7- amaliy mashg‘ulot Mavzu: Harflarni pastki qismidan tutashtirish. Harflarni yuqori qismidan tutashtirish. Tutashtiruvchi unsuri bor harflar guruhi ustida mashq bajarish. Tutashtiruvchi unsuri yo‘q harflar guruhi ustida mashq Maqsad



Download 139,52 Kb.
Sana22.04.2022
Hajmi139,52 Kb.
#574494
Bog'liq
Amaliy mashgulot-7


7- amaliy mashg‘ulot
Mavzu: Harflarni pastki qismidan tutashtirish. Harflarni yuqori qismidan tutashtirish. Tutashtiruvchi unsuri bor harflar guruhi ustida mashq bajarish. Tutashtiruvchi unsuri yo‘q harflar guruhi ustida mashq


Maqsad: Ustki va pastki qismidan tutashtiriladigan harflar qoidalari bilan tanishtirish va ularni to’g’ri yozish malakalarini rivojlantirish.
Ustki qismidan tutashtiriladigan harflar: о o‘, v.
Pastki qismidan tutashtiriladigan harflar: a,i, e, u,n,m,l,r,h,ch, sh,

Topshiriq: 2 chiziqli daftarga pastki va ustki qismidan tutashtiriladigan harflar guruhi yozilishini mashq qiling. Bu borada olib boriladidan ishlar metodikasini ishlab chiqing va platformaga joylashtiring.

Harflarni pastki qismidan tutashtirish qoidalari bilan tanishtirish. Tutashtiruvch unsuri bor harflar guruhi ustida mashq bajarish. Tutashtiruvch unsuri yo`q harflar guruhi ustida mashq bajarish Maqsad: Tutashtiruvch unsuri bor harflar guruhi ustida mashq bajarish. Tutashtiruvch unsuri yo`q harflar guruhi ustida mashq bajarish. Matn yozish.
Topshiriq: bosh va kichik harflar ishtirokida matn yozish. Tarjimayi hol yozish.


Eslatma: O`quvchilarni yozuvga o`rgatishning muvaffaqiyatli natijasi bir qancha vositalarga bog`liq bo`lib, ularni shartli ravishda 2 turga ajratish mumkin:


  1. Texnik shartlar


  2. Ta'limiy shartlar




Texnik shartlarga quyidagilar kiradi:


  • Sinf jihozlarning ketma-ketligi.


  • Sinf xonasining talab darajasida yoritilishi.


  • Partada o`quvchining to`g`ri o`tirishi.


  • Ruchkani to`g`ri ushlashi.


  • Daftarni 65% qiyalikda ushlash.


  • Daftar chiziqlarining aniq va ko`z tashlanib turishi.


  • Ushbu shartlar bir-biriga o`zaro bog`liq holda to`g`ri yo`lga qo`yilsa, chiroyli yozuvga o`rgatishning texnikaviy shartlari bajariladi.




Ta'limiy shartlar o`quvchilarning faoliyati bilan bog`liq bo`lgan shartlar majmuasidir.
Harflarning qo'shib yozilishini ta'minlash uchun ayrim chiziqlar o'z harakati bo'yicha orqaga qaytadi, bu narsa, ayniqsa, cho'zinchoq doira shaklidagi harflarda ko'proq uchraydi. Masalan: ta, non, lo kabi bo'g'inlarda.


Bunday qo'shib yozishni ayrim bosh harflarda ham uchratish mumkin. Masalan, bosh K harfining yozilishini ko'raylik:

Ko'pchilik bosh harf lar kichik harflar bilan qo'l harakatini uzmay, ulab yoziladi.


O'quvchilarga harflarni bir-biriga ulab yozish qoidalarini namuna sifatida quyidagi tartibda tushuntirish mumkin:
- Bolalar, qarang, men kichik "m" harfini kichik "o" harfiga qo'shib yozishni ko'rsataman. Siz mening qo'l harakatimga qarab turing.
- Kichik "g" harfining ikkinchi elementini yuqoriga olib chiqib, salgina pastga burib, yana orqaga qaytamiz va kichik "o" harfini hosil qilamiz.
- Qani, bolalar, kim ko'rsatadi, bu ikkala harfni men qanday qilib qo'shib yozdim?
Bir o'quvchi doskaga chiqib, o'qituvchi yozgan harflar ustidan qo`lini yurgizib ko'rsatadi, qolgan o'quvchilar esa diqqat bilan qarab turadilar.
- Qani endi, bolalar, bu harflarning qo'shilishi harakatini havoda hammamiz birga qaytaramiz. Hammangiz ruchkangizni oling. Boshladik (o'qituvchining o'zi ham birga qaytaradi).
O`quvchilar doskadagi "o" va "g" harflarining yozilishiga qarab, havoda harakat bajaradilar.
- Endi bolalar, bu harflarni daftaringizga ko'chirib yozing. Bir qator ko'chirib yozganingizdan so'ng o'zingizni tekshirib ko'ring. Agar yozayotganingizda qo'l harakati uzilmagan bo`lsa, demak, to'g'ri yozyapsiz.
- Endi shu ikki harfni qo'shib bir necha qator yozamiz.
O'qituvchi sinfni aylanib chiqib, noto'g'ri yozayotgan o`quvchilarga yordam berishi lozim. Boshqa harf va so'zlarni qo`shib yozishda ham shunday yo'l bilan tushuntirish zarur.
Birinchi sinfda o'quv yilining II yarmidan boshlab o'quvchilar 4-5 harfdan tashkil topgan so'zlarni qo'l harakatini uzmasdan yoza oladilar.Ikkinchi sinfdan boshlab esa har qanday murakkab so'zlarni hum bog'lab yozishlari lozim. Ammo ayrim harflar esa qo'lni uzib yozishni talab etadi.
Download 139,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish