S yunusov, Z. Abdiyev



Download 11,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/138
Sana28.05.2022
Hajmi11,33 Mb.
#612635
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   138
Bog'liq
issiqxonalarda sabzovot kochatchiligi

 
 
Organik substratlar 
 
Noorganik substratlar 
40-rasm. 
Sun’iy substratlar turlari
 
 
4.2. Sabzavot ko„chatchiligida tuproq
aralashmasini qo„llash 
 
Tuproq aralashmasi va ularning tavsifi.
Ko„chatlarni to„g„ri 
o„sib va rivojlanishi, ularni nafaqat suv va havo bilan ta‟minlash, balki 
yetarli miqdorda mineral oziqa elementlari bilan kerakli nisbatda va 


yetarli miqdorda ta‟minlash zarurdir. Bu issiqxona tuprog„i sifatiga 
bog„liqdir. Sanoatlashgan issiqxona sabzavotchiligi tuproqqa aniq 
talablarni qo„ymoqda. Issiqxona tuprog„i ko„chatlarni mahkam ushlab 
turishi, turg„in strukturani saqlash bilan birga: qattiqlik – 20-30%, 
suyuqligi – 40-50%, gazsimon – 30-35% hamda fazalar nisbatini saqlab 
turishi kerak. Qattiq fazasi zichligi – 0,9-1,3 g/sm
2
ni tashkil etishi 
kerak. 100 g quruq moddaga umumiy g„ovakligi – 70-80% va suv bilan 
to„ladigan kapillyarlar g„ovakligi – 40-50%, hajmiy yutish sig„imi – 50-
100 MKV bo„lishligi ko„p oziq moddalar zahirasini, ularni yuvilib 
ketishini va sho„rlanish havfi oldini olishga imkon yaratadi. Shuningdek 
ildiz joylashgan qatlam qulay reaksiya darajasida saqlanib turishi va 
mineral oziqa elementlarini saqlanishi muhim talablardan hisoblanadi. 
Tuproq aralashma eritmasi konsentratsiyasi quruq qoldig„i 
qulay chegarasidan 3 g/l dan yuqori bo„lmagan (solishtirma elektr 
o„tkazuvchanligi 4 MSM); qulay fizik xususiyatlarga joylashishi 
zichligi – 0,4-0,6 g/sm
3
, muhit reaksiyasi ishqoriyligi – pH=6,2-6,6; 
ularda zaharli (toksik) aralashmalar va kasal yuqturuvchilari 
(infeksiya) bo„lmagan, yetarli oziq moddalarga ega bo„lishi kerak. 
Issiqxona tuprog„i yuqori buferli, qulay mikrobiologik muhitga ega 
bo„lishi kerak. Qizib ketish oldini olishda issiqlik o„tkazmaslik 
xususiyati muhim sifatlardan hisoblanadi. 
Sabzavotlarni zamonaviy texnologiya asosida o„stirish issiq-
xona tuprog„ini uzoq muddat unumdorligini pasaytirmasgan holda 
almashtirmasdan arzon narhda yetishtirishni asosiy talab qilib 
kiritadi. 
Tabiiy tuproqlarning yetarli darajada g„ovak bo„lmasligi va 
juda zich bo„lishligi himoyalangan yerda o„stiriladigan ekinlar 
talabini qondirmaydi. Ular har m
2
ga 20-30 kg dan organik 
materiallar (torf, go„nng kompost, qipiq, somon va boshqalar) solish 
hisobiga tubdan yaxshilanganidan so„ng foydalaniladi. 
Issiqxona tuprog„i tarkibi bo„yicha 3 guruhga: organikli, orgo-
nomineralli va mineralliga bo„linadi. 
Organik tuproqlar tarkibida yuqori miqdorda (60-80%) organik 
moddalari bo„lgan, o„ta g„ovakli, yuqori nam sig„imli, yutish xususi-
yatli hamda buferlik xususiyatiga ega bo„lgan bir yoki birnecha 
organik kompostlari bo„lishi bilan tavsiflanadi. Organomineralli tup-


roqlar organik materiallar va minerallarni teng nisbatdagi aralash-
masidan iborat bo„ladi. Mineralli tuproqlar esa tabiiy tuproqning 
gumusli engil qatlamiga oz miqdorda (15% gacha) organik material 
qo„shib hosil qilinadi. 
Turli mamlakatlar va mintaqalarda mavjud imkoniyatlaridan 
kelib chiqqan holda issiqxonalarda har xil tuproq aralashmalari 
qo„llaniladi. SHimoliy va shimoliy g„arb mamlakatlari va Sibirda 
organik tuproqdan foydalanadilar. Markaziy Yevropa mamlakat-
larida – organomineralli (torfni turli nisbatda bo„lgan boshqa organik 
materiallarni mineral komponentlar bilan aralashmasi) va janubiy 
mamlakatlarda – mineralli (15% gacha organik materialni tabiiy en-
gil tuproqning gumus qatlamiga qo„shib) tuproqlardan foydalaniladi. 
Bodring o„stirish uchun torf (50-60%), (20-30%) qumli va qumoq 
tuproq (20-30% hajmi bo„yicha) va go„ng kompostidan tarkib 
topgan organomineralli tuproq eng maqbul hisoblanadi. 
Tuproqlar tarkibidan tashqari foydalanishni davomiyligi va 
drenajlash usuliga ko„ra guruhlanadi. Tuproqlar foydalanish davo-
miyligiga ko„ra: har yili almashtiriladigan, yangi (2-4 yilga), (4-8 
yilda) yaxshi etilgan, (8-12 yil) uzoq muddat foydalanilgan va 
almashmaydiganlarga bo„linadi. Tuproqlar drenajlash usuliga qarab 
drenajsiz, tabiiy drenajli va texnik drenajlilarga ajratiladi. 
Tuproqlarni zichligi (hajmiy vazni), qattiq fazasining zichligi 
(solishtirma og„irligi), g„ovakligigi (yopishqoqligi), havo sig„imi 
(havoni o„tkazuvchanligi) va eng kam nam sig„imi (NV), ularning 
fizik, havo va suv xususiyatlarini tavsiflovchi asosiy ko„rsatkichlari 
ekanligi aniqlangan. Bu xususiyatlarga ko„ra tuproq quyidagi: 
solishtirma og„irligi (qattiq muhit vaznini hajmiga nisbati) – 1,5-2,0, 
zichligi (tuproq massasini tegilmagan tuzilishdagi hajmiga nisbati) – 
0,4-0,6 g/sm
3
, g„ovakligi yoki bo„laklanishi (umumiy hajmidagi 
zarrachalar orasidagi oralig„idagi bo„shliqlarning ulushi) – 46-80%, 
qattiq, suyuq va gazsimon fazalarining nisbati – 1:1:1, eng kam nam 
sig„imi – 45-60% kabi ko„rsatkichlariga ega bo„lishi kerak. 
Tuproq aralashmasi unumdor, donador, mexanik tarkibi engil, 
havo va suv yaxshi kiradigan, yuqori ijobiy xususiyatlarga, neytral 
reaksiyaga ega bo„lishi va eritma konsentratsiyasi maqbul bo„lishi, 
begona o„tlarning urug„idan, zararkunanda hamda kasalliklardan holi 


bo„lishi kerak. Tuproq aralashmasi tarkibi tuzilayotganda o„simlik-
larni oziq moddaga talabi va ildiz tizimi rivojlanish xususiyati hiso-
biga olinadi.
Issiqxonaga solinadigan tuproqni tayyorlash uchun foydalanila-
digan komponentlar 1 m
3
da quyidagi hajmiy vazn va massaga ega 
(19-jadval). 

Download 11,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish