S yunusov, Z. Abdiyev



Download 11,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/138
Sana28.05.2022
Hajmi11,33 Mb.
#612635
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   138
Bog'liq
issiqxonalarda sabzovot kochatchiligi

Nazorat savollari: 
1. Mikroiqlim va agrofitoiqlim nima?
2. Issiqxona sabzavot ekinlari yorug„likka talabchanligiga ko„ra 
qanday guruhlarga bo„linadi?
3.Yorug„lik tartibotini yaxshilashning qanday usullarini bila-
siz?
4. Elektr yordamida qo„shimcha yoritish va elektr nurida o„sa-
digan ekin nima?
5.Me‟yoridan ortiq yorug„likni kamaytirish uchun qanday cho-
ralar qo„llaniladi?
6.O„simlik hayotida issiqlik qanday ahamiyatga ega?
7. Issiqxona sabzavot ekinlari issiqqa talabchanligiga ko„ra 
qanday guruhlarga bo„linadi? 
8. Issiqxonada haroratni ko„paytirish va pasaytirish uchun qan-
day choralar qo„llaniladi?
9. Issiqxona sabzavot o„simliklariga tuproq namligini etish-
movchiligi va uni me‟yoridan ortig„i qanday ta‟sir etadi?
10. Issiqxona sabzavot o„simliklariga havoning past va yuqori 
nisbiy namligi qanday ta‟sir etadi?
11. Issiqxonada havoning nisbiy namligi qanday sozlanadi?
12. Issiqxonada qanday sug„orish usullari qo„llaniladi?
13. CO
2
gazining issiqxona atmosferasidagi o„rtacha konsen-
tratsiyasi qanday va tabiiy atmosferada qancha?
14. O„simlik uchun qanday zararli gazlar mavjud va qanday 
konsentratsiyada?
15. Karbonat angidrid gazi bilan o„simliklarni oziqlantirish 
qanday o„tkaziladi? 
 


 
4-BOB. ISSIQXONALARDA SABZAVOT KO„CHATLARINI 
MINERAL O„G„ITLAR BILAN OZIQALANTIRISH
 
4.1. Issiqxonalarda ko„chatlarni
mineral oziqlantirish xususiyatlari 
 
Issiqxonalarda ko„chatlarni ildizi orqali oziqlantirish sha
-
roitlari.
Issiqxonalarda har bir metr kvadrat maydon jadal foyda-
laniladi. Bir maydonda 3-4 xil ekin yetishtirish mumkin. Issiqxona 
sabzavotlari ochiq yerda o„sayotganlarga nisbatan 2-10 barabar ko„p 
oziqa moddani oladi va nihoyatda yuqori hosil shakllantiradi. Issiq-
xonada ildiz joylashgan muhit tabiiy holdagidan keskin farq qiladi. 
Ular turli xildagi organik va anorganik aralashmalardan (komponent-
lardan) tuziladi va issiqxona tuprog„i, substratlar deb nomlanadi. 
Issiqxona nav va duragaylari ochiq yer ekinlariga nisbatan jadal 
o„sishi va rivojlanishi jihatidan ajralib turadi, shunday ekan ular 
o„sish sharoitiga ko„proq talabchan bo„ladidar. Ildiz tizimi va yer 
ustki qismini nomutannosib rivojlanishi ularga xos xususiyatdir. 
Kuchsiz rivojlangan ildiz tizimi o„suv davri uzoq davom etadigan 
o„suv davrida baquvvat yer ustki qismi rivojlanishini ta‟minlab 
berishi kerak. 
Issiqxonalarda o„simliklar ildiz joylashgan muhitning kichik 
hajmli bo„lishidan tashqari, shuningdek sug„orish davrida oziqa ele-
mentlarini yuvilib ketishi, tuproq donadorligini yomonlashishi ham-
da mikroflorasini faoliyatini susayishi, o„g„itlarni ortiqcha berish 
natijasida tuproq tarkibida qoldiq (ballast) moddalarni ko„payib uni 
sekin asta sho„rlanishga olib kelishi, nihollarni ildiz orqali oziqlanti-
rishni belgilovchi muhim shartlari hisoblanadi. 
Himoyalangan yerlarda ildiz joylashgan muhit tabiiyga 
nisbatan ma‟lum darajada farq qiladi. Ularni grunt, substrat deb 
atalib turli xildagi organik va noorganik moddalar majmuasidan 
(aralashmasidan) tarkib topadi. Ildiz joylashgan muhit, tabiiy va 
sun‟iy substratlardan tashkil topganligi uchun ular, yuqorida 
qo„yilgan talablarga javob beradi. Issiqxonalarda ildiz joylashadigan 
muhit sifatida tuproq, tuproq aralashmasi va sun‟iy substratlar 


foydalaniladi. Zamonaviy jihozlar o„simliklar ildizlarini inert 
muhitga, to„g„ridan-to„g„ri oziqali eritmalarga, havoga joylashtirib 
o„stirishga imkon yaratadi. 
Issiqxonalarda mineral oziqlantirish tashkil etilayotganda 
o„ziga xos mavjud sharoiti hisobga olinishi kerak. Bu yer tuprog„i, 
juda jadal foydalaniladi, chunki ishlatilish davrida 3-5 ekin yetish-
tiriladi. Ekinlarni tez-tez va to„yintirib sug„orish natijasida tuproq 
tarkibidagi oson eruvchi moddalar yuvilib ketadi. 
Issiqxona tuprog„idan foydalanishni hozirgi davrdagi yo„nalishi 
ularni almashtirmasdan surunkali foydalanishdir. Ammo, bu ikki 
sharoitda: issiqxona tuprog„ini har yili parlab zararsizlantirish (de-
zinfeksiya qilish) va ilmiy asoslangan oziqlantirish tizimini qo„llab 
undan surunkali foydalanish mumkin. Tuproqdan uzluksiz foydala-
nish natijasida u zichlashadi, suv-fizik xususiyatlari yomonlashadi. 
O„g„itlarni ortiqcha berish natijasida tuproq tarkibida qoldiq (ballast) 
moddalar ko„payib uni sekin-asta sho„rlantiraboshlaydi. Zararku-
nanda va kasalliklarga qarshi tuproq sterilizatsiyalanganida tarkibi-
dagi mikroflora o„zgarib, strukturasi yomonlashadi, nam sig„imi pa-
sayib, tuzga to„yinishi ko„payadi. Issiqxona sharoitida o„simliklarni 
kaliy va kalsiyga talabi ortadi. 
Ko„chatlarga mineral moddalar jadal singishiga: yorug„lik, ha-
rorat, havo-ning nisbiy namligi, ildiz joylashgan yerda havo aeratsi-
yasi, tuproq muhiti reak-siyasi, tuproq eritmasi konsentratsiyasi, tup-
roqdagi toksik (zaharli) moddalarning mavjudligi, ildiz tizimini rivo-
jlanganligi va boshqa omillarning ta‟sir etishlarini unutmaslik zarur. 
Bodring uchun ildizi joylashgan muhit harorati 20-25°S, bosh-
qa issiqxona ekinlari uchun esa 17-20°S bo„lishi eng qulay hisobla-
nadi. Pomidor va bodring ildiz tizimi 10-12°S da ishlamaydi va 
o„simlikka oziqa elementlari etib bormaydi. Havoning nisbiy namli-
gi o„simlikka kalsiyni singib kirishiga ta‟sir etadi. Transpiratsiya va 
ildiz tizimi orqali oziq moddalarni o„zlashtirishida o„zaro monalik 
mavjud, ammo bu bog„liqlik bevosita emas.
O„simliklar tomonidan azotni o„zlashtirilishi uchun tuproq mu-
hiti reaksiyasi (pH) 5-6 ni (nitratli uchun – 5 va ammiakli uchun – 
7), 6,25-7 esa fosforni, 6-8,5 kaliy va oltingugurtni, 7-8,5 magniy va 
molibdenni, 4,5-6 temir va marganetsni, 5-7 bor, mis va ruhni o„sim-


liklar yaxshi o„zlashtirishi uchun eng qulay muhit hisoblanadi. pH 
bodring uchun – 6-7, pomidor uchun – 5,5-6,5, piyoz uchun – 6,5-
7,5, salat uchun – 6-7, selderey uchun – 6,5-7, rovoch uchun – 5,5-7, 
porey piyozi uchun – 6-7, gulkaram uchun – 6,4-7, rediska uchun – 
6-7, ismaloq uchun – 6, bargli karam uchun – 6-8, qovoqcha uchun 
esa – 6 teng bo„lishi qulay (optimal) deb qabul qilingan. 
Tuproq aralashmasi tarkibida organik moddalar kam (10-15%) 
bo„lganida tuzlarning yo„l qo„yiladigan konsentratsiyasi 0,35-0,45% 
va ko„p (60-70%) bo„lganida esa – 1,35-1,55% tashkil etadi. Oson 
eruvchi xlor tuzlari sabzavot ekinlari uchun eng xavfli hisoblanadi. 
Bodring uchun tuproq tarkibidagi xlorni zaharli chegarasi 
tuproqni mutlaq quruq vazniga nisbatan 0,003-0,007% ni, karam, 
qovoq va pomidor uchun 0,007-0,02% ni yoki tuproq eritmasida esa 
ko„rsatilgan ekinlar uchun 0,2-0,3% ni 0,3-1,3% ni tashkil qiladi. 
Issiqxonada nordon tuproqlardan, xususan torfli tuproqdan (pH 
4,5-5,5) foydalanganda temir, marganets va harakatchan alyuminiy 
oksidlarini o„simlikka salbiy ta‟sir etishi namoyon bo„ladi. Harakat-
chan shakldagi temir va alyuminiy miqdori 1 kg mineralli tuproqlar 
tarkibida 4 mg va torflilarda esa – 6 mg dan oshmasligi kerak. 
Issiqxonada o„simliklar uchun ayrim boshqa moddalar ham 
ruhsat etilgan quyidagi me‟yorlardan: 1 kg tuproq bor – 1 mg, mis – 
6 mg, kobalt – 6 mg, molibden – 0,5 mg dan oshib ketsa zaharli 
hisoblanadi. Eruvchan ftoridlar va ftorsilikatlar, rodanli alyuminiy, 
vanadiy xlorlar (konsentratsiyasi 1/25000) ham o„simliklar uchun 
zararli hisoblanadi. 
Issiqxonalarda ayrim oziq moddalarning ionlari o„rtasida bu 
moddalarni o„simlikka singishi (kirishi) uchun yordam beruvchi 
(sinergizm) yoki qarshilik (antagonizm) ko„rsatuvchi munosabatlar 
yuzaga keladi. Masalan, kaliy, kalsiy va ayrim mikroelementlarni 
so„rilishiga fosfor, kalsiy va temir qarshilik ko„rsatishi mumkin. 
O„simlik ildiz tizimi qanchalik kuchli rivojlangan bo„lib, u qan-
chalik katta hajmli tuproq aralashmasini egallagan bo„lsa, o„simlik 
shuncha mineral oziq elementlari bilan yaxshi ta‟minlanadi va hosil-
dorligi yuqori bo„ladi. U qalin gumus qatlamli, suv va havo tarti-
botlari yaxshi bo„lgan tuproqlarda yana ham yaxshiroq va bir tekis 


rivojlanadi hamda erning chuqur qismigacha tarqaladi. Shu sababli 
gumus issiqxona tuprog„i tarkibida 10-12 foizni tashkil etishi kerak. 

Download 11,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish