10-mavzu. Milliy iqtisodiyotning muvozanati. Makroiqtisodiy barqarorlik: inqiroz, ishsizlik va inflyatsiya
Topshiriq 1.
“Iqtisodiy muvozanatlikning mazmuni va uning turlari” haqida ma’lumot bering.
Iqtisodiy muvozanatlik - bu makroiqtisodiyot darajasida jamiyat ehtiyojlariga mavjud iqtisodiy resurslar miqdorining va ijtimoiy ishlab chiqarish natijalari hajmi hamda tarkibining o`zaro mos kelishligini xarakterlaydi.
Iqtisodiy muvozanatlik milliy iqtisodiyotning turli darajasidagi (mikro va makro) har xil muvozanatliklarni qamrab oladi. Bu barcha muvozanatliklarni shartli ravishda umumiy va xususiy muvozanatliklarni ajratib ko`rsatish mumkin. Umumiy muvozanatlik makroiqtisodiy muvozanatlikni ancha to`liq darajada ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |