 
Tuproq xususiyatlarini saqlash uchun g„ovaklashtiruvchi va dona-


dorlashtiradigan materiallarni qo„llash va organik moddalar zahi-
rasini boyitib borish zarur. Issiqxona maydonlarida zarur miqdordagi 
komponentlarni saqlaydigan va ularni aralashtiradigan 1-2 ta beton-
langan maydoncha bo„lishi zarur. Beda yoki ko„p yillik o„tlar qalin 
o„sgan maydonlardan chim tuproq tayyorlanadi. O„tlar g„unchalash 
bosqichida maydon 10-12 sm chuqurlikda haydaladi va chim hamda 
o„simlik poyalari diskali borona bilan maydalanadi. Oziq moddalar 
bilan boyitish uchun go„ng va mineral o„g„itlar solinadi. So„ng buldozer 
bilan balandligini 1,5-2 m, enini 3-4 m va uzunligi ixtiyoricha bo„lgan 
qatlamli to„plar (shtabel) yig„iladi. Shtabel (to„plargan) yozda suyuq 
organik o„g„it bilan 2-3 marta sug„orilib aralashtirgich yoki yuk ortgich 
bilan aralashtiriladi. 
Tuproq bir yildan so„ng tayyor bo„ladi. Dala tuprog„i – chim 
tuproq o„rnida ishlatiladi va u makkajo„xori va dukkakli o„simlik-
lardan bo„shagan unumdorligi yuqori bo„lgan maydonlardan tayyor-
lanadi. Chirindili tuproq yarimchirigan go„ngdan tayyorlanadi, yoz-
da ikki marta aralashtirib qo„yiladi. Ko„chat yetishtirish uchun tup-
roq aralashmasini tayyorlashda to„plangan materiallar elakdan o„tka-
zilib saqlashga qo„yiladi. Tuproq aralashmasi oldidan yoki foyda-
lanish oldidan tayyorlanadi, mavjud komponentlar va 33% yangi 
tuproq yaxshilab aralashtiriladi. Yirik issiqxona kombinatlarida bu 
tuproq 15-20 yil xizmat qiladi, uning 5-6 sm yuza qatlami har yili 
olib tashlanib va uni o„rniga solish uchun 15-20% yangi tuproq 
tayyorlanadi. Chiqarib tashlangan eski tuproqdan 2-4 yildan so„ng, 
kompostirlanib va zararsizlantirilgandan keyin foydalanish mumkin. 
Issiqxona tuproq aralashmasi o„suv davrining oxirlariga borib 
zichlashadi. Unda oziq moddalar miqdori kamayadi, qattiq fazasi 
tarkibi ortib boradi, tuzlar yig„iladi, shuningdek zararkunandalari va 
kasallik qo„zg„atuvchilar ko„payib o„zining ijobiy xususiyatlarini 
yo„qota boradi. Shuning uchun tuproqni to„liq yoki qisman almash-
tiriladi, zaruriyat bo„lganda g„ovaklashtiruvchi materiallar soladi, 
zararsizlantiriladi va yuviladi. 
Tuproq aralashmasiga har yili asosiy ekin ekilishidan oldin har 
1 m2 ga 20-25 kg dan go„ng solinadi. Mineral o„g„itlar bo„lib-bo„lib 
(drobno) solinadi: asosiy o„g„itlashda fosforli o„g„itlar 100% va 
kaliylilari – 50% gacha, azotning ko„p qismi oziqlantirishda beriladi. 


Tuproq zichligi ko„payib 1,0 g/sm3 ga etsa unga g„ovaklashtiruvchi 
materiallar solinadi. Ularni solish davrida asosiy oziqlantirishda yu-
qori miqdorda azotli o„g„it berish zarur. Ammo tuproq tarkibidagi 
azot miqdori 60-70 mg/kg dan oshib ketmasligi kerak. G„ovaklash-
tiruvchi materiallar O„zbekistonda, Rossiyaning o„rta mintaqalariga 
nisbatan ko„p solinishi kerak (tuproq aralashmasi hajmiga teng va 
hatto undan ko„p hajmda). 
Issiqxonalar tuproqlaridan surunkali foydalanganda ularni 
sog„lomlashtirish, har yili zararsizlantirish (dezinfeksiya) va yuvish 
hisobiga o„tkaziladi. Zamonaviy issiqxonalarda kimyoviy yoki ter-
mik (par, qizigan quruq havo, elektr yordamida) zararsizlantirish 
usullari qo„llaniladi. Par yordamida zararsizlantirish eng samaralidir. 
O„zbekistonda yoz faslida quyosh nuri bilan qizdirib issiqxo-
nalar zararlantiriladi. Buning uchun tuproq yumshatilib (chopilib), 
inshoot zararsizlantiruvchi moddalar bilan ishlanib 2-3 haftaga to„liq 
yopib qo„yiladi, bu davrda nur o„tkazadigan qoplamalari chang va 
boshqalardan tozalangan bo„lishi kerak. Uni yoz faslining iyul oyida 
issiqxonalar ekinlardan bo„shagan davrda o„tkaziladi. Bunda tup-
roqning haydalma qatlamidagi harorat 70°S gacha ko„tariladi. 
Tuproq qizdirilib yoki par yordamida zararsizlantirilganidan so„ng 
uni tarkibidagi tuzlarning umumiy konsentratsiyasi yuvib kamaytiriladi. 
Yuvish 5-8 soat oralatib 3-5 marta o„tqaziladi va har m
2
200-400 l suv 
sarflanadi. Yuvishdan tashqari 2-2,5 m chuqurlikka gorizontal joylash-
tirilgan aylanma zovurlardan issiqxona tuprog„iga tuzlarning singib 
o„tishi oldini olish chora tadbirlari ham nazarda tutilishi kerak. 

Download 11,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish