Qorovulbozor tuman 4-umumiy o’rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Jabborova Surayyoning “Yilning eng yaxsh o’zbek tili fani o’qituvchisi” ko’rik-tanlovi uchun “O’zbek tilini samarali o’qitish metodikasi” mavzusidagi
TAQDIMOTI
Ona tili darslarida kasbiy kompetentlikni shakllantirish
Mavzu:
Kasbiy kompetentlik mohiyati nimada? - Har bir davrda ham bolaning shaxs sifatida shakllanishi uning hayoti davomida o’ziga munosib qiziqish va ishtiyoqlariga hamda layoqatiga mos ravishda kasbga yo’naltirish, jamiyat bilan muloqaotga kirishish masalasidir murakkabligicha qolmoqda.
- Bola ulg’ayish ta’lim olish jaraynida uning kelajak rejalari ham namoyon bo’la boshlaydi.Lekin shu holat har bir individual shaxsda har xil holatda kechadi.Ba’zi o’quvchi yoshlik davridayoq o’z istaklarini to’g’ri anglagan holda harakatga kirishadilar.
Ona tilida darslarida , ayniqsa kasbiy kompetentlik shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi.Bunda pedagogdan yuqori darajagi kasbiy mahorat, bilim ko’nikma va malakalrning rivojlanganligi, darsni to’g’ri loyihalshtirish qobiliyatiga ega ekanligi, kabi bir qancha talablar qo’yiladi.Shuni unutmaslik lozimki, har bir o’tilayotgan dars o’quvchilarda ma’lum bir kompetensiyalarni shakllantirishi lozim.
Kasbiy kompetentlikni shakllantirishda o’qituvchiga qo’yiladigan talablar.
Kasbiy kompetensiyani shakllanish bosqichlari: - Kasbiy kompetensiyani shakllanish bosqichlari:
- 1. O‘z-o‘zini tahlil qilish va zarur narsalarni anglash;
- 2. O‘zini rivojlantirishni rejalashtirish maqsad, vazifa belgilash;
- 3. O‘zini namoyon etish va kamchiliklarini tuzatish.
8-sinf ona tili darsligidagi “Egali va egasiz gap” mavzusidagi 86-topshiriq berilgan.
Uch buyuk tabib
Bir tabib qattiq kasal bo’lib yotib qoldi.Uning shogirdlari yig’ilishib ustozni davolashga kirishdilar.Kasal ustoz shogirdlariga:
– Sevimli shogirdlarim, meni davolash uchun behuda zahmat chekmang, tuzalishdan umid uzganman, o’limim yaqin qolganga o’xshaydi. Vafot etganimdan so’ngjuda qayg’urib oh-voh qilmang, chunki o’rnimga uchta buyuk tabibni qoldirib ketypman. Shu uchta tabibning aytganlariga e’tibor bering va boshqalarni ham shunga da’vat qiling,-dedi. Shogirdlaridan biri:
– Bizlarning uchta aziz ustozimiz, sizdan so’ng o’rningizga qoladigan uchta buyuk tabib kimlar?- deb s’radi.Ustoz yonidagi shogirdiga shunday javob qildi:
– Sizlarga so’zlagan uch buyuk tabibimning birinchisi – poklik, ikkinchisi-parhez, uchinchisi- badabtarbiyadir.Doimo pok, ozoda bo’lishlik, tiqishtirib apil-tapil yemaslik, ichkilikdan tiyilish, badantarbiya bilan shug’ullanish – mana bularning salomatlikni saqlovchi eng yaxshi choralardir.
“Ibratli hikoyatlardan”
“So’z va hodisalarni eslash” o‘yini - “So’z va hodisalarni eslash” o‘yini
- Sinf o’quvchilari kichik guruhlarga birlashtiriladi hamda va har bir guruh bitta so’z tanlaydi.
- 1.Daraxt va paxta so’zi bilan o’yin boshlandi.
- 2.Daraxt va paxta so’zlari birinchi bo’g’inidagi da-, pax-qo’shib so’z
- lar hosil qilinadi.
- 3. Shu berilgan so’zlar bilan bog’liq barcha so’zlar eslanadi.
Daraxt
v
v
gul
Meva
poya
ildiz
barg
novda
Berilgan so’zlar bilan bog’liq bo’lgan kasb haqida matn yoki sarguzasht to’qishga harakat qiling. - Berilgan so’zlar bilan bog’liq bo’lgan kasb haqida matn yoki sarguzasht to’qishga harakat qiling.
- Yuqoridagi o’rin o’quvchilarning ham nutqiy nobiliyatlarini shuningdek ularni topqirliklarini nomoyish etishda yaxshi samara beradi. Shu bilanbir qatorda ulardagi usha dehqonchilik, bog’dorcholik kasbiga bo’lgan qiziqishlarini yanada rivojlantishi mumkin.
- Ona tili darslarida kasbiy kompetentlikni yanda rivojlantishida o’qituvchi mоnоlоgi, оmmаviy – yakkа tаrtibdа (frоntаl-individuаl) so’rоv o’tkаzish, аn’аnаviy shаkldаgi nаzоrаt, vidеоfilm nаmоyishi, o’qituvchi tоmоnidаn bеrilgаn mustаqil ish, “Rolli”, muammoli ta’lim”, “Klaster” va boshqa bir qancha interfaol o’rin va texnologiyalarning ning ham samarasi beqiyos.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati: - Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:
- 1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning “Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi” toʻgʻrisidagi farmoni, 7-fevral, 2017-y.
- 2. Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni. 2020-y.
- 3. Akbarov N. Oʻqituvchining pedagogik mahorati//Boshlangʻich taʼlimjurnali, 2-son. –Toshkent, 2007.
- 4. Xoliqov A. “Pedaggik mahorat” – Toshkent.: “Iqtisodiy-moliya” 2011-y.
Do'stlaringiz bilan baham: |