A’zolar va to‘qimalarning guruh mansubligini aniqlash.
ABO izoserologik
tizimi antigenlari odamning a’zo va to‘qimalarida birinchi marta 1927 yili
topilgan. Keyinchalik guruhli antigenlarni deyarli barcha a’zo va to‘qimalarda
103
borligi aniqlangan. Boshqa tizim antigenlarining topilishi to‘g‘risidagi har xil
tadqiqotchilarning ma’lumotlari qarama-qarshidir. Biroq qonsizlanmagan a’zo va
to‘qimalarning bo‘laklarida ko‘pgina izoserologik va zardob tizimi guruh
faktorlarini aniqlash mumkin.
Hozirgi davrda a’zo va to‘qimalarda asosan ABO tizimi antigenlari
aniqlanadi. Buning uchun miqdoriy absorbtsiya reaksiyasidan foydalaniladi. Biroq
bunda kuchsiz antigenlarni aniqlash imkoniyati bo‘lmagani uchun har doim aniq
natijalarga erishilmadi. Ancha sezuvchan reaksiya absorbtsiya-elyutsiya reaksiyasi
hisoblanadi.
ABO izoserologik sistemasi guruhini mushak, suyak va a’zolarning
bo‘lakchalarida absorbtsiya-elyutsiya usuli bilan α va β izozardoblari, a-H (o‘tli
buzina ekstrakti) yordamida aniqlash.
Tajriba o‘tkazish uchun dastlab
tekshiriluvchi mushak va ma’lum guruhli mushak namunalaridan o‘lchami 0,2x0,2
sm bo‘lgan bo‘lakchalar kesib olinadi. Tekshiriluvchi suyak egov yordamida qipiq
holiga keltirilib, yopishqoq lentaga yopishtiriladi va o‘lchami 0,4x0,4 sm qipiqli
yopishqoq lenta bo‘laklari yoki o‘rtacha o‘lchami 0,2x0,2 sm bo‘lgan alohida
suyak bo‘lakchalari reaksiyaga kiritiladi. Planshet o‘yiqchalari belgilanadi: “ob.№
…, A, B, AB, O”. Tekshiriluvchi ob’ektlar va ma’lum guruhli namunalar
belgilangan tarzda o‘yiqchalarga joylashtirilib, ustiga 1 soat etil spirti (metil va
butil spirti bilan - fiksatsiya vaqti 20 daqiqa) botadigan qilib quyiladi.
Tekshiriluvchi ob’ektlar filtr qog‘ozga chiqarib olinadi va quritiladi.
Agglyutinatsion probirkalar belgilanadi: β izogemagglyutinatsiyalovchi zardob
uchun “ob.№...(β), A(β), B(β), AB(β), O(β)”; α izogemagglyutinatsiyalovchi
zardob uchun “ob.№...(α), A(α), B(α), AB(α), O(α)”; a-H (o‘tli buzina) ekstrakti
uchun “ob.№…(a-H), A(a-H), B(a-H), AB(a-H), O(a-H)”. Har bir fiksatsiyalangan
ob’ektlar 3 qismga bo‘linadi va har bir bo‘lakcha belgilangan tarzda probirkalarga
solinadi. Mushak bo‘lakchalari bo‘lgan barcha probirkalarga 2 tomchidan
fiziologik eritma tomiziladi va termostatga +56
0
C ga 30 daqiqa qo‘yiladi. 30
daqiqadan so‘ng bo‘lakchalar probirkalardan olinib, tegishli tarzda belgilangan
toza probirkalarga o‘tkaziladi. Mushak bo‘lakchalari chiqarilgan fiziologik eritmali
104
probirkalarga: “β” bilan belgilanganga 1 tomchidan Bα(ІІІ) guruhli 1% eritrotsitlar
tomiziladi; “α” bilan belgilanganga 1 tomchidan Aβ(ІІ) guruhli 1% eritrotsitlar
tomiziladi; “a-H” bilan belgilanganga 1 tomchidan Oαβ(І) guruhli 1% eritrotsitlar
tomiziladi. Probirkalar 4 daqiqa 1500 ayl/daq.da tsentrifugalanadi. Silkitiladi. Har
bir probirkadan 1 tomchidan predmet oynasiga o‘tkazilib ustiga qoplovchi oyna
yopiladi
mikroskopda ko‘riladi.
Agglyutinatsiya bo‘lmasligi o‘tkazilgan
fiksatsiyaning yetarli ekanligidan dalolat beradi. “β” bilan belgilangan probirkalar
qatoriga 2 tomchidan titri 1:128 bo‘lgan β izogemagglyutinatsiyalovchi zardobi
tomiziladi. “α” belgilangan probirkalar qatoriga 2 tomchidan titri 1:128 bo‘lgan α
izogemagglyutinatsiyalovchi zardobi tomiziladi. “a-H” bilan belgilangan
probirkalar qatoriga 2 tomchidan titri 1:64 bo‘lgan o‘tli buzina (a-H) ekstrakti
tomiziladi. Probirkali shtativ +4-6
0
C sovutkichga 20-24 soatga absorbtsiya uchun
qo‘yiladi. Zardobli probirkalardan ob’ektlar uchi berk pipetka yordamida filtr
qog‘ozga chiqariladi. Muzli maxsus idishga chuqur o‘yiqchali planshet va
sovutilgan fiziologik eritma quyiladi. Har bir ob’ekt uchun zardobni titriga qarab,
o‘yiqchalarning 3-5 qatori sovutilgan fiziologik eritma bilan
2
/
3
qismi to‘ldirib
chiqiladi. Tekshiriluvchi ob’ektlar ingichka uchli pintset yordamida olinib, 2
daqiqa taymer nazorati ostida birinchi o‘yiqchalar qatoriga joylashtiriladi. 2
daqiqadan so‘ng ob’ekt pintset yordamida ikkinchi o‘yiqchaga o‘tkaziladi. Yuvish
tugagandan so‘ng ob’ektlar toza filtr qog‘ozga olinadi va quritiladi. Toza
probirkalar absorbtsiya uchun belgilangan probirkalar kabi belgilanadi va ularga
pintset bilan quritilgan ob’ektlar solib chiqiladi. Har bir probirkaga 2 tomchidan
fiziologik eritma tomizilib chiqiladi. Probirkali shtativ +56
0
C termostatga 30
daqiqaga qo‘yiladi. Probirkalardagi bo‘lakchalar uchi berk pipetkalar yordamida
filtrli qog‘ozga chiqariladi. “β” belgilangan probirkalarga 1 tomchidan Bα(ІІІ)
guruhli 1% eritrotsitlar tomiziladi, “α” belgilangan probirkalarga 1 tomchidan
Aβ(ІІ) guruhli 1% eritrotsitlar tomiziladi, “a-H” belgilangan probirkalarga 1
tomchidan Oαβ(І) guruhli 1% eritrotsitlar tomiziladi. Probirkalar 1500 ayl/daq 4
daqiqa sentrifuga qilinadi. Silkitiladi. Har bir probirkadan 1 tomchidan predmet
oynasiga o‘tkazilib, uning ustiga qoplovchi oynacha yopiladi va mikroskopda
105
ko‘riladi. Tekshiriluvchi ob’ektlarning probirkalarida agglyutinatsiya kuzatilmasa,
qayta absorbtsiya-elyutsiya reaksiyasi absorbtsiya fazasidan boshlab, o‘tkazilishi
kerak. Absorbtsiya fazasi bir necha marotaba o‘tkaziladi (ketma-ket absorbtsiya):
ob’ektlarning ipchalari 2 soatga zardoblar bilan qo‘yiladi, pipetka yordamida
zardoblar olib tashlanadi, qaytadan zardoblar bilan yana 2 soatga qo‘yiladi. Bir
necha marotaba bu manipulyatsiya o‘tkazilgandan so‘ng, zardobning oxirgi
portsiyasi bilan 20-24 soat davomida to‘liq absorbtsiya reaksiyasi o‘tkaziladi. “β”
bilan belgilangan probirkalar qatorida agglyutinatsiya kuzatilsa B antigeni
aniqlanganidan dalolat beradi, “α” bilan belgilangan probirkalar qatorida
agglyutinatsiya kuzatilsa, A antigeni aniqlanganidan dalolat beradi. “a-H” bilan
belgilangan
probirkalar
qatorida
agglyutinatsiya
kuzatilsa,
H
antigeni
aniqlanganidan dalolat beradi. Barcha o‘tkazilgan manipulyatsiyalardan so‘ng
manfiy natija olinsa, mushak va suyaklarning guruhiy mansubligini haqida
aytishning imkoniyati bo‘lmaydi. Agar ma’lum guruhli mushak, suyak yoki
a’zolarning bo‘lakchalari solingan probirkalarda mos keluvchi eritrotsitlar bilan
agglyutinatsiya kuzatilsa (β va B, AB hamda α va A, AB shuningdek a-H va O
orasida), reaksiya tegishli tarzda o‘tkazilgan va tekshiriluvchi ob’ektlarning
guruhiy mansubligi aniqlangan hisoblanadi.
Chirib o‘zgargan to‘qimalarni guruhlarga aloqadorligini aniqlashda
anchagina qiyinchiliklar tug‘iladi. Bunda antigenlarni kuchsizlanishi yoki
yemirilishi kuzatilib, mikrofloralar tufayli spetsifik bo‘lmagan xavf tug‘iladi. ABH
guruhli antigenlarni gistologik va sitologik preparatlarda, shuningdek hujayra
elementlarini topishda aralash agglyutinin reaksiyasi yaxshi natijalarni ta’minlaydi.
Ajratilgan
hujayralarni
guruhlarga
aloqadorligini
aniqlash
uchun
immunoflyurestsiya usulini qo‘llashga harakat qilinmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |