106
Nazorat savollari
1.
Ashyoviy dalillarda so‘lak, ter va siydik izlari qanday ko‘rinishda
bo‘lishi mumkin?
2.
Hodisa joyida so‘lak, ter va siydik dog‘lari qanday topiladi?
3.
So‘lak, ter va siydik izlari laboratoriya
tekshiruvi uchun qanday
olinadi?
4.
So‘lak dog‘lari sud-tibbiy ekspertizasida qanday masalalar hal etiladi?
5.
Ter dog‘lari sud-tibbiy ekspertizasida qanday masalalar hal etiladi?
6.
Siydik va uning izlari sud-tibbiy ekspertizasida
qanday masalalar hal
etiladi?
7.
Siydik dog‘lari bo‘yicha homiladorlikni va bo‘lib o‘tgan tug‘riqni
aniqlashning qanday usullari mavjud?
8.
Teri va to‘qimalarni
sud-tibbiy ekspertizasida qanday masalalar hal
etiladi?
9.
A’zo va to‘qimalarni
sud-tibbiy ekspertizasida qanday masalalar hal
etiladi?
10.
A’zo va to‘qimalarning turlarga aloqadorligi qanday usullar bilan
aniqlanadi?
11.
A’zo va to‘qimalarni guruhlarga aloqadorligi qanday usullar bilan
aniqlanadi?
12.
Nima uchun jinsiy jinoyatlarda gumondorlardan tekshiruv uchun so‘lak
namunasi olinadi?
13.
So‘lakning muayyan shaxsga tegishli ekanligi qanday aniqlanadi?
14.
So‘lak, ter va boshqa ajralmalarning
borligini aniqlash nimaga
asoslangan?
15.
Murdaning bo‘lingan qismlari aynan bir shaxsga aloqadorligi qanday
tekshiruvlar bilan aniqlanadi?
107
VI. Sud tibbiyoti sitologiyasi
Sud
sitologik
tekshiruvning
umumiy
xususiyatlari.
Sitologik
tekshirishlarning ayrimlari ashyoviy dalillarning sud tibbiyoti ekspertizasi
amaliyotida uzoq davrdan beri qo‘llanilib kelinmoqda.
Qon izlaridan hujayra
elementlari topilganda uni qaerdan kelib chiqqanligini aniqlash masalasini
yechishga to‘g‘ri keladi. Sperma borligi qadim asrlardan beri spermatozoidlar
topilishiga qarab o‘tkaziladi. Ashyoviy dalillar ekspertizasida sitologik tekshiruvni
sistematik qo‘llanilishi nisbatan yaqin davrdagina
hujayra yadrosidagi jinsiy
xromatinga qarab ularni jinsiy aloqadorligini aniqlash imkoniyati yaratildi.
Shuning uchun ham sitologik usulni sud tibbiyotidagi o‘rni yanada oshdi.
Sud sitologik tekshirishda yechiladigan savollar:
- dog‘dagi qonni jinsiy aloqadorligini aniqlash;
- dog‘da, asosan papiros va sigaret qoldiqlari, pochta konvertlari va
markalarida so‘lakni aniqlash;
- uzilgan sochni ildizi qin hujayra elementlarini topish;
- murdani bo‘laklangan a’zo va to‘qimalarini mayda bo‘lakchalari
hamda
a’zo va to‘qima zarrachalarini tekshirish;
- jarohat yetkazgan asboblardagi hujayra elementlarini topish;
- har xil predmetlarda, ayniqsa, jarohatlovchi asboblarda hayvonlarga
aloqador hujayra elementlari yoki aniq a’zo va to‘qimalarni zarrachalarini topish;
- jinsiy jinoyatga shubha to‘g‘diruvchi shaxslar
kiyimida sperma va qon
dog‘larida qin hujayralarining borligi, shuningdek shubhalanuvchi shaxslarning
jinsiy a’zolari va tirnog‘ining tagidan tamg‘alar olish orqali aniqlash;
- dog‘da sperma mavjudligini aniqlash uchun spermatozoidlarni topish.
Tuqqan ayol kasalxonaga ajralmagan yo‘ldosh
bilan kelganda chaqaloqni
jinsini aniqlash uchun yo‘ldosh so‘rg‘ichlari va anomal jinsiy rivojlanishga ega
bo‘lgan shaxsning og‘zini shilliq pardasi hujayralari genetik jinsini aniqlashda sud
sitologik tekshiruvning ob’ektlari bo‘lishi mumkin.
Odatda ashyoviy dalillarda sitologik tekishruv usuli sud-biologik
ekspertizasidan keyin o‘tkaziladi. Biroq, asboblardagi
mikrozarrachalar ekspert-
108
tsitolog tomonidan olingach, sitologik va serologik usullarida tekshirish uchun
oqilona taqsimlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: