Mavzu: Kirish. Noruda tog’ jinslari to’g’risida tushuncha. Noruda konlar haqida ma`lumotlar. O`zbekiston Respublikasi hududida joylashgan noruda konlar haqida ma`lumotlar
Reja:
1. Kirish. Noruda tog’ jinslari to’g’risida tushuncha.
2. Noruda konlar va ularning turlari;
3. O`zbekiston Respublikasi hududida joylashgan noruda konlar haqida ma`lumotlar;
1. Kirish. Noruda tog’ jinslari to’g’risida tushuncha.
Tub jinslar hosil bo`lishiga nisbatan magmatik, cho`kindi va metamorfik guruhlarga bo`linadi.
Magmatik jinslar erib turgan magmaning sovushidan hosil bo`lgan bo`lib, ularga granit, sienit, diorit, gabbro, diobaz, bazal’t va shu kabi boshqa qattiq kon jinslari kiradi.
CHo`kindi jinslar asosan yog`ingarchilik natijasida suv tarkibidagi jins zarrachalarining cho`kishi, shuningdek, muzliklar harakati natijasida hosil bulgan jinslar bo`lib, ularga ko`mir, argellit, alevrolit, qumtosh, ohaktosh, gillar kabi jinslar kiradi.
Metamorfik jinslar - magmatik va cho`kindi jinslarning er ostida bosim va harorat ta`sirida o`zgargan ko`rinishi bo`lib, ularga asosan kvartsitlar va marmarlar misol bo`ladi. Er qobig`ining o`rganilishi mumkin bo`lgan yuqori qismi (16-20 km chuqurlikgacha), asosan magmatik jinslardan tashkil topgan (95%), metamorfik jinslar 4 % ni, cho`kindi jinslar esa 1% ni tashkil qiladi.
Kon jinslari bitta yoki bir necha mineral zarrachalaridan tashkil topgan bo`ladi.
Foydali qazilma boyliklariga xo`jalik, qurilish, sanoat va ilmiy maqsadlar uchun qazib olinadigan va xom ashyo holida yoki qayta ishlangandan so`ng ishlatiladigan barcha turdagi tog` jinslari kiradi. Foydali qazilmalar qurilish va sanoatning asosi hisoblanib, mamlakat iqtisodiyotida katta o`rin egallaydi. Uni xom-ashyo sifatida qazib olish va qayta ishlash miqyosi esa davlatning ishlab chiqarish saviyasini, boyligi va iqtisodiy rivojlanishini belgilaydi.
Foydali qazilmalarni ochiq usul bilan qazib olishda qoplovchi va o`z ichiga oluvchi tog` jinslari ham qazib olinadi. Foydali qazilmalar va qoplovchi hamda o`z ichiga oluvchi tog` jinslari birgalikda kon massasi tushunchasi bilan birlashtiriladi. Tog` jinslarini foydali qazilmalarga va qoplovchi jinslarga ajratish bu nisbiy tushunchadir. Qazib oluvchi va qayta ishlovchi texnikalarning rivojlanishi bilan ko`pgina qoplovchi tog` jinslaridan foydali qazilmalar kabi foydalana boshlandi va bularning soni yildan-yilga oshib bormoqda.
Foydali qazilma boyliklariga xo`jalik, qurilish, sanoat va ilmiy maqsadlar uchun qazib olinadigan va xom ashyo holida yoki qayta ishlangandan so`ng ishlatiladigan barcha turdagi tog` jinslari kiradi. Qazib oluvchi va qayta ishlovchi texnikalarning rivojlanishi bilan ko`pgina qoplovchi tog` jinslaridan foydali qazilmalar kabi foydalana boshlandi va bularning soni yildan-yilga oshib bormoqda.
Foydali qazilmalar quyidagilarga ajratiladi:
- metall (qora, rangli, asil, radiaktiv, va nodir metall ma`danlari);
- nometall (metallurgiya, ximiya va boshqa sanoat tarmoqlari uchun xom ashyo);
- yonuvchi (ko`mir, yonuvchi slanetslar, torf va boshqalar);
- qurilish tog` jinslari (ohaktoshlar, marmarlar, granitlar, shag`al, qum va boshqalar).
Foydalanishga yaroqliligini va iqtisodiy samaradorligini aniqlovchi xususiyatlar majmuiga foydali qazilma sifati deyiladi. Masalan, ko`mirlar uchun: tarkibidagi kul mikdori (zol’nost’), namlik miqdori, bo`lakligi, mineral aralashmalar miqdori, oltingugurt miqdori, yonish harorati va boshqalar, ma`danli foydali qazilmalar uchun esa-me`yorlangan ximiyaviy elementlarning foizdagi hisobi, strukturaviy va teksturaviy xossalari va boshqalar sifat ko`rsatkichlari hisoblanadi.
Foydali qazilmalarning ba`zi sifat ko`rsatkichlari asosiy hisoblanib, foydali ko`rsatkichlar, boshqalari esa, ularni qayta ishlash va ulardan foydalanishni qiyinlashtiruvchi bo`lib, zararli ko`rsatkichlar hisoblanadi. Masalan: rangli metall rudalari uchun foydali ko`rsatkichlar, bu – ajratib olinadigan metallar tarkibi, zararlilari esa – mish’yak, ikkilamchi sul’fidlar miqdori, yuqori namlik va boshqalar hisoblanadi.
Foydali qazilma sifati geologik qidiruv davrida aniqlanadi va foydalanish jarayonida barcha uchastkalarda zaboydan iste`molchilarga yetkazib berishgacha bo`lgan barcha texnologik jarayonlarda uzluksiz nazorat qilib boriladi.
Noruda (nometall) foydali qazilmalar - sanoat va kurilishda tabiiy holatda yoki turli xil ishlov berilgandan keyin foydalaniladigan, shuningdek, ulardan nometall elementlarni yoki ularning birikmalari ajratib olinadigan yonmaydigan qattiq tog` jinslari yoki minerallar. Ulardan kompleks foydalanish mumkin. Noruda foydali qazilmalar turi yuzdan ziyod. Qazib olish va ulardan foydalanish bo`yicha eng muhim xom ashyolar qatorida turadi. N.f.q.ning hozirga qadar sistemalashtirilgan yagona tasnifi yo`q. Odatda foydalanish sohasiga qarab 4 guruhga bo`ladilar:
1. Konchilik-kimyo hom ashyosi — apatit, galit, tug`ma oltingugurt, oltingugurt kolchedani, barit, tabiiy tuz va b. (bularning aksariyatidan mineral o`g`it ishlab chikariladi);
2. Konchilik-metallurgiya xom ashyosi — o`tga chidamli materiallar i.ch., flyus sifatida ishlatiluvchi qoliplash materiallari (gil va qumlar);
3. Qurilish materiallari — noruda qurilish materiallari, keramika va shisha xom ashyosi, bog`lovchi materiallar uchun xom ashyo, mineral bo`yoklar, issiklik va shovqin o`tkazmaydigan materiallar;
4. Nometall ruda xom ashyosi - texnik kristallar (olmos, p’ezokvarts, Islandiya shpati, muskovit, agat va b.), qimmatbaho va zebu ziynat buyumlari yasashda ishlatiladigan toshlar (zargarlik olmosi, zumrad, yoqut, topaz, malaxit, feruza, kahrabo va b.); bu toifaga yana, odatda, asbest, tal’k, grafit, korund, najdakni xam kiritadilar. Texnika taraqqiyoti jarayonida Noruda foydali qazilmalar tarkibiga tobora yangi tog` jinslari va minerallar qo`shilib bormoqda. Tub jinslar asosan issiqlik, sovuqlik va suv oqimi ta`sirida emiriladi. Tub jinslar emirilishi natijasida hosil bo`lgan jins zarrachalari o`z o`rnida qolgan yoki shamol va suv oqimi ta`sirida ma`lum masofaga ko`chgan bo`lishi mumkin.
Noruda foydali qazilmalar xalq xo`jaligida juda keng ko`lamda ishlatiladi, jumladan: qurilish materiallari sifatida (granit, oxaktosh, dolomit, marmar, peschanik va boshqalar), mineral o`g`itlar uchun xom ashyo sifatida (fosforit, kaliy tuzlari, apatit va boshqalar), umumiy kimyo sanoati xom ashyosi sifatida (tabiiy yoki tug`ma oltingugurt, pirit, apatit), metallurgiya sanoati xom ashyosi sifatida (flyuslar, oxaktoshlar, kvartsitlar, flyuorit), metallurgiya sanoatidagi olovga chidamli materiallar xom ashyosi sifatida (dolomit, magnezit, olovga chidamli gillar), mineral bo`yoqlar ishlab chiqarish uchun xom ashyosi sifatida (oxra, kinovar’) va bundan tashqari yoqilg`i sanoati xom ashyolari O`zbekiston Respublikasi hududiga keng tarqalgan bo`lib bugungi kunda bu konlarning ko`pchiligi qazib olinib hom ashyo sifatida xalq xo`jaligiga yetkazib berilmoqda va shu orqali davlat byudjetiga katta miqdordagi tushumlarni olib kelmoqda. Bu konlar nafaqat davlat ravnaqiga balki insoniyat rivoji, qishloq xo`jaligi, farmatsevtika sanoatini rivojiga xissa qo`shadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |