Reja: Kirish. Noruda tog’ jinslari to’g’risida tushuncha


Qimmatbaho, bezak va texnik toshlar



Download 3,51 Mb.
bet10/11
Sana18.03.2022
Hajmi3,51 Mb.
#499891
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1 TEMA

Qimmatbaho, bezak va texnik toshlar
«Qimmatbaho va bezak toshlar» deb zargarlik buyumlari, taqinchoqlar va bezak berib ishlanadigan buyumlar uchun ishlatiladigan mineral va tog‘ jinslariga aytiladi. O‘ziga xos ranglar jilosi, shaffoflik, yaltiroqlik, qattiqlik, nur qaytarish, qirralanish, ishlov berilganda estetik zavq beradigan manzara paydo qiladigan mineral va tog‘ jinslari shular jumlasiga kiradi.
«Texnik toshlar» deb ayrim fizik xossalari bo‘yicha (qattiqlik, pishiqlik, nur sindirish va h.k.) muhim ahamiyatga ega bo‘lgan mineral xomashyoga aytiladi.

14-rasm. Texnik toshlar va ularning ishlatilishi
1. Qimmatbaho zargarlik toshlariga quyidagilar kiradi: olmos, zumrad (berillning yashil ranglisi), berill, yoqut (qizil pirop), feruza, sapfir (kul rang korund), aleksandrit (oltin rang berill), rubin (qizil korund), shpinel, ametist (gunafsha kvars) (17-rasm).
2. Bezak berib ishlatiladigan toshlarga: lazurit, nefrit, malaxit, qahrabo, tog‘ billuri, charoit, opal, yashma, yozuvli granit, flyuorit, marmar kiradi (14- va 15- rasmlar).

15-rasm. Bezak berib ishlatiladigan toshlar.
Qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar

16-rasm. Buyumlar yasash uchun ishlatiladigan mineral va tog‘ jinslari.
1. Texnik toshlarga: olmos, korund, granat, kvars, rubin, sapfir kiradi. Ular aniq priborlarda, soatlarda, laboratoriya anjomlari, kvantli generatorlarda, toshlarga jilo berishda ishlatiladi (14-rasm).
O‘zbekiston qimmatbaho va bezak toshlarga juda boy o‘lka hisoblanadi. Olimlarning aniqlashi bo‘yicha (A.F.Sosedko, 1935-y.) qadimgi Rim faylasufi Piniy eramizning 1 asrida Qizilqumni dunyodagi unga ma’lum bo‘lgan beshta feruza konidan biri deb atagan. Markaziy Osiyo xalqlari qadim-qadimdan qimmatbaho toshlarga ahamiyat berganlar. Bunga ametist, nefrit va ayniqsa feruza uchun qazilgan ko‘plab qadimgi lahimlar guvohlik beradi.
Qimmatbaho va bezak toshlarining hosil bo‘lishi konlari, asosan, endogen va qisman ekzogen hisoblanadi. Olmos, pirop-magmatik; rubin, sapfir, shpinel, granatlar-metasomatik; berill, topaz, turmalin, morion, zumrad, aleksandrit, sapfir, rubin-pegmatit jarayonlarda; tog‘ billuri, ametist, sitrin-gidrotermal jarayonda; feruza qadimgi nurash po‘stlarida hosil bo‘ladi. Qimmatbaho va bezak toshlari konlari O‘zbekistonning barcha geologik-ma’danli regionlarida uchraydi. Jumladan: feruza Qizilqumda (Ayakashi); berill G‘arbiy O‘zbekistonda (Qiroq, Ketmonchi, Fan); korund Quramada (Oqtosh); ametist Toshkent viloyatida (Miskonsoy, Maydontol); almandin Sulton Uvays tog‘ida (Qahrali, Darvozatov); topaz quramada (Olmabuloq, Kenkol, G‘ova, Chorkesar); kvars Muruntov, Nurota, Qoratepa, Quljuqtov, Sulton Uvays tog‘larida; xalsedon Angren va Farg‘ona vodiysida, Nurota va Tomdi tog‘larida joylashgan. Olmos uchun Tomdi, Hisor, Qurama tog‘lari istiqbolli hisoblanadi.
Chet ellarda qimmatbaho va bezak toshlar Birma, Tailand, Kambodja, Kolumbiya, Shri-Lanka, Hindiston, AQSH, Tanzaniya, Janubiy Afrika Respublikasi, Avstraliya, Namibiya, Zambiya va Janubiy Amerikada qazib chiqariladi.

17-rasm. Qimmatbaho zargarlik toshlari



Download 3,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish