94-20-guruh talabasi
O’razaliyev Javohirning
Amaliyot ishi
STANOK haqida
Stanok — metall, yogʻoch, tosh, suyak va boshqalarga ishlov berish, gazlama toʻqish uchun moʻljallangan mashina. Vazifasiga koʻra, tokarlik, silliqlash, parmalash, frezerlash va boshqa xillarga bo’linadi. Ishlov berish aniqligiga ko’ra, normal (N), yuqoriroq (P), yuqori (V), juda aniq, (S) va juda yuqori aniq (A) Stanoklarga boʻladi. Ogʻirligi jihatdan 100 kN (10 t) dan ortiq (ogʻir), 100 kN (10 t) gacha (oʻrtacha ogʻir) va 10 kN (1 t) gacha (yengil) xillarga boʻlinadi. Koʻpchilik Stanoklar avtomatik boshqarish tizimlari bilan jihozlanadi.
Tokarlik vint qirqish stanogi
Tokarlik stanogi – ko’ndalang kesimi doiraviy bo’lgan buyumlarga qirindi olish yo’li bilan (yo’nib) ishlov beradigan metall kesish stanogi.Vazifasi qarab universal va maxsus tokarlik stanogiga,ishlov beriladigan materialiga qarab metall , yog’och va boshqa materiallar ishlaydigan tokarlik stanogiga,ishlab chiqarish xarakteri va ish unumdorligiga qarab markaziy , revolver, bir va ko’p shpindelli, ko’p keskichli . karusel , avtomatlar, yarim avtomat va boshqa tokarlik stanogiga bo’linadi. Maxsus tokarlik stanogi ma’lum detallar ,masalan silliq va pog’onali vallar ,prokat valiklar , turli trubalar va boshqa buyumlarga ishlov beradi. Universal tokarlik stanogi tokarlik ishlaridan tashqari turli xil operatsiyalarni bajaradi . Universal tokarlik stanoklar eng ko’p tarqalgani tokarlik –vint qirqish stanoklaridir.
Tokarlik stanogi asosan , stanina 1, oldingi babka 4, keying babka 6 dan iborat.Stanina –stanokning asosiy qismi bo’lib , oldingi va keyingi 3 tumbalarga o’rnatiladi . Staninaga stanokning uzellari joylashtiriladi.
Stanina bir vaqtning o’zida support 7ning bo’ylama salazkalarini va keying babkani stanok o’qi bo’ylab yo’naltiruvchi uchun xizmat qiladi. Oldingi babka staninaga qo’zg’almaydigan qilib mahkamlangan unga stanokning muhim qismi –shpindelli uzel montaj qilingan. Oldingi babkada shpindelga turli tezliklar bera oladigan yuritma (tezliklar qutisi) bor.Shpindel ichi hovol val bo’lib 1 oldingi uchiga patron planshayba o’rnatiladi.Oldingi babka korpusida revers mexanizmi bor, revers mexanizmi esa rezba qirqishda supporting surishlar yo’nalishini o’zgartirish uchun xizmat qiladi. Keyingi babka staninaning o’ng tomoniga o’rnatiladi markazlar orasiga siqib qo’yilgan zagotovkani tutib turish asboblar (parma, zenker, razvertka va boshqalarni) mahkamlash uchun xizmat qiladi va asboblarning surilishini ta’minlaydi.
Support 7 ko’ndalang va bo’ylama salazkalardan iborat bo’lib staninaning yo’naltiruvchilari bo’ylab harakatlanadi. Salazkalar ustiga keskich tutqich o’rnatilgan keskich ko’ndalang va bo’ylama yo’nalishda hamda shpindel o’qiga nisbatan istalgan burchak ostiga dastagi va mexanika siljishiga imkon beradi.
Karetkasirga mahkamlangan. Unda supportni surish mexanizmlari joylashgan. Surish vali 9 dan bo’ylama va ko’ndalang yo’nalishida , surish vinti 10 dan esa rezba qirqishda foydalaniladi . Surish qutisi 11 supportni bo’ylama va ko’ndalang surilish vali yoki surish vintlariga kerakli harakat uzatadi. Tokarlik-vint qirqish stanoklarida tokarlik , yo’nib kengaytirish , parmalash rezba qirqish va boshqa ishlardan tashqari , moslamalar yordamida silliqlash , frezalash va boshqa ishlarni bajarish mumkin .
Tokarlik vint ochuvchi dastgohlari. Maktab ustaxonalarida TB-4, TB-6, TB-7 rusumli tokarlik-vint ochuvchi dastgohlar ishlatiladi. TB-6 rusumli dastgoh , TB-4 rusumli dastgohning mukammallashgan variant bo’lgani uchun biz TB-6 va TB-7 dastgohlarini ko’rib chiqamiz. TB-6 tokar-vint ochuvchi dastgohi asosiy tokarlik operatsiyalarni hamda silindr va konussimon yuzlarni ochish , toreslarni qirqish, umuman qirqish, parmalash va rezba ochish uchun mo’ljallangan. Tokar vint ochuvchi dastgohi TB-6 quyidagi asosiy qismlardan iborat:stanina, oldingi markaz, fartuk, orqa markaz, gitara.
Ish paytida har doim uzatgich qutisida moy kerakli miqdorda bo’lishi shart . Orqa markaz ishlov berilayotgan detalning ikkkinchi tomonini ushlab turish uchun xizmat qiladi. Dastgoh himoylash moslamasi bilan jihozlangan. Supportda ishlovchini strujkadan himoyalovchi ekran o’rnatilgan.
Agar ekran tushirilmagan bo’lsa, unda dastgoh o’chib qoladi, elektroblok orqali. Patron va planshayba elektroblok bilan jihozlangan. Dastgohni yog’lash uchun I-30A moyi ishlatiladi. Moyni tepa qopqoqni ochib quyiladi. Stanina, support, orqa markaz, yuruvchi vint, yuruvchi vint podshibniklari va valiklar qo’l bilan yog’lanadi. TB-7 tokarlik vint ochuvchi dastgohi ikkita tumbaga joylashtirilgan.
Qo’lda surish maxovik yordamida bajariladi. Maxovikning valida tishli g’ildirak reykali shestern 5 ning valchasiga o’rnatilgan tishli g’ildirakka ilashadi . Bu g’ildirak esa staninaga mahkamlangan tishli reyk 7 ga doimiy ilashgan bo’ladi. Mexanik surish yurish valchasi 2 dan sirpanuvchan shpolkaga o’rnatilgan chervyak 9 orqali amalga oshadi. Chervyak g’ildirak 6 ni aylantiradiva harakat kulachok muftasi orqali hamda tishli g’ildirak 4 va 8 orqali reyk shesternyasiga uzatiladi.Mexanik surilishini boshlash uchun dasta 13 ni o’zig tomon burish kerak.Yurish vaqti 11 dan mexanik surish dastasi 12 dan pastga burish bilan bajariladi.Shunda ajraladigan gayka 10 ning ikkala yarmi yurish vintiga birikadi. Rezba ochishda tishli g’ildirakni knopka 3 yordamida reykaga ishlashishdan chiqarish lozim. Xavfsiz ishlash uchun dastgohning barcha harakatlanadigan qismlari g’iloflangan. Keskich tutgich ustidagi ko’tarma ekran 8 va tokarlik patronnining g’ilofi 6 elektroblok bilan jihozlangan. Shuning uchun g’ilof va ekran yopiq holatda turganidagina dastgohni ishga tushirish mumkin. Tezliklar qutichasi silindrsimon tishli uzatmalardan iborat bo’lib , ular ham tasmali uzatmalar singari uzatish soni bilan xarakterlanadi.Shpindelning aylanish chastotasi o’zgartirish uchun tezliklar qutichasida tishli g’ildiraklar bloki mavjud bo’lib , ularni valning bo’ylamasiga ariqchalar yoki shponkalar orqali surish mumkin .Tezliklar qutichasining ishlashini kinematic sxemada ko’rsatilgan. Masalan TB-6 dastgohining tezliklar qutichasidagi val IV ga tishli g’ildiraklarning ikkita bloke o’rnatilgan.
E’ tiboriz uchun rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |