faslida kuzatiladi. Issiqxonada havo harakatini o„rtacha tezligi 0,3-
0,5 m/sek, ayrim vaqtda 1-1,5 m/sek gacha etadi. Havo harakati tez
-
ligi isitish va shamollatish yordamida o„zgartiriladi.
Atmosferada CO
2
zahirasi tirik
organizmlarning nafas olishi,
organik moddalarning parchalanishi, yonilg„ilarni yoqish hisobiga
ko„payib (to„lib) boradi. Issiqxonalarda, biologik usulda isitiladigan-
laridan
tashqari, quyoshli kunlarda havo tarkibidagi CO
2
gazining
miqdori tabiiy miqdordan pasayib ketishi mumkin (0,01% gacha).
Bu xususan gidroponli issiqxonalarda sodir bo„ladi, chunki unda
foydalaniladigan substratlar CO
2
ni o„zidan ajratmaydi.
O„simliklar uchun havo tarkibidagi karbonat angidrid gazi miqdori
yetarli (qoniqarli) hisoblanmaydi. Uni miqdori ko„payib
borishi bilan
o„simliklarni sintez qilish faoliyati kuchayadi. Uni konsentratsiyasi
0,15-0,20% bo„lganda fotosintez jarayoni jadallashadi. Keyinchalik gaz
miqdorini ko„payishi fotosintez jadalligi va nafas olishni sekinlashtiradi.
CO
2
gazi miqdori va harorat ko„tarilsa-yu unga mos keladigan darajada
yorug„lik yetarli bo„lmasa samara bermaydi. CO
2
gazning maqbul
konsentratsiyasi mineral o„g„itlar bilan
oziqlantirish darajasi va
havoning nisbiy namligiga ko„ra o„zgarib turadi. Mineral oziqlan-tirish
me‟yori oshirilganda CO
2
gaziga ham talab ortadi. Havoning nisbiy
nam-ligi 90% bo„lganda, fotosintez XNN 50%
dagiga qaraganda
jadalroq o„tadi. Bu-ning sababi shundaki XNN 50% bo„lganda harorat
va suv tartibotlarini buzilishi barg og„izchalarini ochilish darajasini
kamayishiga olib keladi, bu holat XNN 90% bo„lganda kuzatilmaydi.
Havo tarkibidagi ortiqcha CO
2
bo„lishi zararlidir.
O„simlik uchun tuproq havosi tarkibidagi
karbonat angidrid gazi
ham ma‟lum darajada ahamiyatga ega. Uni zahirasi bu yerda ildizlarning
nafas olishi va organik moddalarni mikroorganizmlar yordamida parcha-
lanishi natijasida ajralib chiqadigan SO
2
hisobiga to„lib (ko„payib) turadi.
Tuproq qatqalog„i va uni zichlashib qolishi tuproq va atmosfera o„rtasida
gaz almashinuvini qiyinlashtiradi. Gazning yomon almashinishi natijasi-
da karbonat angidrid gazi konsentratsiyasi ildizlarga salbiy ta‟sir ko„rsati-
shi mumkin. Tuproqda ortiqcha karbonat angidrid gazining to„planishini
oldi olish uchun uni o„z vaqtida yumshatib turish kerak.
Issiqxonalarda havoni zararli gazlar bilan ifloslanishiga yo„l
qo„ymaslik kerak. Etilen va atsetilen oz konsentratsiyada (0,05 mg/-
m
3
) bo„lsa ham inson uchun zararlidir. Zararli gazlarning havo tar-
kibida yo„l qo„yilishi mumkin bo„lgan konsentratsiyasi (m
3
havoda
mg): oltingugurt ikki oksidi inson uchun – 5, o„simlik uchun – 0,2;
azot dioksidi – 5 va 20; ammiak – 50 va 10; azot – 0,1 va 0,2; for-
maldegid – 5 va 0,7; uglerod dioksidi – 5 va 500.
Do'stlaringiz bilan baham: