112
1950-yillarda M.Uilkins DNK molekulasini rentgen nuri yordamida
tekshirishdan olingan natijalarni murakkab matematik usullar bilan hisoblashlardan
keyin, DNK molekulasining fazoviy rentgenogrammasini oldi. Keyinchalik, ya'ni
1953 yili amerikalik genetik J.Uotson va angliyalik genetik F.Krik
rentgen nuri
yordamida kimyoviy va matematik usulda olingan DNK to‘g‘risidagi bilimlarini
umumlashtirib, uning struktura tuzilishini aniq ko‘rsatuvchi chizmani (modelni)
yaratdilar. Bu chizma Uotson-Krik nomi bilan ataladigan bo‘ldi. Unga ko‘ra DNK
molekulasi ikkita uzun va ingichka ipdan iborat bo‘lib, bu iplar bir-biriga eshilgan
holda bitta o‘q atrofida buralib, aylanma holida joylashadi. Bakteriya hujayrasidagi
DNK molekulasining uzunligi 1 sm ga teng bo‘lsa, odam tana hujayrasi DNK
molekulasining uzunligi esa 1 m dan oshadi.
DNK zanjirini tashkil qilgan ipning har biri polimer bo‘lib,
undagi bitta
nukleotid ikkinchi nukleotid bilan o‘zlaridagi dezoksiriboza bilan fosfor bog‘i
orqali birikadi. Ikkala ip o‘zaro yana azotli asoslar orqali birikkan bo‘ladi. Adenin
timin bilan (A-T), guanin esa sitozin bilan (G-S) birikadi. A va T o‘rtasida ikkita
vodorod bog‘i, G bilan Ts o‘rtasida esa uchta vodorod bog‘i bor. Bundan ko‘rinib
turibdiki, G-S asoslari A-T ga qaraganda o‘zaro mustahkamroq bogiangan.
Nukleotidlar orasidagi masofa 34 ga teng. DNK zanjiri o‘ng tomonga aylanadigan
buramni (spiralni) hosil qiladi. Uning bitta to‘liq aylanasi o‘nta nukleotiddan iborat
bo‘lib, uzunligi 34 ga teng.
DNK zanjiri o‘ng tomonga aylanadigan buramni (spiralni) hosil qiladi.
Uning bitta to‘liq aylanasi o‘nta nukleotitdan iborat bo‘lib, uzunligi 34 ga teng.
Qo‘sh zanjirning diametri esa 20 ga teng, chunki halqasining uzunligi 12 ga teng
bo‘lgan purin asoslari, halqasining uzunligi 8 bo‘lgan pirimidin asoslari bilan
birlashadi.
G.Sten 1957-yili DNK molekulasining ikki hissa oshishi (replikatsiyasi)ning
quyidagi 3 ta usulda borishligini ko‘rsatdi: 1) qo‘sh zanjir ikkiga ajralib (yarim
konservativ), qo‘sh zanjirli DNK molekulasi uzilmasdan bir-biridan ajraladi va har
birining qarshisida ularga komplementar (mos) bo‘lgan DNK zanjiri hosil bo‘ladi;
2) qo‘sh zanjir buzilmasdan (konservativ) yangi DNK molekulasi hosil bo‘ladi; 3)
113
qo‘sh
zanjir buzilib, bo‘laklarga ajralib (dispersion), yangi DNK zanjiri dastlabki
DNK molekulasining buzilishidan vujudga kelgan boiaklarining har xil
tuzilmasidan hosil bo‘ladi.
DNK molekulasining replikatsiyasini tushuntiruvchi
yuqoridagi usullardan
yarim
Do'stlaringiz bilan baham: