Ii asosiy qism



Download 0,58 Mb.
Sana25.11.2019
Hajmi0,58 Mb.
#26969
Bog'liq
1403329456 44506

Qon. Yurak-tomir va nafas olish tizimi
REJA:

I KIRISH

II ASOSIY QISM
1.Qon.

2.Qon aylanish tizimining ahamiyati.

3.Yurakning tuzilisi.

4.Yurakning ishlashi.

5.Katta va kichik qon aylanish doiralari.

6.Limfa aylanishi.

III XULOSA

IV FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH
Qon. Qon organizm ichki muhitining tarkibiy qismi hisoblanadi. Organizmning ichki muhitiga hujayra ichidagi va hujayra tashqarisidagi suyuqliklar kiradi. Hujayra tashqarisidagi suyuqlik o`z navbatida hujayralararo (hujayra orasidagi) va tomirlar ichidagi (qon va limfa) suyuqliklariga bo`linadi.

Qonning funksiyalari. Qon organizmda muhim funksiyalarni bajaradi.Me`da-ichaklarda hazm bo`lgan oziq moddalar qon va limfa tomirlariga so`rilib, qon orqali hujayralarga yetkaziladi. Moddalar almashinuvi natijasida hosil bo`lgan qoldiq moddalarni qon ayirish a`zolariga yetkizadi. Qon o`pkadan kislorodni qabul qilib, hujayralarga olib boradi. Bular qonning tashuvchilik funksiyasidir. Endokrin bezlardan ajralgan gormonlar qon orqali to`qima va a`zolarga yetkazilib, qon organizmda gumoral boshqarilishni ta`minlaydi.Qon tarkibidagi leykotsitlar, antitelalar mikroblarni yutish, parchalash va eritish xususiyatiga ega.Bu qonning himoya funksiyasidir. Shuningdek, qon tana haroratining nisbiy doimiyligini ta`minlashda ishtirok etadi.

Qonning tarkibi. Qon ikki qismdan iborat: 1. Qon plazmasi. 2. Qonning shaklli elementlari.

Qon plazmasining 90-92 % ini suv, 7-8 % ini oqsil, 0,8 % ini yog`lar, 0,1 % ini uglevodlar (glyukoza), 0,9 % ini mineral moddalar (tuzlar) tashkil etadi.

Qonning shaklli elementlariga eritrotsitlar, leykotsitlar va trombotsitlar kiradi.

1 mmі qonda 4–6 mln. dona eritrotsitlar bo`lib organizmni kislorod bilan ta`minlash vazifasini bajaradi. Eritrotsitlarning soni va ular tarkibidagi gemoglobin miqdorining kamayishi kamqonlik (anemiya) kasalligi deyiladi.



1 mmі qonda 6-8 ming dona leykotsitlar bo`lib, ularning asosiy vazifasi yuqumli kasalliklarni qo`zg`atuvchi mikrob va viruslardan organizmni himoya qilishdir.

1 mmі qonda 300-400 ming dona trombotsitlar bo`lib, odam tanasi jarohatlanganda qonning ivishini ta`minlab, qon oqishini to`xtatishda muhim ahamiyatga ega.

Qon guruhi. Qonning eritrotsitlari tarkibidagi agglyutinogen A va B, plazmasi tarkibidagi agglyutinin α va β moddalar bo`lishiga qarab, odamlar qoni to`rt guruhga bo`linadi:


Qon guruhi

Agglyutinogenlar

Agglyutininlar

I

O

α β

II

A

β

III

B

α

IV

AB

O

Izoh:


I-guruh qonni - hamma qon guruhidagi odamlarga quyish mumkin.

II-guruh qonni – o`ziga va IV-guruhga quyish mumkin.

III-guruh qonni - o`ziga va IV-guruhga quyish mumkin.

IV-guruh qonni – faqat IV guruhga quyish mumkin. O`zi esa hamma (I-II-III va IV) guruhlar qonini qabul qiladi.


Yurak-tomir tizimining tuzilishi va funksiyasi. Yurak, arteriyalar, kapillyarlar, venalar qon aylanish tizimini tashkil etib, odam organizmida qonning to`xtovsiz harakatlanishini ta`minlaydi.

Yurakning nerv-gumoral yo`l bilan boshqarilib, avtomatik qisqarib va kengayib to`xtovsiz harakatlanishi natijasida, yurakning chap qorinchasidan aorta tomiriga quyilgan arteriya qoni, arteriya va mayda kapillyar tomirlari orqali tananing barcha to`qima, hujayralariga boradi va undagi oziq moddalar, kislorod, gormonlar hujayralarga o`tadi. Hujayralarda moddalar almashinuvi natijasida hosil bo`lgan karbonat angidrid va boshqa qoldiq moddalar qonga (vena tomirlariga) o`tib, jigar, buyrak, o`pkalarda tozalanib, arteriya qoniga aylanadi.

Yurakning joylashuvi. Yurak ko`krak bo`shlig`ida joylashgan.Yurakning 2/3 qismi ko`krak qafasining chap tomonida, 1/3 qismi ko`krak qafasining o`ng tomonida joylashgan.

Yurak massasi erkaklarda 220- 300 gramm, ayollarda 180-220 gramm.

Yurakning tuzilishi. Yurak devori uch qavat: ichki-endokard, o`rta-muskul (miokard), tashqi (perikard) dan iborat. Perikard ikki qavat bo`lib, ichki qavati yurak muskuliga yopishib turadi, uni epikard deyiladi.

Yurak 4 kameradan tashkil topgan: o`ng va chap bo`lmachalar, o`ng va chap qorinchalar.

Yurakda 4 ta klapan (qopqoq) bo`lib, chap bo`lmacha va chap qorincha o`rtasida ikki tabaqali, o`ng bo`lmacha bilan, o`ng qorincha o`rtasida uch tabaqali, chap qorincha bilan aorta o`rtasida hamda o`ng qorincha bilan o`pka arteriyasi o`rtasida yarimoysimon klapanlar bo`ladi. Klapanlarning vazifasi qonni faqat bir tomonga (yuqoridan pastga) harakatini ta`minlashdan iborat.

Yurakdan chiquvchi qon tomir, unda qanday qon oqayotganligidan qat`iy nazar, arteriya deyiladi. Yurakning chap qorinchasidan yarim oysimon klapan orqali arteriya qoni aortaga (eng katta arteriyaga) quyilib, kislorodga to`yingan qon katta-kichik arteriya va kapillyar tomirlari orqali tananing hamma hujayralariga boradi. Yurakning o`ng qorinchasidan yarimoysimon klapan orqali vena qoni o`pka arteriyasiga chiqariladi. Ya`ni bu o`pka arteriyasi deyilsa ham, unda vena qoni oqadi. Bu vena qoni o`pkaga borib, o`zidagi karbonat angidridni o`pkaga o`tkazadi va kislorodni qabul qilib, arteriya qoniga aylanadi.



Yurakka qon olib keluvchi qon tomir, unda qanday qon oqayotganligidan qat`iy nazar, vena deyiladi. Pastki va yuqori kovak venalardan vena qoni yurakning o`ng bo`lmachasiga quyiladi. Bu haqiqatda ham vena qoni. Ammo, o`pkadan kislorodni qabul qilib, vena qonidan arteriya qoniga aylangan qon, o`pka venasi nomi bilan, yurakning chap bo`lmachasiga quyiladi. Bu qon chap bo`lmachadan chap qorinchaga o`tib, arteriya qoni sifatida aortaga quyiladi va katta-kichik arteriya tomirlari hamda mayda kapillyar orqali to`qima-hujayralarda boradi.


Yurakning funksiyasi. Yurak qon aylanish tizimida asosiy (markaziy) a`zo hisoblanadi. Yurakning bo`lmacha va qorinchalar muskullarining ritmik ravishda qisqarishi (sistola) va kengayishi (diastola) natijasida, qon tomirlar bo`ylab organizmda aylanadi (harakatlanadi).Yurak bo`lmachalari va qorinchalarining bir marta qisqarib-kengayishi yurakning bir ish sikli deyiladi. Tinch holatda katta odamning yuragi 1 minutda 70-72 marta qisqaradi va kengayadi. Chaqaloqda esa bu ko`rsatgich 140 marta bo`ladi. Yurakning bir marta qisqarib-kengayishi bir marta yurak urishi (tomir urishi) ni hosil qiladi.

Yurakning bir ish sikliga 0,8 sekund sarflanadi. Jumladan, o`ng va chap bo`lmachalarning ikkalasi bir vaqtda 0,1 sekund davomida qisqaradi va qon o`ng va chap qorinchaga o`tadi. So`ngra, bo`lmachalar 0,7 sekund davomida kengayadi.Bu vaqtda qorinchalar 0,3 sekund davomida qisqaradi va qon aorta va o`pka arteriyasiga chiqariladi. So`ngra, ular 0,5 sekund davomida kengayadi. Jismoniy mehnat va sport mashqlarini bajarganda yurak sikli (yurak urishi) bir minutda 100-180 martagacha va bundan ham ko`payishi mumkin. Bunda yurakning bo`lmacha va qorinchalarining qisqarishiga va kengayib dam olishiga sarflanadigan vaqt kamayadi. Shu boisdan ham, bunday katta tezlik bilan bajariladigan harakatlarni juda chiniqqan odam ham uzoq davom ettiraolmaydi, ya`ni u ma`lum vaqtdan keyin charchaydi.

Katta va kichik qon aylanish doiralari. Arteriya qonining yurakni chap qorinchasidan aorta tomiriga o`tib, katta va kichik arteriyalar, kapillyarlar orqali to`qima-hujayralarga borishi, ularga kislorodni, oziq moddalarni berib, karbonat angidridni va qoldiq moddalarni qabul qilib, vena qoniga aylanib, vena tomirlari orqali, yuqori va pastki kovak venalar nomi bilan, yurakning o`ng bo`lmachasiga quyilishi, katta qon aylanish doirasi hisoblanadi.

Yurakning o`ng bo`lmachasiga va undan o`ng qorinchaga o`tgan vena qonining, yurak o`ng qorinchasidan o`pka arteriyasiga o`tib, o`pkaga borib, karbonat angidridni o`pkalarga berib, o`pkada kislorodga to`yinib, arteriya qoniga aylanib, o`pka venasi nomi bilan yurakning chap bo`lmachasiga quyilishi, kichik qon aylanish doirasi hisoblanadi.



Limfa aylanishi. Odam organizmida qon tomirlari bilan birgalikda limfa tomirlari ham mavjud bo`lib, ular bo`ylab limfa suyuqligi oqadi. Limfa tizimi limfa kapillyarlari, mayda, o`rtacha, yirik limfa tomirlari va limfa tugunlaridan iborat.


Limfa aylanishining qon aylanishidan farqi shundaki, limfa tomirlari va ulardagi limfa suyuqligi yurakdan hujayra va to`qimalarga bormaydi, balki ulardan boshlanadi. Chunonchi, mayda qon tomirlari, ya`ni kapillyarlardan hujayra-to`qimalarga o`tgan qonning suyuq qismi, ya`ni suv va unda erigan moddalarning bir qismi hujayra-to`qimalardan limfa kapillyarlariga o`tadi. Limfa kapillyarlari bir-biriga qo`shilib, mayda, o`rtacha va yirik limfa tomirlarini hosil qiladi.

Oyoqlar, qorin bo`shlig`i a`zolari, ko`krak qafasining chap tomoni, bo`yin va boshning chap tomoni, hamda chap qo`ldan yig`ilgan limfa tomirlari birlashib, yirik ko`krak limfa tomirini hosil qiladi va u chap o`mrov osti vena tomiriga quyiladi. Bosh, bo`yin, ko`krak qafasining o`ng tomonidan va o`ng qo`ldan yig`ilgan limfa tomirlari birlashib, yirik o`ng limfa tomirini hosil qiladi va u o`ng o`mrov osti vena tomiriga quyiladi. Chap va o`ng o`mrov osti venalari yuqori kovak venaga quyiladi, u esa yurakning o`ng bo`lmachasiga quyiladi.

Limfa tomirlari o`z yo`lida tananing turli qismlarida joylashgan limfa tugunlari orqali o`tadi. Limfa suyuqligidagi mikroblar va organizmga yot moddalar limfa tugunlarida ushlab qolinadi va zararsizlantiriladi. Limfa tugunlarida limfotsitlar ishlab chiqariladi. Limfotsitlar organizmga kirgan mikroblarni parchalab, odamni yuqumli kasalliklardan himoya qilish vazifasini o`taydi. Limfa tugunlari deyarli hamma ichki a`zolarning darvoza qismida joylashgan. Bundan tashqari, ular boshning ensa qismida, bo`yinda, jag` ostida, qo`ltiq ostida, qovuq sohasida va boshqa joylarda bo`ladi. Odam tanasida 460 taga yaqin limfa tugunlari bor. Ular organizmni himoyalash funksiyasini bajaradi. Limfa tugunlarida ishlab chiqarilgan limfotsitlar limfa tomirlariga o`tadi, ulardan esa limfa suyuqligi tarkibida qonga o`tib, qonning shaklli elementi sifatida organizmni himoya qilish vazifasini bajaradi.

Limfa tugunlari odamning har xil kasalliklarida o`zgaradi va ularning o`zgarishi kechayotgan kasallikni aniqlash uchun muhim belgi hisoblanadi. Masalan, tomoq, tish og`riganda ulardagi mikroblar limfa suyuqligiga o`tib, limfa tomirlari orqali jag` osti va bo`yindagi limfa tugunlariga borib, ularni yallig`lantiradi. Buning natijasida bezlar kattalashadi va og`riydi.

Nafas olish a`zolarining tuzilishi.

Nafas olishning ahamiyati. Odam va har bir boshqa tirik organizm tashqi muhitdan kislorod qabul qilib, karbonat angidrid gazini chiqarib turishi nafas olish dеb ataladi. Nafas olish har bir tirik organizmming hayoti uchun eng zarur fiziologik jarayon hisoblanadi.



Nafas olish jarayoni quyidagi qismlardan iborat: 1.O`pka alvеolalar va tashqi muhit o`rtasida kislorod va karbonat angidrid almashinuvi (tashqi nafas olish). 2.O`pka alvеolalari va o`pkaning kapillyar qon tomirlari o`rtasida kislorod va karbonat angidrid almashinuvi. 3. Qon va to`qimalar o`rtasida kislorod va karbonat angidrid almashinuvi (ichki nafas olish). Nafas olish orqali tashqi muhitdan qabul qilingan kislorod ishtirokida hujayra va to`qimalarda oqsil, yog` va uglеvodlar oksidlanib, enеrgiya hosil qiladi. Hujayra va to`qimalardagi barcha hayotiy jarayonlar (qo`zg`alish, harakatlanish, ko`payish) ana shu enеrgiya hisobiga amalga oshadi. Bu hayotiy jarayonlar natijasida hosil bo`lgan karbonat angidrid gazi hujayra va to`qimalardan qonga o`tib, o`pkalar orqali tashqi muhitga chiqariladi.

Nafas olish a`zolarining tuzilishi. Nafas olish a`zolariga: burun bo`shlig`i, burun halqum, hiqildoq, traxеya, bronxlar, o`pkalar va plеvra pardalari kiradi.

Burun bo`shlig`i. Burun bo`shlig`i yuqori, pastki va ikkita yon dеvordan tashkil topgan. Burun bo`shlig`i o`rtasidan tog`ay to`siq bilan ikkiga bo`lingan. Uning ichki yuzasi shilimshnq parda bilan qoplangan. Bu pardada juda ko`p mayda bеzchalar bo`lib, ulardan shilimshiq suyuqlik ajraladi. Shilliq parda mayda qon tomirlari va nеrv tolalariga boy. Burun bo`shlig`ining oldingi qismida mayda tukchalar bo`ladi. Ular nafas olinadigan havo tarkibidagi chang zarrachalarini tutib qolib, organizmni himoya qilish vazifasini bajaradi. Nafas olganda tashqi muhitdan kirgan havo burun bo`shlig`i orqali o`tganda iliydi, namlanadi va chang zarrachalaridan tozalanadi. Shundan kеyin bu havo halqum orqali hiqildoqqa o`tadi.

Hiqildoq IV - VI bo`yin umurtqalari ro`parasada joylashgan. U old tomondan til osti suyagi muskullari va tеri, yon tomondan qon tomirlari va nеrv tolalari hamda qalqonsimon bеz bilan chеgaralangan. Hiqildoq havo o`tkazuvchi nafas yo`li vazifasini bajarishdan tashqari, tovush hosil qiladigan ovoz apparati hamdir. Uning ichki qavati tukli shilimshiq pardadan iborat, dеvori esa tog`ay va muskullardan tashkil topgan. Ichki qavatning o`rtasida tovush boylamlari va muskullari joylashgan bo`lib, ularning harakati, qisqarishi va bo`shashishi natijasida ovoz tеshiklari ochilishi yoki yopilishi orqali tovush hosil bo`ladi. Hiqildoq uzuksimon, qalqonsimon, hiqildoq usti kabi uchta yirik tog`aydan va uch juft mayda tog`aydan tashkil topgan. Hiqildoqda uch guruh muskullar bo`lib, ularning bir guruhi tovush tеshigani kеngaytiradi, ikkinchi guruhi toraytiradi, uchinchi guruhi tovush boylamlarini taranglashtiradi. Hiqildoqdan havo uning pastki qismiga tutashgan nafas yo`li kekirdakka, ya`ni traxеyaga o`tadi.

Kеkirdak (traxеya) va bronxlar. Traxеya hiqildoqning pastki qismidan, ya`ni VI-VII bo`yin umurtqalari ro`parasidan boshlanib, V ko`krak umurtqasi ro`parasigacha davom etadi va shu joyda o`ng va chap bronxlarga bo`linadi. Uning uzunligi odamming bo`yiga qarab, 9-13 sm gacha yеtadi. Traxеyaning dеvori 16-20 ta yarim aylanasimon tog`aylar va paylardan orqa qismi esa silliq muskullardan iborat. Traxеyaning ichki qavati tuksimon shilliq pardadan tashkil topgan bo`lib, unda mayda bеzchalar joylashgan. Ulardan ajralgan suyuqlik havoni namlab o`tkazadi. Tuksimon silliq parda esa havodagi chang zarrachalarini ushlab qolib, tashqariga chiqarib yuboradi. Bronxlar V-ko`krak umurtqasi ro`parasida traxеyaning ikkiga (o`ng va chap bronxlarga) bo`linishidan hosil bo`ladn. Bronxlar o`pka to`qimasiga kirib, xuddi daraxt shohiga o`xshab, juda ko`p mayda bronxchalarga tarmoqlanadi va bora-bora alvеola pufakchalarini hosil qiladi. Traxеya va bronxlar nafas yo`li hisoblanib, ular havoni ilitib, namlab, mayda chang zarrachalaridan tozalab, o`pka alvеolalariga o`tkazadi.

O`pkalar. O`pka bir juft bo`lib (o`ng va chap o`pka), konussimon tuzilgan. Ular ko`krak qafasining ikki tomonida joylashgan. O`ng va chap o`pkaning o`rtasida traxеya, qizilo`ngach, qon tomirlari, ayrisimon bеz, nеrv tolalari, limfa tomirlari va tugunlari hamda yurak joylashgan. O`ng o`pka chap o`pkadan kattaroq bo`lib, u yuqorigi, o`rta va pastki bo`lakdan, chap o`pka esa yuqorigi va pastki bo`lakdan tashkil topgan. O`pkalar pastki tomonda diafragma, orqa tomondan umurtqa pog`onasi, oldingi tomondan to`sh suyagi va atrof tomondan qovurg`alar bilan chеgaralangan. O`pka to`qimasi daraxtsimon shakldagi o`rtacha, mayda va eng mayda bronxchalardan hamda pufakchasimon alvеolalardan tashkil topgan.

O`pka to`qimasi bronxlar va alvеolalardan tashkil topganligi tufayli, u g`ovaksimon tuzilgan bo`ladi. O`pkaning nafas olish va chiqarish funksiyasini asosan alvеolalar bajaradi. Ularning dеvori bir qavatli epitеliy to`qimasidan iborat bo`lib, atrofi mayda qon tomirlari - kapillyarlar bilan to`rsimon shaklda o`ralgan. Alvеolalarning soni ikkala o`pkada 750 mln atrofida bo`ladi. Alvеolalarning umumiy sathi 100 mm ni tashkil qiladi. Ular yuzasining bunday katta sathga ega bo`lishi o`pka bilan tashqi muhit o`rtasida hamda alvеolalar bilan qon o`rtasida gazlar almashinuvi tеzlashuvini ta`minlaydi.

Plеvra pardasi. O`pkalar tashqi tomondan plеvra pardasi bilan o`ralgan. U ikki qavatdan (ichki va tashqi) iborat bo`lib, ular orasida plеvra bo`shlig`i hosil bo`ladi. Plеvra bo`shlig`i ichidagi bosim atmosfеra bosimiga nisbatan kam, ya`ni manfiy bo`ladi. Bu esa nafas olgan paytda o`pka go`qimasining kеngayishiga va undagi alvеolalarga havo kirishiga, nafas chiqarganda esa torayib, alvеolalardagi havoni qisib chiqarishga imkon bеradi. O`pkalar katta qon aylanish doirasidan kеlgan bronxial artеriya tomiri orqali oziqlanadi. Kichik son aylanish doirasining tomirlari, ya`ni o`pka artеriyalari va o`pka vеnalari o`pka to`qimasini oziqlantirishda ishtirok etmaydi. Bu tomirlardagi qon o`pka alvеolalariga o`zidagi karbonat angidridni bеrib ulardan kislorod qabul qiladi, ya`ni vеnozdan artеrial qonga aylanadi.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

  1. Bemorlarni uyda va shifoxonada parvarish qilish. F.G`. Nazirov. Toshkent-2003.

  2. Odam anatomiyasi. E.Qodirov. Toshkent-2003.

  3. Anatomiya. A.S.Gusev. Moskva-1970.

  4. Hamshiralik ishi asoslari. Q.Inomov. Toshkent-2007.

  5. Xirurgiya. A.J.Hamrayev. Toshkent-2002.

  6. Xirurgiya va reanimatsiya asoslari. A.J. Hamrayev. Toshkent-2002.

  7. Bolalar kasalliklari. A.N.Buraya. Toshkent-1988.

  8. Sog`lom va kasal bola parvarishi. A.N.Buraya. Toshkent-1988.

  9. Klinikagacha bo`lgan xirurgiya. R.M.Axmedov. Toshkent-2001.

Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish