Reja: Kirish. Noruda tog’ jinslari to’g’risida tushuncha


O`zbekiston Respublikasi hududida joylashgan noruda konlar haqida ma`lumotlar



Download 3,51 Mb.
bet3/11
Sana18.03.2022
Hajmi3,51 Mb.
#499891
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1 TEMA

3. O`zbekiston Respublikasi hududida joylashgan noruda konlar haqida ma`lumotlar;


Oltingugurt konlari.
Oltingugurt tabiatda sof va ba’zi minerallarning (ko‘proq sulfidli minerallarning) tarkibida asosiy komponent bo‘lib uchraydi. Sof oltingugurt biroz selen, tellur, gips zarrachalarini saqlaydi. Rangi – sariq. Qattiqligi 1,5–2,5. Erish harorati 114–119 °C. Oltingugurt ma’danlari bo‘lib, asosan, karbonatli va ohaktoshli birikmalar hisoblanadi. Oltingugurt ma’danlari kristallar, to‘plamlar yoki poroshok ko‘rinishida uchraydi (1-rasm).
Oltingugurt asosan endogen va ekzogen jarayonlarda hosil bo‘ladi. Oltingugurtning asosiy sanoat turidagi konlari – cho‘kindi konlardir. Oltingugurt bilan gips, angidrid, tuz minerallari birgalikda uchraydi. Oltingugurt uyumlari ko‘proq qatlamsimon yoki linzasimon, ba’zan uya shakllarida yotadi. Oltingugurtning miqdori ma’danlarda 16–80 %gacha bo‘ladi. Oltingugurt bundan tashqari qoldiq konlarda ham uchraydi. Chunki u sulfidli minerallarning oksidlanib yemirilishi natijasida yuzaga keladi.
Oltingugurtning endogen konlari vulkan mo‘rilarida yuzaga keladi. Bunda gaz holidagi oltingugugurt vulkan og‘zida (kraterida) magmadan ajralib chiqqan oltingugurt evaziga paydo bo‘ladi. Bunday konlar yer po‘stining vulkanizm rivojlangan hududlarida paydo bo‘ladi; lekin ular sanoat ahamiyatiga ega emas. Sof oltingugurtning boy konlari – Ukrainada (Vodin, Alekseyev), O‘zbekistonda (Sho‘rsuv), Turkmanistonda (Gaurdak). qazib olinadigan oltingugurtning 50 foiz kimyo sanoatida sulfat kislota olish uchun, 25 % qog‘oz sanoatida, plastmassa olish uchun rezina sanoatida, meditsinada va qishloq xo‘jaligida qo‘llaniladi (2-rasm).

1-rasm. Oltingugurtning minerallari.

2-rasm. Oltingugurtning ishlatilishi.


Mineral tuzlar.
Mineral tuzlarga quyidagi minerallar kiradi: NaCl – galit, KCl – silvin, MgCl2 · 6H2Oq bishofit, poligalit, karnolit, kaynit, mirabilit, langebeynit, tenardit va boshqalar (3-rasm). Bularning barchasining rangi tiniq, oqish va yaltiroq bo‘ladi. Agarda qo‘shimchalar bo‘lsa – pushti, qo‘ng‘ir, qoramtir bo‘lishi mumkin. Minerallarning qattiqligi 1–2. Barchasi suvda yaxshi eriydi. Kaliyli tuzlarning o‘g‘it sifatida 95 foizi ishlatiladi, natriyli tuz oziq ovqat sanoatida, kimyoda, teri va lakbo‘yoq sanoatida ishlatiladi (4-rasm).
Tuzlar asosan kimyoviy cho‘kma sifatida hosil bo‘ladi. Shuning uchun ularning konlari asosan ekzogen cho‘kindilar hisoblanadi. Sanoat miqyosida qazib olinadigan konlar asosan qadimgi davrda suv havzalarida hosil bo‘lgan va keyin qatlamlar ostida ko‘milib ketgan konlardir. Tuz to‘plamlarining birlamchi shakli qatlam shaklida bo‘ladi. Ularning qalinligi bir necha santimetrdan 500–1000 metrgacha. Ular juda katta maydonlarda tarqalgan bo‘ladi. Agarda tektonik kuchlar ta’sir etsa, tuz qatlamlari gumbazlarni tashkil etadi. Tuz konlari ochiq holda, burg‘i quduqlari orqali eritilib yoki lahimlar kavlab o‘tish yordamida qazib olinadi. Hozirgi paytda suv havzalarida paydo bo‘layotgan tuz konlari ikkinchi o‘rinda turadi. Ular ham qatlam, ba’zan linza shaklida yotadi. Kimyoviy tarkibi bo‘yicha tuzlar xloridsulfatli, xloridli (Qrim ko‘llari, Bosqunchoq, Elton ko‘li), sulfatli (Qorabo‘g‘ozgul, Kaspiy dengizi) va sodali (Kulundi ko‘llari) bo‘ladi.
Solikam tuz koni Rossiyaning Perm gubernyasida joylashgan. Tuz qatlamlarining o‘rtacha qalinligi 300–400 m. Kimyoviy tarkibi bo‘yicha kaliyli silvin tuzlaridir (KCl – 23 %, MgCl2 – 30 %). Ulardan tashqari angidrit va gillar uchraydi. Zaxirasi behisob. Bosqunchoq koni Rossiyaning Volgograd gubernyasida joylashgan. Kon tuz va gil qatlamlarining qatlamlanishidan iborat. Antiklinal burmalarga burilgan. Bulardan tashqari qizg‘ish qumtosh va konglomeratlar uchraydi. Bu kon yuzasi 1154 km.kv.bo‘lgan ko‘llardan iborat. Tuz 5–10 m qalinlikdagi ko‘l tubidagi qatlamdan qazib olinadi.
Ko‘lning yon atrofidagi gips qatlamlaridan chiquvchi ko‘p sonli buloqlar tuz bilan ta’minlaydi. Chet ellarda tuz konlari Germaniya, AQSH, Fransiya, Ispaniya, Efiopiyada mujassamlangan. Turkmanistonda (Gaurdak), O‘zbekistonda (Xo‘jaikon) ham yirik tuz konlari mavjud.

3-rasm. Tuzlar

4-rasm. Tuzlarning ishlatilishi
Fosfor
Fosfor xomashyosi sifatida sanoatda, asosan, apatitlar va fosforitlar ahamiyatga ega. Apatit – fosfatlar guruhiga kiruvchi mineral bo‘lib, rangi yashil, ko‘k-yashil, oqish shishasimon yaltiroq. Qattiqligi 6. Apatitlar ikki turga ajratiladi: xlorapatit va ftorapatit. Fosforitlar – tarkibida fosfor oksidi bo‘lgan gilli cho‘kindi jinslar. Fosfor xomashyosining asosiy qismi fosforli mineral o‘g‘itlar tayyorlash uchun qo‘llaniladi. Bundan tashqari kimyo sanoatida sintetik yuvuvchi moddalar ishlab chiqarishda, fosfor kislotasi olishda, maxsus fosforli bo‘yoqlar tayyorlashda ishlatiladi (5-rasm).
Apatit magmatik jarayonda hosil bo‘ladi va nefelinli siyenitlarda tog‘ jinsi hosil qiluvchi mineral sifatida ishtirok etadi. Dunyoda eng yirik apatit koni Rossiyada, Kola yarim orolidagi Xibin konidir. Fosforitlar qatlam shaklida, donador va yirik konkresiyalar ko‘rinishida, biokimyoviy jarayonlar natijasida dengizning sayoz qismlarida hosil bo‘ladi. Shuning uchun ularning tarkibida organizmlar qoldiqlari uchraydi. Fosforitning yirik cho‘kindi konlari Qozog‘istonda (Qoratov), O‘zbekistonda (Qizilqumda Bolaqora), Jazoirda, Tunisda, Marokkoda joylashgan.

Download 3,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish