Muruntov oltin koni
Muruntov oltin koni - Markaziy Qizilqumning Muruntov ruda maydoni mintakasidagi kon.
Navoiy shahridan 180 km shim.da, Zarafshon shahridan 40 km sharqda, Tomditovning jan.
etagida joylashgan. Ruda zaxiralarining koʻlami, rudani qazib olish texnologik sharoitlarining
qulayligi, ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatining yuqoriligi va boshqa xususiyatlariga koʻra
dunyodagi noyob konlar sirasiga kiradi. Markaziy Osiyo, xususan, Markaziy Qizilqum va
Nurota togʻlarida, oltin rudalari mavjudligi miloddan avvalgi 6—5-asrlardan maʼlum boʻlgan.
Oʻlkada oltin konlarini izlash boʻyicha dastlabki maxsus tadqiqot ishlari I.V.Mushketov,
G.D.Romanovskiy, G.D.Obruchev va boshqa tomonidan amalga oshirilgan. Markaziy
Qizilqumda oltin konlari boʻlishi mumkinligini geolog olimlar A.Ye.Fersman va
D.I.Shcherbakovlar 20-asrning 30-yillaridagi geologik tadqiqotlari asosida bashorat qilganlar.
1930-yillarda Tomditovning jan. etaklarida oltin zarralari boʻlgan bir necha kvars va kvarsdala
shpati tomirlari aniqlandi, 1934-yilda Besapan qishlogʻi yaqinida oltin mineraliza-siyasi zonasi
belgilandi. Shundan ke-yin Besapan, Oltintov, Taxtatov manzillarida, Tomditovning jan. yon
bagridagi kremniyli slanetslarda keng koʻlamda oltin qidiruv va razvedka ishlari olib borildi.
1951—53 yillarda Muruntov oltin koniHamroboyev Oʻzbekistonning gʻarbiy hududida oltinni
koʻpincha margi-mush bilan uzviy bogʻliq holda uchrashi qonuniyatini aniqladi. Shu asosda
1954—56 yillarda Oʻzbekistonning gʻarbiy qismida 2 xil oltin konlari borligi: birida oltin
margimush kolchedani (arsenopirit minerali) bilan, ikkinchisida juda siyrak xrlda kvars
tomirlarida uchrashi maʼlum boʻldi.1958-yil oltinmargimush bogʻliqligi asosida Muruntov
yonida margimushga boy boʻlgan anomaliya maydonlari belgilandi. Oʻsha yili margimushning
yuqori konsentratsiyasi mavjud boʻlgan anomaliyalardan biri — Muruntov rudali maydonida
olib borilgan izlanishlardan keyin bu ruda maydoni oʻta istiqbolli deb baholandi. Mazkur ruda
maydonida 1959—62 yillarda olib borilgan batafsil qidiruv ishlari natijasida konning asosiy
hududi belgilandi va oltinga boy uchastkalarining oʻlchamlari juda yirikligi aniqlandi. Muruntov
oltin konik.ningochilishigasalmokli hissa qoʻshgan bir guruh geolog olim va mutaxassislar (I.
H. Hamroboyev, H.T.Toʻlaganov, P.V.Xromishkin, V.G.Garkovets va boshqalar) mamlakatning
oliy mukofotiga sazovor boʻldilar (1966). 1965—69 yillarda Muruntov oltin konik.ning sa-noat
oʻzlashtirishi ishlari bajarilib, 1969-yil 21-iyulda dastlabki mahsulot — Muruntov quyma oltini
chiqarila boshlandi va bu kon nomi dunyoga mashhur boʻldi. Dunyoda eng yirik karyerlardan
biri — "Muruntov" karyerining uz. 3,5 km, eni 2,7 km va chuqurligi 430 m. Karyerdan yiliga 35—
37 mln. m3 hajmida togʻ jinslari qazib olinadi, shu bilan bogʻliq boʻlgan Zarafshon shahridagi
oltin ishlab chiqarish kompleksi yiliga 24 mln. t rudani (2001-yil) qayta ishlaydi. Bu kompleks
jahonda oltin ishlab chiqarish bilan mashhur boʻlgan eng yirik korxonalar qatorida 2-oʻrinda
(Indoneziyadagi "Grosberg" korxonasidan keyin) turadi.
Muruntov oltin koni
Muruntov oltin konik.da 1995-yildan "ZarafshonNyumont" qoʻshma korxonasi faoliyat
koʻrsatib kelmoqda. Mazkur qoʻshma korxona 1995—2001-yillar mobaynida balansdan
tashqari boʻlgan va juda katta hajmda yigʻilib qolgan mineralli ; jinslar agʻdarmasining 84 mln.
t sini ʻ qayta ishlab 82 t sof oltin ajratib olishga erishdi.
Muruntov oltin konik. proterozoy erasining boshlanishida hosil boʻlgan choʻkindi meta- ;
morfik togʻ jinslaridan tashkil topgan toshqazigan va besapan svitalari kdtlamlaridan iborat.
Ushbu katlamlarning quyi qismi yuqori darajali metamorfizmga uchragan yashil amfi-bolli va
kvars-slyudali slanetslardan, kvarsit va ohaktoshlardan tuzilgan. Yuqori qismida yashil
slanetslar miqdori kamayib, terrigen togʻ jinslarining miqdori ortib boradi. Konda k oltinli
rudalar katlamlarning ayni shu qismida alevrolit, qumtosh va fillitsimon slanetslardan tashkil
topgan terrigen togʻ jinslarining ordoviksilur davriga mansub besapan svitasi qatlamlarida
namoyon boʻlgan. 1 Bevosita oltin rudasini oʻzida mujassam etgan mazkur svita katlamlarini
3 qismga boʻlish mumkin: ruda usti katlami ("yashil" besapan) — qalinligi 1600 m gacha;
rudali qatlam ("aralash" besapan) — qalinligi 2000 m gacha; ruda osti katlami ("kulrang"
besapan) — qalinligi 2000 m gacha. Oltin rudasi, asosan, svitaning oʻrta qismi — "aralash"
besapan qatlamida joylashgan. Oltin zarralari mavjud boʻlgan ayrim kvars tomirlari svitasining
ostki "kulrang" besapan va ustki — "yashil" besapan qatlamlarida ham uchraydi. Mazkur
besapan svitasidagi oltin mineralizatsiyasini quyidan toshqazigan svitasiga mansub choʻkindi
chegaralab turadi.
Magmatizm hosilalari tomirsimon struktura (dayka) larda joylashgan leykokrat tartibli togʻ
jinslaridan iborat. Daykalar kon hududida turli tomonlarga yoʻnalgan bir necha tasmalar hrsil
qilgan, uz. 70 m gacha. Tarkibi esa siyenitdiorit-granofirli Muruntov magmatik kompleksiga
kiruvchi granitporfir, sferolit-porfir va monsonit porfirlardan tuzilgan. Muruntov oltin
konik.ning jan.-sharqiy chegarasida Markaziy Osiyoda yagona boʻlgan eng chuqur burgʻi
qudugʻi SG-10 yordamida yer qaʼrining 4000 m dan ortiq chuqurligida Muruntov granitoid
intruzivi mavjudligi aniqlandi. Bu dalil oltin konining qosil boʻlish jarayonidagi asosiy
omillaridan biridir. Mazkur intruziv massivi kaliynatriy qoʻshslyudali leykokrat va biotitli
granitlardan tashkil toptan. Konning hozirgi tuzilishini yuzaga kelishida, shuningdek, ruda
tarqalishi va joylashishida muhim ahamiyatga ega strukturalar quyidagilardir: 1) oʻq chizigʻi
Muruntov oltin konik.dan janubrokda oʻtuvchi Toshqazigan antiklinalining shim. qanotini
shakllantiruvchi Muruntov antiklinali va jan. sinklinal; 2) Muruntov "juft" yer yorigʻini tashkil
qilgan jan. va strukturali yer yoriqlari, kenglik yoʻnalishida joylashgan, vertikal yoki ancha tik
jan. ogʻish xrlatiga ega, ruda tarqalishi va joylashishida asosiy ahamiyatga ega; 3) shim.-
gʻarbga 60—70° burchak ostida ogʻib yotuvchi shim-sharqiy yoʻnalishdagi yer yoriqlari. Tik
joylashgan rudali zonalar oltinga eng boy boʻlib, oʻzaro parallel joylashgan kvars tomirlaridan
Do'stlaringiz bilan baham: |