Genetik kod — irsiy axborotni nuklein kislotalar molekulasida nukleotidlar ketma-ketligi tartibida yozishning tirik organizmlarga xos boʻlgan yagona sistemasi. Dezoksiribo-nuklein kislotasi (dnk)



Download 1,18 Mb.
bet1/10
Sana13.01.2022
Hajmi1,18 Mb.
#358910
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2 5264847649617482369


Genetik kod

Genetik kod — irsiy axborotni nuklein kislotalar molekulasida nukleotidlar ketma-ketligi tartibida yozishning tirik organizmlarga xos boʻlgan yagona sistemasi. Dezoksiribo-nuklein kislotasi (DNK) molekulasida maʼlum tartibda joylashgan muayyan sondagi nukleotidlar sintezlanayotgan oqsil zanjirining tarkibidagi aminokislotalar xili, soni, ularning joylashish tartibini belgilab beradi. DNK molekulasidagi nukleotidlar 4 xil boʻlib, ular adenin-A, timin-T, guanin-G va sitozin-S lardan iborat. Tabiatda 300 ga yaqin aminokislotalar uchraydi, lekin tirik organizmlardagi oqsillar tarkibiga 20 ta aminokislota kiradi.

Hujayrada oqsilning sintez qilinishi jarayonida uning tarkibidagi har bir aminokislotaning joylanishi uchta nukleotid tomonidan kodlanadi. Uni triplet (uchlik) yoki kodon deb ataladi. Demak, DNK molekulasidagi kodonlarning joylashish tartibi ular sintez qiladigan oqsil molekulasi tarkibidagi aminokislotalarning joylashish tartibini ifodalaydi. Oqsil molekulasida aminokislotalar soni qancha boʻlsa, DNK ning shu oqsilni ifodalovchi, yaʼni sintez qilinishini taʼmin etuvchi qismi boʻlgan gen ham shuncha kodondan tashkil topadi.

Oqsilning sintezida DNK va uning qismi boʻlgan gen emas, balki boshqa nuklein kislota — ribonuklein kislota (RNK) ishtirok etadi. U uch xil: informatsion — iRNK, transport — tRNK va ribosoma — rRNK. i-RNK DNK asosida sintez qilinib undagi genetik axborotni ribosomalarga olib keladi, iRNK tarkibida ham DNK dagi kabi 4 xil nukleoidlar mavjud. Ularning uchtasi — A, G, S DNK dagi kabi, faqat i-RNK da T ning oʻrniga U - uratsil uchraydi; t-RNK sitoplazmadagi aminokislotalarni ribosomalarga yetkazib beradi. Ribosomalarda aminokislotalar maʼlum tartibda ketma-ket ulanib polipeptid zanjir sintezlanadi. Ularning maʼlum sonda birikishi tufayli oqsillar hosil boʻladi. Oqsillar organizm belgi va xususiyatlarining rivojlanishida ishtirok etadi.

Hoz. vaqtda barcha aminokislotalarning kodonlari aniqlangan. 20 xil aminokislotalarning ikkitasi faqat bir xil kodon bilan, qolganlari esa ikki va undan ortiq kodonlardan bittasi orqali kodlanadi. Masalan, lizin aminokislotasi AAA yoki AAG, serin esa — UTSU yoki UTSS bilan kodlanadi. 64 tripletdan 3 tasi — UAA, UAG, UGA aminokislotalarni kodlamaydi va polipeptid zanjir sintezi tugaganini bildiradi. Ular terminatsiya signalini beradi.

Genetik kodning tuzilishi va funksional belgi hamda xususiyatlari barcha organizmlarga xos, universal xossalarga ega va turgun boʻladi.


Download 1,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish