Topshiriqni bajarish tartibi.
Mazkur amaliy mashg„ulot top-
shirig„ini bajarishda toifali jadval asosida mineral o„g„itlarning
sabzavot ko„chatlariga ta‟siri bo„yicha toifalarga ajrating.
Material va jihozlar:
1. Kalkulyator va chizg„ichlar; 2. Himo-
yalangan yer sabzavotchiligi va agrokimyo ma‟lumotli adabiyotlari;
3. Plakatlar.
Uyga vazifa:Toifali jadvalni tuzing.
O„g„itlar
Toifa va xususiyatlari
Azotli
Fosforli
Kaliyli
4.4. Sabzavot ko„chatlari va ekinlarini gidropon
uslubda yetishtirishda oziqlantirish
Gidroponika tarixi va turlari.
Gidropon
uslubda yetish-
tirishda ildiz joylashgan muhit sifatida tuproq o„rnida ishlatiladigan
turli xildagi materiallar xizmat qiladi, o„simliklarni
oziqlantirish
mineral tuzlarning suvdagi eritmasi yordamida amalga oshiriladi.
Gidroponika tushunchasi grekcha
hydor
– suv, nam va
ponos
–
mehnat, ish so„zlaridan kelib chiqqan. O„simliklarni gidroponikaga
qarama-qarshi holda tuproqda yoki erda o„stirishni endi geoponika
(geo – er grekcha so„zdan olingan) deb atalmoqda.
O„simliklarni tuproqsiz, sun‟iy sozlanadigan sharoitda o„stirish,
oddiy issiqxona tuprog„ida o„sitirishga nisbatan afzalligi bor. Bunda
issiqxona
maydoni oqilona foydalaniladi, ildizdan oziqlanishi
sharoiti yaxshilanadi, qulay suv-havo tartiboti sharoti yaratiladi. Bu
uslub himoyalangan yerlarda ishlab chiqarish
jarayonlarini mexani-
zatsiyalash va avtomatlashtirishga katta imkonyatlar ochadi.
O„simliklarni tuproqsiz muhitda o„stirish qishloq xo„jaligi
ishlab chiqarishida o„simliklar oziqlanishini o„rganish natijasida yu-
zaga kelib va u XVII-XIX asrning mashhur fiziolog olimlari nomlari
bilan bog„liqdir. K.A.Timiryazev o„simliklarni tuproqsiz sharoitda
o„stirishni ommalashtirish maqsadida 1896 yil Nijegorod yarmar-
kasida ko„rgazma tashkil etgan.
Gidroponika atamasini Kaliforniya
universiteti professori
U.Gerike kiritgan, sanoatlashgan gidroponika rivojlanishi uni nomi
bilan bog„liqdir. U 1929 yilda suv o„simligi uslubini qo„lladi. U 1 m
2
dan yil mobaynida 60 kg pomidor olishga muvaffaq bo„lgan. Bu
AQSH,
Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya,
Italiya va xususan
Yaponiyada takomillashtirishga asos bo„lib xizmat qildi va 1946 yil
Tokio yaqinida eng katta maydoni 22 gektar bo„lgan gidroponikum
qurilgan edi. MDH mamlakatlarida amalda gidroponikani qo„llashga
V.A.Chesnokov va E.N.Bazirinalarning 1935-1940 yillarda Sankt-
Peterburg universitetida o„tkazgan ishlari yordam berdi. Ular rasmiy
o„g„itlar va texnik tuzlar asosida oziqa eritma-sini ishlab chiqdilar, u
hozirgi davrgacha sanoatlashgan gidropon qurilmalarida qo„llanil-
moqda. 1950-1960 yillar mobaynida ko„pchilik
ilmiy-tadqiqot
institutlari gidroponika usulini takomillashtirish bo„yicha izlanishlar
o„tkazdilar.
Birinchi marta gidroponika uslubini MDH sanoat miqyosida
qo„llash 1959 yilda “Teplichniy” (Moskva shahri) sovxozining qish-
ki angar issiqxonasida amalga oshirilgan. 1970-1980 yillar MDH
mamlakatlarida 120 ga issiqxonalarda gidroponika uslubi qo„lla-
nilgan. O„zbekistonda 70-80 yillarda
Toshkent issiqxona kombina-
tida 4 ga gidropon issiqxonadan foydalanilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: