118
identifikatsion (muayyan shaxsga tegishli ekanligi), diagnostik (biologik ota-onani,
qarindoshlikni aniqlash) va tasnifilash (jins va irqiy mansublikni aniqlash)
maqsadlarida qo‘llaniladi.
Inson organizmining barcha to‘qimalari va suyuqliklari DNK tekshiruvlari
ob’ekti hisoblanadi. Turli mikroflora bilan ifloslangan, aralash tabiatga ega bo‘lgan
(masalan, inson va hayvon to‘qimalari) hamda o‘ta
kam miqdordagi biologik
material bo‘yicha ham DNK tekshiruvlari o‘tkazilishi mumkin.
DNK tekshiruvlari ko‘p bosqichli va ma’lum darajada murakkab tusga ega
bo‘lib, mazkur tekshiruvlar quyidagi algoritmlardan iborat:
-
mutaxassis ishtirokida hodisa sodir bo‘lgan joydan, jabrlangan, gumondor
shaxslardan tekshiruv uchun biologik material olish;
-
biologik materialdan DNKni ekstraktsiya qilish va tozalash;
-
DNK preparatlarini kontsentratsiyalash;
-
ajratib olingan DNKning sifat va miqdoriy tekshiruvi;
-
polimeraza zanjirli reaksiya (PTSR-polimeraza tsepnaya reaksiya)
yordamida DNK spetsifik sohalarining amplifikatsiyasi;
-
denaturatsiya – ikki zanjirli DNK molekulasidagi bog‘larni buzish;
-
fragmentar analiz;
-
maxsus kompyuter dasturi yordamida spektrogrammma
va raqamli kod
shaklida genotipni aniqlash va uni ma’lumotlar bazasiga kiritish;
-
taqqosiy genotiposkopik analiz o‘tkazish.
DNK tekshiruvida ob’ektning muayyan shaxsga mansubligini aniqlash
uchun ushbu shaxs yoki uning qarindoshlariga tegishli bo‘lgan namunalar talab
qilinadi. Bunday namunalar bo‘lmaganda tekshiruvda faqat biologik ob’ektning
jinsiy va irqiy mansubligi, shuningdek ularning bitta
yoki bir necha insonlarga
taalluqli ekanligini aniqlash mumkin.
Toshkent shahrida faoliyat yuratayotgan Xadicha Sulaymonova nomidagi
Respublika sud ekspertizasi markazidagi odam DNKsini tekshiruvchi laborotoriya
yurtimizda yagona, Markaziy Osiyoda esa nufuzli muassasasa hisoblanadi.
Avvallari DNK ekspertizasi surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning
119
yoki sudyaning qarori, sudning ajrimi asosida o‘tkazilar edi. Endilikda
fuqarolarning o‘zi ham murojaat qilishi mumkin bo‘ldi.
Ma’lum qilinishicha, DNK tekshiruvini o‘tkazish uchun uchta - ota, ona va
boladan namuna taqdim qilinadi. Ushbu tekshiruvlarda
asosan otalik faktini
aniqlab berish uchun so‘rovlar ko‘p bo‘ladi. Bunda tekshiruv ob’ektlari sifatida
qon va so‘lakdan foydalaniladi. Natija esa 30 kun ichida taqdim qilinadi.
Ushbu tekshiruv jarayonlarida ishlatilayotgan uslubiyot va jihozlar
jahonning yetakchi kompaniyalar tomonidan taqdim etiladi. Shunga ko‘ra DNK
tekshiruvlari xulosasi ham eng yuqori to‘g‘ri natijani ko‘rsatadi.
Hozirgi kunda DNK ma’lumotlar bazasining qonuniniy asosi 44 davlatda
qabul qilingan. Qonunlarning barchasida fuqaroning ma’lumotlar
maxfiyligi,
sog‘liq va erkinlik huquqi, eng asosiysi ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlashga
katta e’tibor qaratilgan.
Shuni ham aytish joizki, Xadicha Sulaymonova nomidagi Respublika sud
ekspertizasi markazida Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib
odam DNKsi sud-
biologik ekspertizasini o‘tkazishni boshlagan.