Резервная копия Монография Адилбекова cdr


Ekspertiza ob’ektini a’zo-to‘qnmalarga aloqadorligini aniqlash



Download 1,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/71
Sana11.04.2023
Hajmi1,2 Mb.
#927263
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   71
Bog'liq
F.N.Lochinov, I.I.Baxriyev

Ekspertiza ob’ektini a’zo-to‘qnmalarga aloqadorligini aniqlash.
Bunday 
tekshiruv o‘tkazish zarurligi jarohatlovchi asbob va boshqa predmetlarda a’zo 
hamda to‘qimalarni zarrachalari borligini aniqlashda tergov idoralari sud sitologik 
ekspertiza oldiga qator vazifalarni qo‘yadi. Bunday hollarda, avvalo, zarrachalarni 
tabiati, ya’ni ular hayvon (odam) organizmidanmi yoki qandaydir o‘simliqdanmi 
yoki biologik xarakterga ega emasligini aniqlashga to‘g‘ri keladi. Zarrachalar 
predmetdan stereomikroskop yordamida ajratiladi va keyin ulardan preparatlar 
tayyorlanadi. Sitologik tekshiruv biologik zarrachalarning hujayra tuzilishini 
osongina aniqlaydi va uni hayvon yoki o‘simlikdan kelib chiqqanligini solishtirish 
imkoniyatini beradi. Agar zarrachani hayvonga aloqadorligi noma’lum bo‘lsa, 
bunda serologik usul (pretsipitatsiya reaksiyasi) dan foydalaniladi. 
Tekshiruv ob’ekti ancha katta bo‘lganda, uni a’zo yoki to‘qimalarga 
aloqadorligi gistologik tekshiruvda aniqlaniladi. Qurigan to‘qima bo‘lakchalari 
nam kamerada yoki maxsus suyuqlikda saqlanadi, chunki bu sharoitda ular 
dastlabki holatga qaytadi.
Jarohatlovchi asbobda hayvonga aloqador hujayra elementlarini topish va 
ularni kompleks tekshirish.
Ekspert amaliyotida ko‘pincha jarohatlovchi asbobda 
a’zo va to‘qimalarning zarrachalarinigina emas, balki mikrozarrachalari, hatto 
ajratib olingan hujayralarni ham tekshirish zaruriyati tug‘iladi. Bunday tekshiruv 
usuli oxirgi yillarda A.P.Zagryadskaya va boshqalar (1982) tomonidan ishlab 
chiqilgan hamda tavsiya qilingan. Stereomikroskop nazoratida predmet yuzasidagi 
qoplamalar oz miqdordagi suv bilan bir necha marta yuvilgach, qirib olinadi 
(yuvindi-qirindi). Agar stereomikroskop yordamida biologak qoplamalar yaxshi 
ko‘rinmasa, bunda predmet yuzasi ho‘llangan marli bo‘lakchasi bilan artiladi va 
undan hujayra elementlari ajratiladi hamda sitologik preparatlar tayyorlaniladi. 
Preparatda topilgan hayvonga aloqador hujayralardan to‘qimalarga bog‘liqligi 
o‘rganiladi. Hujayra elementlarini ajratish uchun olingan yuvindidan 
xromatografiya usulida qon borligini aniqlash va pretsipitatsiya reaksiyasi 


109 
yordamida oqsillarni turlarga aloqadorligini o‘rganishda foydalaniladi. Aralash 
agglyutsinatsiya reaksiyasi hujayralarda ABH guruhli antigenlarini aniqlaydi. 
Shundan keyin sitologik usul bilan hujayralarning jinsiy aloqadorligi topiladi. 
Predmetda to‘g‘ridan to‘g‘ri hujayra elementlarini kompleks tekshirish 
usullari ishlab chiqilgan. Buni yassi shisha siniqlari va o‘tkir asboblarning 
qirralarida amalga oshirsa bo‘ladi. 

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish