S yunusov, Z. Abdiyev


-jadval  Tuproq aralashmalarining hajmiy vazni



Download 11,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/138
Sana28.05.2022
Hajmi11,33 Mb.
#612635
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   138
Bog'liq
issiqxonalarda sabzovot kochatchiligi

19-jadval 
Tuproq aralashmalarining hajmiy vazni 
№ 
Komponentlar nomi 
Massi 1 m
3
, t 
Hajmi 1 t, 
m
3
1. 
Issiqxonaning eski tuproq aralashmasi 
1,0-1,3 
0,8-1,0 
2. 
CHimli sog„ tuproq 
1,2-1,5 
0,67-0,83 
3. 
Dala tuprog„i 
1,2 
0,83 
4. 
Qum 
1,8-2,0 
0,5-0,6 
5. 
Go„ng 
0,8 
1,25 
6. 
Qipiq 
0,15-0,20 
5,0-6,0 
7. 
Daraxt bargi 
0,20-0,30 
3,5-5,0 
8. 
CHirindi 
0,8-0,85 
1,2-1,25 
9. 
Torf 
pastki 
> 0,45 
> 3 
yarim chirigan 
0,35-0,45 
2,2-3,0 
chirigan 
0,80-0,85 
1,2-1,25 
yuqorigi 
0,25-0,30 
3,5-5,0 
Tuproqning zichligi tarkibidagi organik moddalarga bog„liq 
bo„lib, uni miqdori ko„payishi hisobiga zichligi kamayadi. Me‟yo-
ridan ortiq g„ovakli tuproqlarda suvni ko„p yo„qolishiga olib keladi 
va tez-tez sug„orishni talab etadi; zich tuproqlarda esa havoni 
etishmasligi va ildiz tizimi kuchsiz rivojlanishi kuzatiladi. Zichlik 
g„ovaklik va suv xususiyatlari bilan bog„liq bo„lib, bunda nafaqat 
g„ovaklar soni, balki ularning katta-kichikligi (o„lchami) kam 
ahamiyatli, chunki yiriklarini havo, maydalarini esa suv egallaydi. 
Suv sig„imi, havo o„tkazuvchanligi, donadorligi, singdirish xu-
susiyatlari uni tarkibidagi organik moddalarga bog„liq bo„ladi. Am-
mo, organik moddalar miqdorini ko„payishi ma‟lum chegaragacha 
o„simlikka ijobiy ta‟sir etadi, uni miqdorini me‟yoridan ko„payib 
ketishi esa tuproq sifatini yomonlashtiradi. Me‟yoridan juda yuqori 


yutish xususiyati o„g„itlarni ortiqcha sarflanishiga, oziq moddalarni 
ortiqcha to„planishiga va azot tartibotini turg„unsizlikka olib keladi.
Tuproq aralashmasi unumdor, donador, mexanik tarkibi engil, 
havo va suv yaxshi kiradigan, yuqori ijobiy xususiyatlarga, neytral 
reaksiyaga ega bo„lishi va eritma konsentratsiyasi maqbul bo„lishi, 
begona o„tlarning urug„idan, zararkunanda hamda kasalliklardan xoli 
bo„lishi kerak. Tuproq aralashmasi tuzilayotganda o„simliklarni oziq 
moddaga talabi va ildiz tizimi rivojlanish xususiyati hisobga olinadi. 
Tuproq tarkibida organik moddalar 10% gacha bo„lsa – past (kam), 
10-20% bo„lsa – o„rtacha, 20-30% – me‟yorida, 30-40% – ortiqcha, 
40-60% – yuqori, 60% dan ortig„i – juda yuqori hisoblanadi. 
Issiqxonalarda tuproqning zichligi tarkibidagi organik modda-
larga bog„liq bo„lib, uni miqdori ko„payishi hisobiga zichligi kama-
yadi. Me‟yoridan ortiq g„ovakli tuproqlarda suvni ko„p yo„qolishiga 
olib keladi va tez-tez sug„orishni talab etadi; zich tuproqlarda esa 
havoni etishmasligi va ildiz tizimi kuchsiz rivojlanishi kuzatila-di. 
Zichlik g„ovaklik va suv xususiyatlari bilan bog„liq bo„lib, bunda 
nafaqat g„ovaklar soni, balki ularning katta-kichikligi (o„lchami) 
kam ahamiyatli, chunki yiriklarini havo, maydalarini esa suv egal-
laydi. Hajmi vazniga ko„ra tuproqlar: 0,2 g/sm
3
dan kami – juda g„o-
vakli, 0,2-0,4 g/sm
3
– g„ovakli, 0,4-0,6 g/sm
3
– me‟yorida g„ovakli, 
0,6-0,8 g/sm
3
– kuchsiz zichlashgan, 0,8-1,0 g/sm
3
– o„rtacha 
zichlashgan, 1,0-1,2 g/sm
3
– zich, 1,2 g/sm
3
– juda zichlashganlarga 
bo„linadi. Aeratsiya darajasi (hajmiga nisbatan gazsimon fazasi foiz-
da) 10% dan kam bo„lsa – qoniqarsiz, 10-20% – qoniqarli, 20-30% – 
yaxshi, 30-40% – ortiq, 40% dan ko„pi – yuqori bo„ladi. 
Tuproq aralashmasida karbonatlar miqdori 0,3-0,5% bo„lganda 
tuproq muhiti reaksiyasi yoki (pH) nordonligi – 6,3-6,7 teng bo„lishi 
maqsadga muvofiqdir. Muhit reaksiyasida – rN 5,5 dan kam bo„lsa – 
o„rtanordon, 5,5-6,0 – nordon, 6,1-6,2 – kuchsiz nordon, 6,6-6,8 – 
neytralga yaqin, 7,1-7,2 – kuchsiz ishqoriy, 7,2 dan ko„pi esa – 
ishqoriy hisoblanadi. 
Tuproq tarkibida yo„l qo„yiladigan tuzlar miqdori uni tarkibi-
dagi organik moddalarga bog„liq. Tuproq aralashmasi tarkibida 
organik moddalar 10% bo„lgan-ida yo„l qo„yiladigan tuzlar miqdori 
0,35% ni, 15% da – 0,45% ni, 20% da – 0,55%, 30% da – 0,75% 


bo„lishi kerak. Tuproq eritmasi tarkibidagi tuzlar elektr o„tkazuv-
chanligi bo„yicha past – 0,5 dan kam, o„rtacha – 0,5-1,0, me‟yorda – 
1-2, ortiq – 2-3, 3 mSm/sm dan yuqori bo„lishi mumkin. Pomidor, 
karam va ismaloq uchun tuproq aralashmasi tarkibidagi xlorni yo„l 
qo„yiladigan miqdori – 0,02% va boshqa ekinlar uchun esa – 0,01%. 
1 kg tuproq tarkibida o„zlashtiriladigan shakldagi: azota – 40-60, 
fosfora – 120-130, kaliya – 160-240 mg ni tashkil etishi kerak. 
Issiqxonalarda bunday talablarga javob beradigan tuproq ara-
lashmasi turli xil komponentlarga organik va mineral o„g„itlar 
qo„shib tuziladi. Buning uchun chirindi, torf, go„ng, qum, chim va 
dala tuprog„i, issiqxona va parniklarning eski tuproqlaridan foy-
dalaniladi, zaruriyat bo„lsa ularga turli xildagi g„ovaklashtiruvchi 
materiallar ham qo„shiladi. Aralashmaning turlari va tarkibiy qism-
larining nisbati yetishtiriladigan ekin, ekin o„stiriladigan bino turi, 
foydalanish muddati, mavjud komponentlarga bog„liqdir. Unumdor 
(boy) o„rtacha og„irlikdagi aralashmaga qovoqdoshlar, gulkaram va 
rediska, ko„chatlar uchun iloji boricha popuk ildiz tizimini hosil 
qilishiga, ko„chat olinayotganda ildiz qismiga aralashmani ko„proq 
yopishib chiqishiga yordam qiladigan aralashma bo„lishi maqsadga 
muvofiq. Etiltirib va tezlashtirib o„stiriladigan ekinlar tuproqning 
unumdorligi va fizik xususiyatlariga kam talabchan bo„ladilar. 
Turli mintaqalarda issiqxonalarda har xil tuproq aralashma-
laridan foydalanadilar. Ularni tarkibi issiqxonaga yaqin joylashgan 
manbalar bilan bog„liqdir. Torf zahirasi bo„lgan tumanlarda u 
tuproqning asosiy komponenti hisoblanadi. Torf zahirasi bo„lmagan 
viloyatlarda (Rossiya va Ukrainaning janubi, Zakavkaze, O„rta 
Osiyoda) tuproqning yuqori qatlami chirindi, go„ng yoki kompost, 
unga g„ovaklashtiruvchi materiallar yoki sun‟iy struktura hosil qila-
digan materiallar qo„shib tayyorlangan aralashmalardan foydalani-
ladi. O„zbekistonda yangi quriladigan issiqxonalar uchun tuproq ara-
lashmasini tayyorlashda, issiqxona quriladigan yer dala tuprog„iga 
300-400 t/ga somonli go„ng yoki chirindi, hajmiga ko„ra 20-30% 
g„ovaklashtiruvchi materiallardan (qipiq, sholi to„poni, somon, g„o„-
za va kanop chiqindilari) foydalaniladi. G„ovaklashtiruvchi material-
larni ishlatishdan oldin kompostirlanadi. 


O„zbekistonda odatda quyidagi tarkibli: 20% g„ovaklashtiruv-
chi material qo„shilgan, 65% chim yoki dala tuprog„i va 35% chirin-
di; 70% chim yoki dala tuprog„i, 25% chirindi va 5% qum; 60% 
chim tuproq, 35% chirindi va 5% qumdan iborat, bu aralashmalarga 
hajmiga qarab 20% g„ovoklashtiruvchi materiallar qo„shib aralash-
malarning biridan foydalaniladi. Ko„chat yetishtirish uchun chirindi 
(50%), dala tuprog„i (40%) va qipiq yoki sholi to„poni va kesib 
maydalangan somon (10%) lardan tarkib topgan aralashma tay-
yorlanadi. Bunday aralashmalarning 1 m
3
ga 300 g ammiakli selitra, 
400 g qo„shsuperfosfat, 400 g kaliy sulfat, 1,5 kg mis kuporosi, 3 g 
ammoniyli molibden, 0,5 g natriy borat, 2,25 g marganets sulfat va 
0,7 g rux sulfati qo„shiladi. 

Download 11,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish