2. Noruda konlar va ularning turlari;
Xalq xo`jaligida yoqilgi yoki metall uchun xom ashyo hisoblanmaydigan foydali qazilmalarga noruda foydali qazilma konlari deyiladi.
Noruda foydali qazilma mahsuloti hisoblangan va qurilish ishlarida (sanoat, turar joy, yo`l va boshqalar) qo`llaniladigan har xil materiallar (shagal, graviy, but, arralangan tosh, tsement va boshqalar) noruda qurilish materiallari deb yuritiladi.
Noruda qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi kar’erlarning nomlari qazib chiqariladigan kon jinsi (granit kar’eri, karbonat kar’eri, marmar kar’eri va boshqalar) yoki qazilma mahsuloti (shag`al tosh, dekorativ tosh kar’erlari) nomlariga mos ravishda qabul qilingan.
Noruda kurilish materiallari xar xil genetik tipdagi kon jinslari – magmatik (granit, sienit, gabbro, andezit, tuf va boshkalar), cho`kindi (oxaktosh, dolomit, graviy, kum va boshkalar) ko`rinishida uchraydi. Ular tabiatda keng tarkalgan bo`lib, er yuzasiga yakin joylashgan va asosan ochiq usulda kaziladi.
Noruda qurilish materiallari er qa`ridan qazib olinadigan va qayta ishlab chiqishdan keyin turli material ko`rinishida yoki tabiiy holda qurilish ishlarida qo`llaniladigan foydali qazilmalardan iborat.
Bloklar va qoplama plitalarni ishlab chiqarish uchun qattiq tog` jinslari: granit, diorit, gabbro, kvartsit, labrodorit, bazal’t, diabaz, andezid; o`rtacha qattiqlikdagi tog` jinslari: marmar, marmarlashgan ohaktosh, peschanik; yumshoq tog` jinslari: ohaktosh, dolomit, travertin, tuf va gipslar qazib olinadi.
Kar’erlarda bloklarni qazib olish burg`ulash-portlatish ishlari va buroklin usulida amalga oshiriladi. Buning uchun dastlab massivdan katta o`lchamdagi bloklar ya`ni, monolitlar ajratib olinadi keyin esa, u kerakli o`lchamdagi bloklarga ajratiladi. Massivdan katta blokni ajratib olish uchun ishchi gorizontda blokni vertikal bo`yicha blok osti yorig`igacha chegaralovchi shpurlar burg`ulanadi, portlovchi modda bilan zaryadlanadi va portlatiladi. Portlash natijasida yoriqlar hosil bo`ladi. So`ngra esa, monolit massivdan gidrodomkrat yordamida ajratib olinadi yoki bul’dozer yordamida tortib olinadi.
Buroklin usulida chegaralovchi shpurlar uncha katta bo`lmagan chuqurlikkacha burg`ulanadi. Ularga monolitni massivdan ajratib olish uchun ponalar qokiladi. Bu usulning moxiyati shundan iboratki, monolitni ajratib olish gidroklin’lar yordamida amalga oshiriladi. Bunday hollarda shpurlar katta chuqurlikkacha burg`ulanadi. Ularga gidroklin’lar joylashtiriladi va unga suyuqlik yuborish natijasida tog` jinsini shpurlar chizig`i bo`ylab ajratuvchi kuchlanish hosil qilinadi.
O`rtacha qattiqlikdagi monolitlarni massivdan zarbli-burg`ulovchi mashina (chennelerlar), tosh kesuvchi burg`ulash mashinasi va kanatli arra yordamida shellar hosil qilinib ajratib olinadi. Zarbli burg`ulovchi mashinaning ishchi organi dolota hisoblanadi. Ish jarayonida dolota massiv bo`yicha uzluksiz zarb beradi va buning natijasida eni 60 mm va chuqurligi 6 m gacha bo`lgan shel’ hosil qiladi.
1 Rasm.Qurilish materiallarini qazib olish. KMAZ-188 va KBTS-3A tipidagi burg`ulash mashinalari massivda gorizontal va vertikal shellar o`yadi va natijada monolitni massivdan ajratadi.
Kanatli arra yordamida massivdan o`lchamining kattaligi 20x10x3 m bo`lgan monolitlarni ajratib olish mumkin. Ularning ishchi organi diametri 3 mm dan 5 mm gacha bo`lgan ikki yoki uch sim tomirli trosdan iborat. Arralash katta diametrli kanat yordamida boshlanadi, emirilganda esa shelga kichik diametrdagi yangi kanat kiritiladi.
17.2 – Rasm. Kanatli arra. 1 – uzatuvchi stantsiya; 2 – tarmoqlanuvchi stantsiya; 3 – posangi ustuni; 4- posangi; 5 – chig`ir; 6 – sirpang`ich; 7 – oraliq ustun; 8 – shkiv (uzatma tasmasini harakatga keltiruvchi g`ildirak); 9 – tyaga; 10 – aralashtirgich (smesitel’); 11 – ishchi ustun; 12 – kanatli arra.
AQSH da kanat o`rnida po`lat lentalar qo`llaniladi. Lentaning qulayligi shundan iboratki, emirilganda ham o`z qobiliyatini yo`qotmaydi.
Kanat yo`nalishini va zaboyga bo`ladigan bosimni o`zgartirish uchun roliklar qo`llaniladi. Roliklarni o`rnatish uchun massivda burchak ostida skvajinalar burgulanadi. Ularning diametri shunday bulishi kerakki, unga siquvchi rolikni joylashtirish imkoni bo`lsin. Italiyaning “Pelegrini” firmasi bir vaqtning o`zida skvajina o`tish bilan burg`ulashni ta`minlovchi maxsus ustun bilan jihozlangan kanatli arralar ishlab chiqaradi.
Katta marmar monolitlarni massivdan ajratib olishda gidrodomkratlar yordamida maxsus shebendan tayyorlangan asos ustiga yiqitish yo`li bilan amalga oshiriladi.
Balandligi uncha katta bo`lmagan monolitlar massivda arralanishi mumkin va joyida transportga tashishga moslab bloklarga bo`linadi.
YUmshoq jinslarni qazib olish SM-177A turdagi tosh kesuvchi mashinalar yordamida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |